Qalblar bir-biridan qanchalik uzoqlashsa, ovozlar shunchalik baland ko‘tarila boshlaydi. Qalb yaqin bo‘lganda
e
sa insonlar pichirlab gaplashadilar, hatto so‘zlarsiz ham bir-birlarini anglaydilar; birgalikda jim turib suhbat quradilar. Haqiqiy suhbat ahli — bir-birini chin dildan eshitadigan insonlar — so‘zlar orqali so‘zlashganlaridek, sukut orqali ham muloqot qiladilar va jim turgan holda bir-birlarini tushunadilar.
Jamiyat sifatida, xalq sifatida qalblarimiz bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zaro sokin, teran va ishonch bilan muloqot qilish imkoniyatimiz shunchalik ortadi. Aksincha, qalblarimiz parchalanganda, tuyg‘ularimiz o‘zga olamlarga sochilib ketganda, baqirib gapirishga majbur bo‘lamiz va yagona chorani shunda deb bilamiz. Agar bir inson yonidagi kishiga baqirayotgan bo‘lsa, bu ikki inson jismonan yaqin bo‘lishi mumkin, ammo ruhan va qalban bir-biridan masofalar qadar uzoqdir. Aynan shuning uchun ular "meni eshit!" degandek baqirishni yagona chora deb biladilar.
Biz xalq o‘laroq tuyg‘udoshlikni (empatiyani) qanchalik mustahkamlasak, bir-birimizni tinglash, turli madaniyatlarga nisbatan bag‘rikeng bo‘lish va ulardan nimadir o‘rganish biz uchun shunchalik oson kechadi.
İ. Kalin
"
❤6
👍3
🥰2
4 3 895
Обсуждение
4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram