23-aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan
“Keling, kitob yozamiz” loyihasi mualliflari uchun
Gavhar Darvesh tomonidan temperament, xarakter va intellekt mavzularida mazmunli trening o‘tkazildi.
Bu uchrashuv oddiy dars emas, o‘zimizni anglashga ochilgan yana bir eshik bo‘ldi.
Ko‘pimizni o‘ylantiradigan savollar bor:
“Nega boshqalar qila olyapti, men esa yo‘q?”
“Nega ularda chiqyapti, menda esa yo‘q?”
“Aslida men yozolamanmi?”
Trening davomida shu savollarga javob topishga harakat qildik. Va eng muhim anglash shuki — har kimning yo‘li, tezligi va uslubi boshqacha.
Temperamentlar haqida gaplashdik:
Sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatik.
Qiziq tomoni — hatto bir xil temperamentdagi insonlar ham bir-biridan keskin farq qiladi. Chunki insonni faqat temperament emas, balki xarakteri, tajribasi va ichki dunyosi shakllantiradi.
Sangviniklar — energiya va harakat manbai. Ular jamoaga jon bag‘ishlaydi.
Flegmatik va melanxoliklar esa chuqur fikrlaydi. Ko‘pincha kuchli yozuvchilar aynan shu qatlamdan chiqadi.
Yana bir nozik nuqta: tashqi ko‘rinishimiz, xatti-harakatlarimiz ham temperamentimiz haqida ishora berishi mumkin.
Agar o‘zingizni hali to‘liq anglay olmagan bo‘lsangiz bolaligingizga nazar soling. Siz qanday bola edingiz? Jimjitmi yoki sergap? Tez hayajonlanadiganmi yoki sokin?
Javoblar o‘sha yerda yashirin.
Chunki yozish — bu faqat so‘z terish emas. Bu o‘zingni anglash, ichingdagi ovozni eshitish va uni boshqalarga yetkazishdir.
Qalam tutgan qo‘lingiz charchamasin. Fikrlaringiz esa tobora teranlashib, satrlaringiz qalblarga yetib borsin. Ilhomingiz so‘nmasin, yozayotgan har bir jumlangiz kimningdir hayotiga nur olib kirsin!
Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram