Turk xalqlarining choy piyolalari.
Turkiy xalqlarning choy piyolalari o‘ziga xos tarixga ega. Undagi har bir naqshning o‘z anglam va ma’nosi bo‘lib, ular hayotdan olingan. Siz tomonlarda 'piyola' so‘zi o‘rnida qanday so‘zlar qo‘llaniladi? Piyola bilan bog‘liq go‘zal so‘zlar, maqol yoki she’rlar bo‘lsa, biz bilan baham ko‘ring. Menimcha, piyola haqidagi eng go‘zal she’r Erkin Vohidovning ushbu misralaridir:
Garchi shuncha mag`rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan. 1956
@shevashunos
Обсуждение 9
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram