avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
25.04.2026 15:29
Odatda har bir ishni ertadan boshlamoqchi bo‘lamiz...

Faqat boshlamoqchi bo‘lamiz, boshlamaymiz. Chunki ertalarimiz ko‘p deb o‘ylaymiz. Ko‘pmikan?..

#Bugun_men rukni vazifasini bugundan qoldirmang. Yaxshisi har kungi odatga aylantiring.


Qanday bajarganingizni albatta izohlarda yozib qoldiring.

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
👍 15
4
👏 3
😢 3
🕊 1
1 4 796
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
24.04.2026 18:00
23-aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan “Keling, kitob yozamiz” loyihasi mualliflari uchun Gavhar Darvesh tomonidan temperament, xarakter va intellekt mavzularida mazmunli trening o‘tkazildi.

Bu uchrashuv oddiy dars emas, o‘zimizni anglashga ochilgan yana bir eshik bo‘ldi.

Ko‘pimizni o‘ylantiradigan savollar bor:
“Nega boshqalar qila olyapti, men esa yo‘q?”
“Nega ularda chiqyapti, menda esa yo‘q?”
“Aslida men yozolamanmi?”

Trening davomida shu savollarga javob topishga harakat qildik. Va eng muhim anglash shuki — har kimning yo‘li, tezligi va uslubi boshqacha.

Temperamentlar haqida gaplashdik:
Sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik.

Qiziq tomoni — hatto bir xil temperamentdagi insonlar ham bir-biridan keskin farq qiladi. Chunki insonni faqat temperament emas, balki xarakteri, tajribasi va ichki dunyosi shakllantiradi.

Sangviniklar — energiya va harakat manbai. Ular jamoaga jon bag‘ishlaydi.
Flegmatik va melanxoliklar esa chuqur fikrlaydi. Ko‘pincha kuchli yozuvchilar aynan shu qatlamdan chiqadi.

Yana bir nozik nuqta: tashqi ko‘rinishimiz, xatti-harakatlarimiz ham temperamentimiz haqida ishora berishi mumkin.

Agar o‘zingizni hali to‘liq anglay olmagan bo‘lsangiz bolaligingizga nazar soling. Siz qanday bola edingiz? Jimjitmi yoki sergap? Tez hayajonlanadiganmi yoki sokin?

Javoblar o‘sha yerda yashirin.

Chunki yozish — bu faqat so‘z terish emas. Bu o‘zingni anglash, ichingdagi ovozni eshitish va uni boshqalarga yetkazishdir.

Qalam tutgan qo‘lingiz charchamasin. Fikrlaringiz esa tobora teranlashib, satrlaringiz qalblarga yetib borsin. Ilhomingiz so‘nmasin, yozayotgan har bir jumlangiz kimningdir hayotiga nur olib kirsin!


Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
14
🔥 6
👍 5
👏 1
🕊 1
11 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
24.04.2026 15:52
Rahbar aqlli bo‘lishi jamoa muvaffaqiyatiga asos bo‘la oladimi?

  Yo‘q, deb javob bersam ishonasizmi?

  Rahbarda hissiy intellekt, insoniylik bo‘lmasa, u qanchalik aqlli, bilimli va tajribali bo‘lmasin, jamoa muvaffaqiyat qozonishi u yoqda tursin, bir yilda tarqab ketadi. Chunki u har doim haq, nohaq ishchilaridan tezda g‘azablanadi, xodimlar undan qo‘rqadi, barcha stressda yuradi.

Xo‘sh, emotsional intellekt nima?

  Peshqadam Ilmiy Markazi tomonidan tashkil etilgan seminarda Karvonimiz “Ilmiy faoliyat” yo‘nalishi a’zosi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Charos Mirholiqova bu savolga atroflicha javob beryaptilar.

Suhbat juda qiziq kechmoqda, kelganlar e’tiborni boshqa narsaga chalg‘itmay, maza qilib ma’ruzani tinglagisi kelyapti.

  Biz ham shu postni tayyorlash uchun vaqtimizni zo‘rg‘a ajratdik.

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
22
🕊 5
👍 1
2 7 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
24.04.2026 13:34
#Shaxsiy_rivojlanish

Baʼzan harakat qilayapmiz-u, natijaga hech erisha olmayotgandek bo‘lamiz.

Lekin harakat bor joyda natija ham bo‘ladi. Faqat biz bu natijani pisand qilmaymiz.

Go‘yoki faqat cho‘qqiga chiqish yutuqdek ko‘rinadi.

Aslida chuqurdan chiqib olish ham katta g‘alaba!

Bu fikrga qo‘shilasizmi

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
25
💯 12
🔥 5
🕊 2
👍 1
1 9 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
23.04.2026 17:43
IQ nimaligini hamma biladi – inson aqliy salohiyatining ko‘rsatkichi.

EQ nimaligini-chi?

Emotsional intellekt bilan tanishmisiz?

Hayotda muvaffaqiyatga erishishingizda aynan emotsional intellektning o‘rni katta, desak, ishonasizmi?

Yaxshisi ishonmang va jonli seminarimizga kelib o‘zingiz ishonch hosil qiling.

Sizga his-tuyg‘ularni boshqarish yo‘llari o‘rgatiladigan seminarimiz – mutlaqo bepul!

Muhimi bugun ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!

Spiker: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ilmiy faoliyat yo‘nalishi a‘zosi Charos Mirholiqova.

Peshqadamlar Karvoni binosi
-aprel, soat


Jonli seminarga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
https://forms.gle/hi4p8hyCfQQXVfrZ7

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
10
🕊 5
🔥 3
👍 1
10 11 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
Переслано от канала
23.04.2026 15:00
Zaynab va Kumush birlashsa nima bo‘ladi?

emoji Otabek kunini ko‘radimi?

Yo‘q!

Kitobxonlar uchun yangi chorlovga start beriladi.

Har kuni 10 sahifa mutolaa!

Natijada rivojlanasiz, ko‘plab sovg‘alarni qo‘lga kiritasiz, undan tashqari yangi tashkil qilingan “Kitobqand” book-club‘iga a’zo bo‘lasiz!

Eng qizig‘i “Kitobqand” book-clubiga a’zo bo‘lganingizdan keyin boshlanadi.

Xullas, sizda ro‘yxatdan o‘tish uchun 3 kun vaqtingiz bor.

27-apreldan mutolaa boshlanadi!  Shoshiling!

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: @kitobqand_murojaat yozing.

Telegram | Instagram* | Sayt
👏 23
9
👍 3
🔥 1
🕊 1
15 31 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
22.04.2026 12:45
Bugungi #Kunlik_vazifalar aytgan gapi, bergan va’dasi, qilgan ishi uchun mas’uliyatli bo‘lish, ya’ni sidq, sodiqlik, rostgo‘ylik, ahdga vafo bilan bog‘liq.

Niyatlarimizdan tortib, amallarimizgacha rostgo‘y bo‘laylik, ana shunda ishlarimizda ham unum bo‘ladi. O‘zimiz esa siddiqlardan bo‘lamiz.

Rostgo‘ylikni lozim tutinglar. Chunki rostgo‘ylik yaxshilikka boshlaydi. Yaxshilik esa jannatga boshlaydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" asarlaridan.

Telegram
Instagram*
YouTube
Faceboo
10
🔥 3
🕊 2
👏 1
5 9 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
21.04.2026 18:33
🧠 Emotsional intellekt — muvaffaqiyatning ko‘rinmas kuchi! | Jonli seminarga marhamat!

Siz his-tuyg‘ularni boshqarish, odamlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish va qiyin vaziyatlarda o‘zingizni yo‘qotmaslik sirlarini bilishni xohlaysizmi?

Unda sizni qiziqarli va ilmiy-ommabop suhbatga taklif qilamiz!

Mavzu: Emotsional intellekt
Suhbat mehmoni: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ilmiy faoliyat yo‘nalishi a’zosi Charos Mirxoliqova

Jonli seminar Peshqadamlar Karvoni binosida 24-aprel, soat 14:00da bo‘lib o‘tadi.

Emotsional intellekt — bu faqat his qilish emas, balki hislarni anglash, boshqarish va to‘g‘ri yo‘naltirish san’atidir. Aynan shu mavzu haqida ustozimiz bilan birgalikda foydali va hayotiy mulohazalar bilan bo‘lishamiz.

Jonli seminarga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola!

O‘zingizni, fikringizni va munosabatlaringizni yanada kuchliroq anglamoqchimisiz?
Unda bu suhbat siz uchun!




Batafsil ma’lumot uchun:
| +998920012401
emoji | peshqadamilmiymarkazi@gmail.com

Telegram | Instagram* | Linkedin
15
🔥 4
🕊 4
👍 1
1 18 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
21.04.2026 16:02
Kelin tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?


Bu savolga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Baxtiyor oila” kitoblarida keltirilgan javob bilan Karvonimizning "Kitobxonlikni rivojlantirish" yo‘nalishi aʼzosi, telejurnalist Nigora Hasanova @nigorabooklover tanishtiradi.

Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
19
🕊 7
🔥 6
💯 4
👍 2
32 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
Переслано от канала
21.04.2026 10:03
DIQQAT AZIZ ONAJONLAR! emoji

🌿 Registon Onalar Maktabi hamda Peshqadamlar karvoni loyihasi "Ayol qizlarga Ma'naviy ko'mak" a'zolari bilan bilan hamkorlikda bugungi kundagi eng dolzarb masalalarga javob olish uchun muhim va o‘ylantiruvchi uchrashuv

“Siz qanday ota-onasiz?”
Farzandingiz bilan munosabatingiz qanday?
Siz nazorat qiluvchi ota-onamisiz, befarqmi yoki ongli ota-onami?

Bu uchrashuv sizga o‘zingizni tanish, xatolaringizni anglash va to‘g‘ri yo‘lni topishda yordam beradi!

Tadbir spikeri:
Madina Jo‘rayeva

Joylar soni cheklangan! Hoziroq yoziling

📅 Sana: 25-aprel
🕙 Soat: 10:00
Manzil: Registon maktabi, Tinchlik filiali

Shoshiling, onajonlar!
Farzandingiz kelajagi – sizning bugungi qaroringizga bog‘liq! emoji

👉 REGISTON ONALAR MAKTABİ
14
👍 2
🔥 2
👏 1
9 1.2K
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
20.04.2026 18:24
  "Men o‘qigan kitob" ruknida bu gal har bir xonadonda saqlanishi va albatta o‘qilishi shart bo‘lgan kitob — "Tafsiri Hilol" haqida so‘zlab beramiz.

  Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub bu asar mutolaasini boshlagan kitobxon kitobdan bosh ko‘tara olmaydi.

Hayotning barcha jabhalari qamrab olingan bu kitobdan hamma albatta o‘z xulosasini oladi, ruhiy holati, maʼnaviy ehtiyoji, o‘ylantirayotgan savollaridan kelib chiqib maʼlum masalalarga eʼtibor qaratadi.

Shu boisdan biz Yaratganning kalomiga yozilgan bu tafsir tarixigagina bir oz to‘xtalishga qaror qildik.


Siz ham o‘qing, zero bu asardan olamlarga tatigulik ilm olasiz.


Telegram
Instagram*
YouTube
Faceboo
30
👏 2
🕊 2
💯 2
5 8 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Peshqadam Karvoni
@peshqadam_karvoni
20.04.2026 13:39
#Dayjest

 “Peshqadam Karvoni” jamiyati 13-19-aprel kunlari sizga nelarni taqdim etdi? 

Karvonimizga a'zolikka nomzodlardan birining faoliyati bilan bo'lishdik.

Kunlik vazifa ruknida tartib-intizomga chorlovchi vazifalar berildi.

Xalqaro ulamolardan ba’zilarining Hazrat haqidagi fikrlarini keltirdik.

Yoshlarga sof islom ma’rifatini tanitish va ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o‘rni” nomli ilmiy-amaliy anjumandan siz ko'rmagan kadrlar taqdim etildi.

Peshqadam Karvonida bo'lib o'tgan hashardan lavhalar berildi.

O'zbekiston 24 telekanalida bizning anjuman yoritildi.

#Bugun_men ruknida ota-onaga yaxshilik qilishga chorlovchi vazifa berildi.

Karvonimiz aʼzosi boshlagan yangi marafoni e'lon qilindi.

Hazratning yana bir go‘zal odatlari haqida Karvonimiz aʼzosi Erkin Malik ustoz xotiralaridan bilib oldingiz.

Shuningdek hafta davomida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida tayyorlangan iqtiboslarni taqdim etdik.

  Qiziqarli va manfaatli kontentdan bahramand bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!


Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
👍 10
7
💯 3
🕊 1
1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Peshqadam Karvoni

8K
"PESHQADAM KARVONI" jamiyatining rasmiy sahifasi

📝 Loyihaga qo‘shilish uchun so‘rovnoma: https://forms.gle/UnuvWYKuyoGmdtbM8

Murojaatlar uchun: @peshqadam_murojaat
Открыть в Telegram