Do‘ppi
O‘zbek milliy qiyofasini do‘ppisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mo‘jaz san’at asari shunchaki bosh kiyim emas, balki egasining kelib chiqishi, mavqei va dunyoqarashini ko’rsatadigan ko’zgudir.
“Do‘ppi” so‘zi turkiy
“tübe/töbe” so‘zidan olinganligi haqida ma’lumotlar bo’lib,
“cho‘qqi” yoki
“tepa” degan maʼnoni anglatadi. Uni keksa ayollardan tashqari deyarli barcha — go‘daklardan tortib yoshi ulug‘largacha kiyishadi.
O‘zbekiston Do‘ppilarining ba'zilari:
O‘zbekistonning har bir vohasi o‘ziga xos tikish uslubi va naqshlariga ega
Buxoro (Zardo‘zi) do‘ppi : Zarrin naqshli, tilla va kumush iplar bilan tikiladigan bu do‘ppilar qadimdan egasining yuksak mavqei va boyligidan dalolat bergan
Andijon (ayollar) do‘ppi : Zich oq asosda, "xoch" usulida tikiladi. Naqshlarda ko‘pincha hayotiy ramzlar va shirin-shakar mevalar tasvirlanadi
Toshkent (ayollar) do‘ppi : To‘q qizil, yashil yoki ko‘k matolardan tikilib, och rangli munchoqlar va qush patlari bilan bezatiladi. Bu bezaklar nafaqat go‘zallik, balki ko‘z-tildan asrovchi tumor vazifasini ham o‘tagan
Shahrisabz (erkaklar)do‘ppi : Mashhur
“Iroqi” do‘ppilari. Yorqin o‘simlik ornamentlari tabiatning go‘zalligi va borliqdagi saxovatni ifodalaydi
Boysun (erkaklar) do‘ppi : Ranglarning noodatiy uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Masalan, xantal-sariq rang — paxta gulini, oq rang — paxtaning pokligini anglatadi
Qoraqalpoq (erkaklar) do‘ppi : Xalq orasida
“malika tupugi” deb ataluvchi dumaloq shakldagi betakror do‘ppi turi; Vodiy tomonda erkaklar orasida marg'ilon do'ppi urfdir.
Do‘ppi — bu shunchaki kiyim emas, bu bizning o‘zligimizdir. Sizda ushbu do‘ppilarning qaysi biri bor? İzohlarda rasmini ulashing! Viloyat, tumanni ham aytib keting.
Manba: https://uzbekistan.travel/uz/o/chust-doppilari-bosh-kiyimning-8-xususiyati/
@shevashunos
!#Doppi #MilliyMeros #Madaniyat #Ouzbekiston #Anana #Qadriyat
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram