#Kunlik_vazifalar
Bugun 15-aprel.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tavallud topgan kun.
Shu boisdan bugungi "Kunlik vazifalar"imiz ham aynan hazratga xos bo‘lgan mavzuda.
Bu qanday mavzu
Intizom.
Buyuk insonlarni boshqalardan ixloslari, ilmlari bilan bir qatorda aynan tartib-intizomlari ajratib turadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari o‘zlariga nisbatan juda talabchan, xoh ibodatda, xoh ilmda bo‘lsin virdlarini qoldirmay bajarar edilar.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom ma’hadida dars bergan damlari esa talabalardan ham intizomni talab qilar edilar. Darsga qo‘ng‘iroq chalingach, ustozdan keyin sinfga kirgan talaba dars oxirigacha tik oyoqda turar edi. O‘tirishga ham ruxsat berilmasdi, sinfdan chiqib ketishga ham.
Hazrat joriy qilgan: "Talaba ustozni o‘z o‘rnida, darsga tayyor holatda kutib olishi kerak", degan qoidaga barcha amal qilar edi.
Bugungi vazifalarimizni ustozni duo qilgan holda, o‘zgacha ixlos bilan bajarishingizga ishonamiz.
Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
Обсуждение 13
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram