Peshqadam Karvoni
Переслано от канала
UCHOQDAGI O‘YLAR
Uchoqqa chiqqandan keyin uning necha soat uchishining menga ahamiyati yo‘q. Hamrohimga aylanib qolgan planshetimni olaman-da, ishga tushiraman. Bu kamina uchun hazratimdan qolgan meros. U kishi safarlarda o‘zlari bilan noutbuk olib yurar, kutish zallari, uchoq, mehmonxona kabi vaqtni «o‘g‘irlab» qo‘yadigan joylarda kitob ta’lif qilish bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Qilingan ishlarni internet orqali ishxonaga jo‘natib, borgunimcha oyat va hadislarni asliga solishtirib, qarab qo‘yinglar, der edilar. «Vasatiya», «Keksalarni e’zozlash» va ko‘plab kitoblari bunga yorqin misol. Vaqtni, o‘tib borayotgan umrning har daqiqasini u kishi ana shunday qadrlar edilar.
Kamina ham bunga amal qilib, safarda o‘zim bilan doimo planshet olib yuraman. Qo‘limdagi bu qulay matohning men uchun ardoqli va qimmatli tarafi hazratim asos solgan «Hilol-nashr»ning hadyasi ekanida. Xo‘sh, uchoqda nimalar haqida yozdim? Albatta, fazilatli shayximiz haqlarida. Ajabo, Qohiradagi kitoblar ko‘rgazmasiga hazratning qanday aloqalari bor dersiz? Bu savolga javob topish uchun e’tibor bilan o‘qib chiqing.
Bundan o‘n yillar muqaddam Saudiya podshohligining poytaxti Riyoz shahrida xuddi shu Qohiradagiga o‘xshagan jahon kitoblari ko‘rgazmasi tashkillashtirilgan edi. O‘shanda shayx hazratlari kaminani borish-kelish xarajatlarimni o‘z hisoblaridan ko‘tarib, ko‘rgazmaga jo‘natganlar. Ko‘rgazmada men andijonlik vatandoshimiz Zuhriddin Mirza Obid Turkistoniy bilan tanishib qolgandim. U kishi 1937-yili otasi qatag‘onga uchrab, besh yoshida Andijondan chiqib ketgan, u yog‘i Uyg‘uriston, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston diyorlarida sarson-sargardonlikda yurib, oxiri Saudiyada qo‘nim topgan, ayni damda poytaxt Riyoz shahrida yashar ekanlar. Yoshlari 83 yoshda. Ko‘rinishdan tetiklar. Xonadonlariga mehmonga chaqirdilar. Men u kishining huzurida uch kun qolib ketdim. Qatag‘onga uchrab, dunyoga bosh olib chiqib ketgan minglab oilaning tarixi, taqdiri bilan tanishdim. U kishida kattagina arxiv bor ekan. O‘zlari ham yaxshigina shoir, publitsist qalam sohibi ekanlar.
O‘sha uchrashuvdan keyin kamina salkam o‘n yil davomida uchta kitobdan iborat «Yuz yil sarson-sargardonlikda» qissasini yozdim. U yuz yillik ozodlik kurashlari va mashaqqatlari bilan to‘lib toshgan tarixni o‘z ichiga olgan bu asar. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hazratim shu ko‘rgazmaga kaminani yubormaganlarida bu kitob yuzaga kelarmidi? Yo‘q. Chunki Zuhriddin Mirza Obid janoblari men uchrashgan paytda ancha keksayib qolgan edilar. Ular chetga chiqib ketgan vatandoshlarimizga oid keng ko‘lamli tarixni o‘zlari bilan qabrga olib ketgan bo‘lardilar. Hazratim ana shunday karomatli zot edilar. Har bir ishlarida Allohning barokati yog‘ilib turardi. Men uchun yana bir sharafli tarafi Qohiradagi kitoblar ko‘rgazmasiga «Hilol-nashr» nomidan borayotganim. Axir kamina Ismoiljon Muhammad Sodiq janoblari ta’kidlaganlaridek, shu qutlug‘ dargohning oddiy bir xokisor duogo‘yi bo‘lib qolganman-da, azizlar.

❤ 37
🔥 7
👍 6
👏 6
😢 2
💯 1
2 2 1.5K
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram