Turkiyadagi kitob ko‘rgazmalarining o‘zgacha fayzi bor. Bir-ikkita loyiha sabab Anqaradaligimdan foydalanib, men ham ko‘rgazmaga bordim. Bilasiz, Turkiyada bir nechta tarjima va mualliflik kitoblarim nashr etilgan. Ko‘rgazma rastalari orasida professor Osman Karatay bilan hamkorlikda tayyorlagan, nufuzli nashriyotlardan "Ötüken" nashriyotida chop etilgan chig‘atoy turkiysidagi “Bozo‘g‘lon dostoni” (Bozoğlan Destanı) kitobimizga duch keldim.
Ochig’ini aytsam, kitobimizni bunday katta maydonlarda ko‘rib, juda quvondim. Bu quvonchni sizlar bilan ham baham ko‘rgim keldi.
Kitob bilan qoling!
@shevashunos
Обсуждение 31
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram