avatar
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Переслано от канала
06.04.2026 15:59
🚨 Diqqat, tanlov!

📚 Avrasya Yozarlar Birligi tomonidan VIII Xalqaro Mahmud Qashqarli hikoyalar tanlovi e’lon qilinadi.

📝 Mavzu: erkin

📅 Muhim sanalar:

* Asarlarni topshirishning so‘nggi muddati: 01-sentabr 2026-yil
* Natijalar e’lon qilinadi: 20-oktabr 2026-yil
* Xalqaro mukofot topshirish marosimi: 08-dekabr 2026-yil

🏆 Mukofotlar:

* 🥇 1-o‘rin — 45 000 turk lirasi *(taxminan 12 420 000 so‘m)*
* 🥈 2-o‘rin — 25 000 turk lirasi *(taxminan 6 900 000 so‘m)*
* 🥉 3-o‘rin — 15 000 turk lirasi *(taxminan 4 140 000 so‘m)*
* 🎖 Rag‘batlantiruvchi mukofot — 10 000 turk lirasi *(taxminan 2 760 000 so‘m)*

📑 Tanlov shartlari:

1. Tanlovga yuboriladigan hikoyalar avval hech qayerda e’lon qilinmagan va hech qanday tanlovda mukofot olmagan bo‘lishi kerak.
2. Hikoya mavzusi erkin.
3. Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta hikoya bilan qatnashishi mumkin.
4. Hikoya hajmi 2000 so‘zdan kam bo‘lmasligi va 7500 so‘zdan oshmasligi kerak.
5. Hikoyalar Word hujjati ko‘rinishida, 12 o‘lchamli shrift bilan yozilgan bo‘lishi lozim.
6. Hikoya faylida muallifning ismi ko‘rsatilmaydi; alohida faylda muallif haqida qisqacha ma’lumot yuboriladi.

📩 Asarlarni yuborish manzili:
[kmahmut2026@gmail.com](mailto:kmahmut2026@gmail.com)

🌍 Mazkur tanlov Avrasya Yozarlar Birligi tashkil etilganining 20 yilligi va Dr. Yakup O‘mero‘g‘li tavalludining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

✍️ Qatnashinglar, jo‘ralar!
🇺🇿 O‘zbekistonlik yozuvchi g‘olib bo‘lishini juda istayman!
7
👍 6
9 22 1.4K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

1.8K
Dr. Avazxon Umarov

O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han
İnstagram: https://www.instagram*.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram