Yurtimizda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini tanimaydigan, birorta kitoblarini qo‘liga olib, varaqlab ko‘rmagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Shunday ekaniga shukrlar bo‘lsin!
Xalqaro hamjamiyatda ham shayx hazratlarini ulamolar yaxshi tanishgan. Ulardan ba’zilarining Hazrat haqidagi fikrlarini keltirsak.
Bu zot nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun islom olamida ilm nurini qayta tiklagan buyuk mujaddid edilar. Shayxning xizmatlari tufayli millionlab insonlar o‘z dinini qayta tanidi.
Shayx Habib Umar ibn Hafiz – yamanlik so‘fiy olim, mudarris, Dorul-Mustafo islom tadqiqotlari muassasasi asoschisi va mudiri. Shuningdek, u Abu-Dabidagi "Tabah" jamg‘armasi Oliy maslahat kengashi a’zosi.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqiqiy olim edilar. U kishining vafoti bilan islom ummati o‘z vaqtida arab olami va Markaziy Osiyo o‘rtasida ilmiy ko‘prik bo‘lgan buyuk bir ustunini yo‘qotdi. U kishining kundalik hayoti faqat ilm va zikrdan iborat edi.
Shayx Ali Muhiddin al Qoradog‘iy – qatarlik yirik olim, Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mening nafaqat ustozim, balki ma’naviy otam edilar. Rossiya musulmonlari uchun u kishining asarlari eng asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. U kishining ilmiy merosi asrlar davomida yashaydi.
Muftiy Ravil Gaynutdin - nufuzli islom diniy va jamoat arboblaridan biri, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi va Rossiya muftiylar kengashi raisi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan Yaratgan rozi bo‘lsin, ularning oxiratlari obod bo‘lsin!
Telegram
Instagram*
YouTube
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram