Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtiriladi
Qonun (O‘RQ–1128-son, 13.04.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi.
��
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
�� ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining
dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi,
➖ BHMning
1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
�� Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra,
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda:
�� har yili
1-maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.
�� Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi
3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.
⌛️ Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
�
Website �
Telegram �
Facebook* �
YouTube �
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram