avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
21.05.2026 14:48
#xolistavsiya

Ilmiy ish yozayotgan tadqiqotchilarning aksariyati sohasiga doir adabiyotlar yetishmasligidan qiynalishadi...

Magistraturaga kirishda o‘rgangan turk tilingizni ishlatish vaqti keldi. Muammoga yechim sifatida boy ilmiy manba va adabiyotlarga ega turkcha kitoblar dunyosiga yo‘l ko‘rsatmoqchiman...

Sitora uch yildan beri Anqara shahrida oilasi bilan yashab, “Türkiye Bursları” grandi asosida magistratura o‘qiyapti, ikki nafar farzandi bor.

Oila, uy ishlari va darslaridan tashqari O‘zbekistonga turk tilidagi kitoblarni topib jo‘natisharkan. Siz so‘ragan kitobni topib berishadi yoki ilmiy tadqiqotingiz mavzusiga qarab adabiyotlar qidirishda ham yordam berishadi.


Yangi holatda sotuvi tugagan manbalarni ikkinchi qo‘l sahhoflardan ham olib berisharkan. Buyurtma bersangiz bo‘ldi, Anqaradan sizga yaqin pochta ofisigacha bepulga yuborishadi!

“Türkkitap” onlayn do‘koniga havola:

@+WRXCHsmwgGExM2M6

@+WRXCHsmwgGExM2M6

@+WRXCHsmwgGExM2M6
👍 7
🔥 6
2
👏 2
🤩 1
1 3 377
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Переслано от канала
20.05.2026 15:17
“Кел, эй сарбон…”

📜Маъруфжон Йўлдошев таржимаси

🎙Матнни телебошловчи ва актёр Ойбек Тоҳиров ўқиди

🎞Bидеони Оғабек Тоҳиров тайёрлади

📍Ушбу видео Жайҳун соҳилида таcвирга олинди

♻️
@hayot_deganlari
4
👍 3
🔥 1
2 390
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
20.05.2026 15:17
Prof, Dr. Ma’rufjon Yo’ldoshevdan ajoyib tarjima!
2
👍 1
373
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
18.05.2026 07:01
Tarjima
🇺🇿Yozni deb bahorni sovurdik,
Noz deya ishqni...
Moychechaklarni ham "sevadi-sevmaydi" deb...
Oqibat bir sarob uchun boy berdik umrni...(Sezai Karakoch)

🇹🇷Baharı yaz uğruna tükettik,
Aşkı naz uğruna
Ve papatyaları seviyor sevmiyor uğruna
Derken ömrü tükettik bir hiç uğruna”
@shevashunos
14
👍 6
2 564
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
15.05.2026 08:37
“İnshaalloh, kelgusi davrni Turk dunyosi asriga aylantiramiz”
Rajab Toyyib Erdo’g’on
🔥 14
👍 8
😁 2
3 12 7.1K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
14.05.2026 14:47
İlk turkiy manba Tarixiy jihatdan ma’lum bo‘lgan ilk turkiy yozma manba sifatida Choyr bitigtoshini (milodiy 687-692-yillar) qabul qilingan bo’lib, uni boshqa ba’zi tillarning ilk yozma manbalari bilan qiyoslaganimizda, quyidagicha holatga duch kelamiz:
Turkiy ti
l: Milodiy 687-692-yillar, Choyr bitigtoshi.
Yapon tili: Milodiy 712-yil, "Nixon Shoki" (Nihon Shoki) asari.
Ingliz tili: Eng qadimgi yozma manbasi milodiy VIII asrga tegishli.
Fransuz va nemis tillari: Eng qadimgi hujjatlari 843-yilda ikki aka-uka o‘rtasida imzolangan bitimdir (Strasburg qasamyodi).
Italyan tili: XVII asrda shakllangan.
Venger tili: Tixan vaqfnomasi (Tihanyi Vakıfnamesi), milodiy 1057-yil.
İnstagramimda 👉https://kkinstagram.com/reel/DYUpFsxswJZ/?igsh=NHo3cXhlYjg4NHUx
4
👍 3
2 3 787
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
07.05.2026 07:33
Turk xalqlarining choy piyolalari.
Turkiy xalqlarning choy piyolalari o‘ziga xos tarixga ega. Undagi har bir naqshning o‘z anglam va ma’nosi bo‘lib, ular hayotdan olingan. Siz tomonlarda 'piyola' so‘zi o‘rnida qanday so‘zlar qo‘llaniladi? Piyola bilan bog‘liq go‘zal so‘zlar, maqol yoki she’rlar bo‘lsa, biz bilan baham ko‘ring. Menimcha, piyola haqidagi eng go‘zal she’r Erkin Vohidovning ushbu misralaridir:

Garchi shuncha mag`rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan. 1956
@shevashunos
👍 16
11
9 5 986
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
06.05.2026 06:25
TARJİMA
"
Qalblar bir-biridan qanchalik uzoqlashsa, ovozlar shunchalik baland ko‘tarila boshlaydi. Qalb yaqin bo‘lganda



e
sa insonlar pichirlab gaplashadilar, hatto so‘zlarsiz ham bir-birlarini anglaydilar; birgalikda jim turib suhbat quradilar. Haqiqiy suhbat ahli — bir-birini chin dildan eshitadigan insonlar — so‘zlar orqali so‘zlashganlaridek, sukut orqali ham muloqot qiladilar va jim turgan holda bir-birlarini tushunadilar.

Jamiyat sifatida, xalq sifatida qalblarimiz bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zaro sokin, teran va ishonch bilan muloqot qilish imkoniyatimiz shunchalik ortadi. Aksincha, qalblarimiz parchalanganda, tuyg‘ularimiz o‘zga olamlarga sochilib ketganda, baqirib gapirishga majbur bo‘lamiz va yagona chorani shunda deb bilamiz. Agar bir inson yonidagi kishiga baqirayotgan bo‘lsa, bu ikki inson jismonan yaqin bo‘lishi mumkin, ammo ruhan va qalban bir-biridan masofalar qadar uzoqdir. Aynan shuning uchun ular "meni eshit!" degandek baqirishni yagona chora deb biladilar.

Biz xalq o‘laroq tuyg‘udoshlikni (empatiyani) qanchalik mustahkamlasak, bir-birimizni tinglash, turli madaniyatlarga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish va ulardan nimadir o‘rganish biz uchun shunchalik oson kechadi.
İ. Kalin


"
6
👍 3
🥰 2
4 3 895
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
29.04.2026 12:10
Do‘ppi
O‘zbek milliy qiyofasini do‘ppisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mo‘jaz san’at asari shunchaki bosh kiyim emas, balki egasining kelib chiqishi, mavqei va dunyoqarashini ko’rsatadigan ko’zgudir.
“Do‘ppi” so‘zi turkiy “tübe/töbe” so‘zidan olinganligi haqida ma’lumotlar bo’lib, “cho‘qqi” yoki “tepa” degan maʼnoni anglatadi. Uni keksa ayollardan tashqari deyarli barcha — go‘daklardan tortib yoshi ulug‘largacha kiyishadi.
O‘zbekiston Do‘ppilarining ba'zilari:
O‘zbekistonning har bir vohasi o‘ziga xos tikish uslubi va naqshlariga ega
Buxoro (Zardo‘zi) do‘ppi : Zarrin naqshli, tilla va kumush iplar bilan tikiladigan bu do‘ppilar qadimdan egasining yuksak mavqei va boyligidan dalolat bergan
Andijon (ayollar) do‘ppi : Zich oq asosda, "xoch" usulida tikiladi. Naqshlarda ko‘pincha hayotiy ramzlar va shirin-shakar mevalar tasvirlanadi
Toshkent (ayollar) do‘ppi : To‘q qizil, yashil yoki ko‘k matolardan tikilib, och rangli munchoqlar va qush patlari bilan bezatiladi. Bu bezaklar nafaqat go‘zallik, balki ko‘z-tildan asrovchi tumor vazifasini ham o‘tagan
Shahrisabz (erkaklar)do‘ppi : Mashhur “Iroqi” do‘ppilari. Yorqin o‘simlik ornamentlari tabiatning go‘zalligi va borliqdagi saxovatni ifodalaydi
Boysun (erkaklar) do‘ppi : Ranglarning noodatiy uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Masalan, xantal-sariq rang — paxta gulini, oq rang — paxtaning pokligini anglatadi
Qoraqalpoq (erkaklar) do‘ppi : Xalq orasida “malika tupugi” deb ataluvchi dumaloq shakldagi betakror do‘ppi turi; Vodiy tomonda erkaklar orasida marg'ilon do'ppi urfdir.
Do‘ppi — bu shunchaki kiyim emas, bu bizning o‘zligimizdir. Sizda ushbu do‘ppilarning qaysi biri bor? İzohlarda rasmini ulashing! Viloyat, tumanni ham aytib keting.

Manba:
https://uzbekistan.travel/uz/o/chust-doppilari-bosh-kiyimning-8-xususiyati/
@shevashunos
!#Doppi #MilliyMeros #Madaniyat #Ouzbekiston #Anana #Qadriyat
9
👍 8
🔥 1
3 9 1K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
12.04.2026 14:35
Sohibqiron
Bu so‘z arabcha ṣāḥib (صاحب) hamda ḳrn o‘zagidan kelib chiqqan ḳirān (قران) so‘zlarining birikmasidir. Sohib so’zi “yaqinlik” ma’nosida keladi.
Kirān so‘zi esa quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. İkki narsaning birlashishi
2. Xususan, baxt yulduzu deb qaralgan Venera va Yupiter (Mushtariy) sayyoralarining bir burjda uchrashishi.
Undan tashqari sohibqiron unvoni sharq va g’arbni fath qilgan hukmdorlarga beriladi. Bulardan biri Amir Temurdir. Buyuk İskandar, Chingizxonga ham ushbu unvon berilgan. Lekin sohibqiron so’zi aynan Amir Temurga ko’proq yarashadi.
@shevashunos

#timur #Қаҳрамонлар
🔥 22
4
1 4 1.2K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Переслано от канала
06.04.2026 15:59
🚨 Diqqat, tanlov!

📚 Avrasya Yozarlar Birligi tomonidan VIII Xalqaro Mahmud Qashqarli hikoyalar tanlovi e’lon qilinadi.

📝 Mavzu: erkin

📅 Muhim sanalar:

* Asarlarni topshirishning so‘nggi muddati: 01-sentabr 2026-yil
* Natijalar e’lon qilinadi: 20-oktabr 2026-yil
* Xalqaro mukofot topshirish marosimi: 08-dekabr 2026-yil

🏆 Mukofotlar:

* 🥇 1-o‘rin — 45 000 turk lirasi *(taxminan 12 420 000 so‘m)*
* 🥈 2-o‘rin — 25 000 turk lirasi *(taxminan 6 900 000 so‘m)*
* 🥉 3-o‘rin — 15 000 turk lirasi *(taxminan 4 140 000 so‘m)*
* 🎖 Rag‘batlantiruvchi mukofot — 10 000 turk lirasi *(taxminan 2 760 000 so‘m)*

📑 Tanlov shartlari:

1. Tanlovga yuboriladigan hikoyalar avval hech qayerda e’lon qilinmagan va hech qanday tanlovda mukofot olmagan bo‘lishi kerak.
2. Hikoya mavzusi erkin.
3. Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta hikoya bilan qatnashishi mumkin.
4. Hikoya hajmi 2000 so‘zdan kam bo‘lmasligi va 7500 so‘zdan oshmasligi kerak.
5. Hikoyalar Word hujjati ko‘rinishida, 12 o‘lchamli shrift bilan yozilgan bo‘lishi lozim.
6. Hikoya faylida muallifning ismi ko‘rsatilmaydi; alohida faylda muallif haqida qisqacha ma’lumot yuboriladi.

📩 Asarlarni yuborish manzili:
[kmahmut2026@gmail.com](mailto:kmahmut2026@gmail.com)

🌍 Mazkur tanlov Avrasya Yozarlar Birligi tashkil etilganining 20 yilligi va Dr. Yakup O‘mero‘g‘li tavalludining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

✍️ Qatnashinglar, jo‘ralar!
🇺🇿 O‘zbekistonlik yozuvchi g‘olib bo‘lishini juda istayman!
7
👍 6
9 22 1.4K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
04.04.2026 07:23
Turkiyadagi kitob ko‘rgazmalarining o‘zgacha fayzi bor. Bir-ikkita loyiha sabab Anqaradaligimdan foydalanib, men ham ko‘rgazmaga bordim. Bilasiz, Turkiyada bir nechta tarjima va mualliflik kitoblarim nashr etilgan. Ko‘rgazma rastalari orasida professor Osman Karatay bilan hamkorlikda tayyorlagan, nufuzli nashriyotlardan "Ötüken" nashriyotida chop etilgan chig‘atoy turkiysidagi “Bozo‘g‘lon dostoni” (Bozoğlan Destanı) kitobimizga duch keldim.

Ochig’ini aytsam, kitobimizni bunday katta maydonlarda ko‘rib, juda quvondim. Bu quvonchni sizlar bilan ham baham ko‘rgim keldi.
Kitob bilan qoling!
@shevashunos
17
👍 16
🔥 9
👏 4
31 1 1.2K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Переслано от Qamar kitoblar do‘koni
29.03.2026 19:38
“Devona” kitobi SOTUVDA!

🥀 Kutish — nafaqat umid, balki sadoqatning eng og‘ir sinovi

Siz ham kimnidir kutganmisiz?

Sog‘inch va iztirob ila kutish qanday bo‘lishini “Devona” asaridagi Ejevit obrazida ko‘rish mumkin.

Hayotda hech kimi yo‘q fotosuratchi Ahmad sayohat qilish chog‘ida bir yigitni chorrahada urib yuborishiga sal qoladi. Barchasi mana shu voqeadan boshlanadi...

Ahmad doʻsti Ejevitning hayoti haqida eshitar ekan, yorini 24 yildan buyon iztirob ila kutayotgan oshiq tamoman esdan og‘ganligini sezadi.

Bu voqeadan so‘ng muhabbat, ishq haqida Ahmadning fikrlari yana ham teranlashadi.

Sadoqat, sog‘inch va ishq haqida so‘zlovchi asarni birinchilardan bo‘lib “Qamar” do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifasi — 202 bet;
• Narxi — 53.000 so‘m


Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

Manzillar:
Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.

Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Costa coffee" yonida.

@qamarbooks
6
5 2 1.1K
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
29.03.2026 19:38
Maza qilib tarjima qilgan tarjima kitoblarimdan biri - “Devona” - sotuvda! Barchangizga maroqli mutolaalar tilayman!👇✍️
8
👍 1
934
avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
@shevashunos
26.03.2026 21:16
“Faqat Fir’avnga qarshi turish kifoya qilmaydi, Musoning yonida turish ham kerak!”
✍️ Muhsin Yazijio’g’li
@shevashunos
👍 16
🔥 2
1 1 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

1.8K
Dr. Avazxon Umarov

O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han
İnstagram: https://www.instagram*.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram