avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
02.05.2026 14:03
Xitoyliklar texnologiya sohasidan tashqari tabiiy evolyutsiyada jiddiy oldinga siljigan.

Lancet jurnali 1985-yildan 2019-yilgacha har yili dunyoning 200 davlatidagi 19 yoshli yigitlarning bo‘yini o‘lchab borgan. Ushbu davr mobaynida Xitoy o‘smirlari bo‘yi 8 santimetrdan ko‘proqqa o‘sgan. Bu sayyoradagi eng katta sakrashdir. Shu paytda, Hindiston o‘smirlarida deyarli hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Buning sababi nimada?

Oxirgi 35 yil ichida xitoyliklar ovqatlanish ratsioniga go‘sht, tuxum va sut mahsulotlarini keng miqyosda qo‘sha boshladi. Aynan 1980-yilllardan Xitoy pragmatizm yo‘liga o‘tdi va iqtisodiy o‘sishni boshladi. YaIM o‘sishi bilan birga aholi jon boshiga hayvon go‘shti (oqsil) iste’moli ko‘paydi va bunga parallel ravishda bo‘y ko‘rsatkichlari ham keskin oshdi.

Insoniyat borgan sari yaxshiroq anglayotgan narsa shuki: gen insonning eng yuqori chegarasini (potentsialni) belgilaydi, ammo bolalikdagi ovqatlanish bola o‘sha potensialga ega chiqa olish-olmasligini hal qiladi. Bunda eng muhim omil — 18 yoshgacha ovqatlanish tarzi. Go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari — organizm o‘sishi uchun zarur bo‘lgan narsalardir.

Bu sabab nega hindistonliklar bo‘yi ko‘tarilmaganini ham tushuntiradi. Hindiston dunyodagi eng ko‘p vegetarian aholiga ega, davlat, qolaversa qashshoqlik sababli vegetarian bo‘lmagan oilalarda ham hayvon go‘shti iste’moli juda cheklangan.

Ota-onalar farzandlarini hayvon go‘shti (oqsil) bilan ta‘minlashi kerak. Agar o‘g‘lingizning bo‘yi 18 yoshdan keyin ham 165-170 sm yoki undan past bo‘lib qolsa — bu (agar og‘ir kasalliklar bo‘lmasa) sizning aybingiz bo‘ladi.

Hozir kimyoviy mahsulotlar, shirinliklar bolalar ratsionini tobora ko‘proq egallayotgan paytda, bolalarni oqsilli mahsulotlar yeyishga majburlash kerak.

@pan_diplomat
The Lancet
Height and body-mass index trajectories of school-aged children and adolescents from 1985 to 2019 in 200 countries and territories: a pooled analysis of 2181 population-based studies with 65 million participants
The height and BMI trajectories over age and time of school-aged children and adolescents are highly variable across countries, which indicates heterogeneous nutritional quality and lifelong health advantages and risks.
👍 39
5
🔥 5
7 57 1.8K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
24.04.2026 10:07
Amerikalik antropolog olim, Garvard professori Ernest Huton inson tanasi va uning ijtimoiy darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha qiziq xulosa bergan.

“Oxirgi ellik yil ichida amerikaliklarning tana tuzilishida kuzatilgan o‘zgarishlarni universitet va kollejlarning sport zallari protokollari, ikki urush davridagi askarlar, immigrantlar, jinoyatchilar va aholining boshqa guruhlari bilan o‘tkazilgan tadqiqot hujjatlaridagi ma’lumotlar orqali aniqlash mumkin.

Eng ishonchli ma’lumotlar qatoriga Garvard bitiruvchilari (oliygohda o‘qigan otalar va ularning o‘g‘illar haqidagi ma’lumotlar), shuningdek, Sharqiy qirg‘oqdagi to‘rtta ayollar kollejidan olingan tegishli ma’lumotlar kiradi.

Garvard o‘qigan o‘g‘illar shu oliygohda ta’lim olgan o‘z otalaridan (ular ham Garvard bitiruvchilari bo‘lgan) yirikroqdir. Xususan, ular otalaridan 2,5 sm balandroq, 4,5 kg og‘irroq, tana uzunligiga nisbatan oyoqlari uzunroq, tana aylanasi kengroq, shuningdek, bilak va boldir suyaklari ham uzunroq.

Qizlar ham o‘z onalaridan farq qiladi — ularning beli ancha torroq. Tadqiqotlarga ko‘ra, past bo‘yli, keng yelkali, mushakdor odamlar soni kamaymoqda, xuddi shuningdek, pishiq, kuchli, ammo to‘laroq odamlar ham kamayib borgan.

Aksincha, ozg‘in, oyog‘i nisbat uzun odamlar va eng asosiysi, baland bo‘yli, ozg‘in, tik qomatlilar ko‘paymoqda. Bo‘y o‘sishi bilan bosh chanog‘i torayib, yuzlar uzunroq va ingichka, tanglay uchliroq, tishlar notekisroq, burunlar esa uzunroq bo‘lib bormoqda”
.

Huton o‘z davri uchun mos, biroq bahsli bir xulosaga keladi: elita vakillarining (bu paytda Garvardda asosan boylar tahsil olgan) uzoq vaqt davomida faqat o‘z doirasida oila qurishi va oddiy xalqdan farqli bo‘lgan alohida turmush tarzida yashashi, oxir-oqibat Britaniya yoki Shimoliy Germaniya aristokratiyasiga juda o‘xshash bo‘lgan o‘ziga xos "zot" (poroda)ni yaratadi. Ya’ni, ular baland bo‘yli, ozg‘in, uzun oyoqli va uzun burunli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

@pan_diplomat
👍 25
6
🔥 4
😁 1
🤯 1
14 18 3.3K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
22.04.2026 15:43
Tramp va MAGA noyabrdagi Kongress saylovlarigacha Ukraina masalasida siljish qilmoqchi. Hozir Respublikachilar qiyin ahvolda. Eron bilan urush tang vaziyatda, Trapmning katta va’dalariga zid, Ukraina masalasida biron o‘zgarish bo‘lmadi. Vashington qanday shartlar bilan bo‘lsa-da, Moskvaga yon berib bo‘lsa ham urushga yakun yasamoqchi.

Yevropa AQSHdagi vaziyatdan xabardor. Shuning uchun ular Kiyevdan shoshmaslikni so‘rayapti. Yevropa keyinchalik Rossiya ularga xavf tug‘dirmasligi uchun uni iloji boricha holdan toydirmoqchi.

Xitoy ham shoshmaydi. Pekinga ham uning kuchli qo‘shnisi kuchsizlangani foydaga ishlaydi. Hozirgi sharoitda u arzon xomashyo bazasiga ega bo‘lib turibdi.

Demak, qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Rossiyaning hozir eng yaqin do‘sti AQSH bo‘lib qolmoqda.

@pan_diplomat
👍 53
👏 6
🔥 4
😁 3
2
3 8 3K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
22.04.2026 09:34
Insoniyat tarixi juda qiziq jarayon. Biz odamzod tarixi deganda asosan oxirgi 4-5 ming yillikni tushunamiz, biroq fanda ilk inson ajdodlari 2-3 mln yil oldin paydo bo‘lgani aytiladi.

Taniqli etolog Viktor Dolnik inson evolyutsiyasi va ijtimoiy tizimlar haqida juda qiziq va muhim tadqiqotlar olib borgan.

Uning fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra, evolyutsion jihatdan ovchi emas, balki o‘laksaxo‘r (tayyor ozuqa qidiruvchi) bo‘lgan. Erkaklar ovchi emas, himoyachi sifatida o‘z to‘dasini mushuksimonlar, sirtlonlar, chiyabo‘rilar, yirtqich qushlar yoki boshqa to‘dalar erkaklaridan himoya qilgan. Lekin ular asosiy ozuqa ta’minotchisi bo‘lmagan.

“Yirik hayvonlarni jamoaviy ovlash yuz ming yil davom etgan degan eski tasavvurlar va ular bilan birga gumanitar soha vakillarining “ajdodlarimiz o‘ljani qanday taqsimlagan?” degan bahslari endilikda eskirgan qarashga aylandi. “Katta ovlar” davri qisqa va baxtli bir lahza edi. Butun insoniyat bu bosqichni boshdan kechirmagan, qolaversa, ovchilar dehqonlarga aylanmagan, balki deyarli butunlay qirilib ketgan.

Aqlli inson ajdodlarining biologik evolyutsiyasi kechgan bir yarim million yildan ortiq vaqt davomida hayvonlar ovlanmagan, balki ularning o‘laksalari topilgan. Savannalardagi hozirgi hayvonlar yashashi o‘sha zamonga mos: hozir ham yirtqichlar o‘ljani raqiblardan himoya qilib, uni tezda bo‘laklarga ajratadi, qorinlari to‘yguncha yeydi. Savannada yeb bitirilmagan go‘shtni saqlash yoki o‘zi bilan olib yurish – bu faqat ahmoqning ishi. U yerda hatto sherlar galasi yoki leopardlarga ham o‘ljasini sirtlonlar yoki sirtlonsimonlardan saqlab qolish nasib etavermaydi. O‘ljani yashirishning esa deyarli iloji yo‘q: kalxatlar va tasqaralarga tepadan hamma narsa yaqqol ko‘rinadi.

Tunda hech narsani ko‘ra olmaydigan, jismonan zaif odamlar uchun yeb tugatilmagan, zaxiraga olib qo‘yilgan o‘laksa sabab sirtlonlar to‘dasi yoki yolg‘iz sherning hujumiga uchrash — mutlaqo keraksiz va xavfli ish edi. Shuning uchun ular o‘ljani o‘sha paytning o‘zida tugatgan.

Katta miqdordagi oziq-ovqat zaxiralari, aftidan, ilk bor dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi jamoalarda hosil yig‘ishtirib olingandan keyin paydo bo‘la boshlagan. Ekin ekish uchun yaroqli yerlarning tarqoqligi va bu guruhlarning o‘sha hududlarga bog‘lanib qolganligi sabab, ularda mudofaa tuzilmasi kuchsizlangan. Aynan shu pallada, iyerarxik jihatdan jipslashgan va hech narsa ishlab chiqarmaydigan odamlar (parazitlar) guruhi ushbu jamoalarni ularning mulki bilan birga o‘ziga bo‘ysundirib olgan bo‘lishi mumkin. Bu guruh bosqinchi sifatida yoki boshqa bosqinchilardan himoya qiluvchi “ixtiyoriy-majburiy” homiy sifatida namoyon bo‘lgan.

Shuningdek, ular shu yerlik (bir tilda gaplashuvchi) yoki begona, tashqaridan kelgan guruh bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas edi.

Demak, iyerarxiyalar (jamiyatdagi tabaqalanish “rahbar-itoatkor”) ham insoniyat tarixidagi juda qisqa evolyutsion davrdir. Ya’ni, bu tizim so‘nggi bir necha ming yillikda paydo bo‘lgan. Odamzodga xos bo‘lgan turmush tarzi ko‘proq “ibtidoiy-jamoa kommunizmi”dir, bu tizimda insoniyat mln yillar davomida yashagan”, deydi olim.

Dolnik insoniyatning tabiatiga eng yaqin bo‘lgan boshqaruv shakli deb — qadimgi Yunonistonning polis (shahar-davlat) demokratiyasini hisoblagan. Bu nazariya nega inson iyerarxik tizimni yoqtirmasligi, ya’ni doim bo‘ysunmaslikka, erkinlikka, tenglikka intilishini ham tushuntiradi.

@pan_diplomat
👍 34
😁 9
7
🔥 3
🤯 2
35 23 3.5K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
21.04.2026 18:10
Oʻzbekiston davlat xizmatchilari tizimida oylik toʻlashning ajoyib sxemasi bor. Yaʼni, kichik davlat xizmatchilaridan tortib, vazirlik va boshqa yuqori muassasalar xodimlari asosiy oylik (okladnoy) maoshidan juda kam pul oladi. Oylik turli ragʻbatlantirishlari orqali (Yashnobod hokimi misolida) koʻtariladi. Masalan, okladnoy 2-3 mln, ragʻbatlantirishlar 15-16 mln (oʻsha 200-300 foiz/baravar qoʻshimchalar). Shu yoʻl bilan davlat xizmatchilariga yuqori maosh toʻlash muammosi hal etiladi. Qiziq savol, nega shunchaki okladnoyni koʻtarib qoʻya qolishmaydi?

Bu tizim deyarli barcha sobiq sovet davlatlarida bor. Uning muallifi — Stalin. 1952-1954-yillarda Ukrainaning Kramatorsk shahri Kompartiyasi 1-kotibi (hokimi), keyinroq Donetsk viloyati hokimi boʻlib ishlagan Aleksandr Lyashko “Xotira yuki” esdaliklarida bu tizimga sharh bergan.

“Ishning birinchi oyidan soʻng, menga moddiy taʼminot borasida yangiliklar ochildi. Buxgalter ofisimga maoshimni olib keldi va hujjatlarga imzo qoʻyishimni soʻradi. Men pulga qaradim va hayron qoldim. U yerda edi 1800 rubl bor edi.

Yaʼni, bu pul men shahar qoʻmitasida olgan oyligimdan 300 rubl, zavod direktori oʻrinbosari sifatida olgan maoshimdan deyarli ikki baravar kam edi. Bu pulga bunday lavozimda qanday ishlash mumkin. Menga berishgan 4-xonali kvartiraning ijarasi oʻzi 400 rubl edi. Hech nima demay imzo qoʻydim.

Buxgalter hujjatlarni sumkasiga solib, keyin yana bir konvert chiqardi. Unda “4000 rubl” yozuvi bor edi.
— Bu esa sizga yordam puli.
— Qanday yordam, koʻchib kelganim uchunmi?
— Sizga tushuntirishmadimi? Bu yordam – qoʻshimcha maosh, uni har oy olasiz. Undan hech qanday soliq olinmaydi. Koʻchish nafaqasini esa hali alohida olib kelaman.

Koʻchish yordami bilan jami 10 ming rubl pulni oyga olib kelganimda, xotinim hayron boʻlib, “buncha pulni nima qilaman endi” deb qoldi.

Shunday qilib, qulogʻimga chalingan, lekin hech qachon nimaligini tushunmagan “konvertlar” siri ochildi. Keyin bilsam, viloyat birinchi kotibi va raisi 7000 rubldan “konvert” olarkan. Kiyev va Moskvadagi nomenklatura esa bundan-da kattaroq “konvertlar” olishini bildim. Yuqori amaldorlar davlat dachalaridan ham bepul foydalanardi.

Keyinchalik Xrushchyovning tashabbusi bilan “konvert” tizimi bekor qilindi. Markaziy Qoʻmitaning kengaytirilgan plenumida soʻzga chiqqan Nikita Sergeyevich toʻgʻridan toʻgʻri Stalin tomonidan oʻrnatilgan bu tizimni “rahbariyat poraxoʻrligidan boshqa narsa emas” deb atadi. Menimcha, Xrushchyov toʻgʻri ish qildi”.

Biroq boshqa tomondan, Xrushchev oʻzi uchun notoʻgʻri qildi. Uning qisqa tashabbusi mamlakatning boʻlajak hukmdorlari uchun yaxshi saboq boʻldi: nomenklatura hayotini yomonlashtirib boʻlmaydi, bu davlat toʻntarishi, tizim rahbarni qoʻllamay qoʻyishi va yuqori boshliqning lavozimidan chetlatilishi bilan tugashi mumkin, xuddi Xrushchyov bilan boʻlgani kabi. Har bir rahbar oʻz nomenklaturasini yaxshi oziqlantirishi va imtiyozlar bilan taʼminlashi kerak.

Ammo hozir, bu tizim ancha oʻzgargan. Hozir qoʻshimcha ragʻbatlantirishlardan ham soliqlar olinadi. Yaʼni, asosiy afzallik yoʻqqa chiqqan. Lekin bu odat postsovet hududida, davlat maosh tizimida baribir saqlanib qolavergan. Xususiy tashkilotlar esa yevropacha standartni qabul qilgan.

@pan_diplomat
👍 33
😁 11
🕊 4
3
🔥 3
7 39 3.8K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
17.04.2026 18:36
Tramp nihoyat urushgacha o‘zi shundoq ham ochiq bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini yana ochishga erishdi. Ajoyib, o‘zi muammo yaratib, o‘zi yechyapti.

Eron borgan sari Xitoy tomon yurmoqda. Aynan Xitoy tanqididan so‘ng, Tehron yon berdi. Pekin hech qanday urushlarsiz jiddiy kuchga aylanyapti. Ukraina urushi uni Rossiyadan ustun qildi, Eron urushi esa Yaqin Sharqning asosiy o‘yinchilaridan birini unga keskin bog‘ladi.

Eron urushi tugaganidan keyin Xitoy Eronda katta ta‘sir doiraga ega bo‘ladi. Agar Erondagi rejim hokimiyatda qolsa, ko‘rfaz arab davlatlari ham AQSH timsolida emas, Xitoy timsolida xavfsizlik kafolatini ko‘ra boshlaydi.

@pan_diplomat
👍 50
😁 21
🔥 8
3
🤯 2
8 11 3.4K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
17.04.2026 10:37
Jizzax viloyati hokimlarini ko‘rayotib, qiziq ism-sharifli hokimga duch keldim: Ubaydulla Yomonqulov Yaxshiboyevich. Ota-bobolarimiz ism qo‘yishda, ayniqsa, hozirgi avloddan ancha kreativroq, tabiiyroq va turkiyroq bo‘lgan.

Yomonqulov 2001-2007-yillar Jizzax viloyatini boshqargan, ancha istiqbolli kadr sifatida qaralgan ekan.

@pan_diplomat
👍 42
😁 40
11
👏 4
10 14 3.8K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
15.04.2026 09:38
1996-yilda Afg‘onistonda Tolibon Kobulni egallashi qiziq kechgan. 14 yil kommunistik Afg‘oniston hukumatiga qarshi birga kurashgan mujohid generallar 1992-yilda Najibullo hokimiyatdan ketgach, koalitsion hukumat tuzish o‘rniga, bir-biri bilan kurashni boshlab yuborgan.

Ular hatto barchasi uchun xavfli bo‘lgan Tolibon tahdidini ham boshida yetarli baholamay, bir-birini zaiflashtirish bilan ovora bo‘lgan. Oxir-oqibat Tolibon Afg‘oniston janubini to‘liq egallab, pushtunlar yetakchisi Gulbiddin Hikmatyorning bosh qal’asi — Chahorasiyobni ham zabt etib, Kobulga yaqinlashgach, mujohidlar yana birlashish kerakligini anglagan.

Tolibon’ning Kobulga birinchi hujumini Ahmad Shoh Mas’udning tojik diviziyasi qaytargan. Shundan so‘ng, Tolibon g‘arbda Hirotni egallab, keyin yana Kobul qamaliga qaytgan. Bu paytda Gulbiddin Hikmatyor chetdan qaytib kelib, Shoh Mas’ud bilan ittifoq tuzgan. Ularning ittifoqiga hazoralar ham qo‘shilgan. Tez orada o‘zbeklar lideri Do‘stum ham bu alyansga birlashgan.

1996-yil toliblar yana Kobulga yaqinlashadi. Ular va ittifoqchilar o‘rtasidagi kuchlar nisbatda ittifoqchilar ustunroq edi. Chunki Shoh Mas’udning diviziyasi ancha tajribali va jangovar, sheriklari yordamida yana Tolibonni ortga irg‘itib tashlashga qodir edi.

Biroq shu payt eski ginalar yana qo‘zg‘aladi. Ittifoqchilar bir-birini sotqinlikda, Tolibon bilan hamkorlikda ayblay boshlaydi. Sababi, masalan, Do‘stum bundan oldinroq haqiqatdan ham Tolibon bilan hamkorlik qilgandi. Oxir-oqibat SSSR’dek kuchli davlatga qat’iyat bilan qarshilik ko‘rsatgan dala qo‘mondonlari Kobul mudofaasida eng sharmandali usulni tanlaydi — ular bir-biridan arazlab poytaxtni tashlab ketadi.

Tolibon esa hech qanday jangsiz Afg‘onistonning bosh shahrini egallaydi. Bu amalda ularning mamlakatda hokimiyatni egallashi ramzi edi. Shunday qilib, mujohidlar Tolibon xavfini batamom yo‘q qilish imkoniyatini mag‘lubiyatga almashtiradi.

@pan_diplomat
👍 21
13
😢 4
🤯 2
🕊 1
10 15 4.2K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
13.04.2026 21:30
O‘zbekiston jumhuriyatining oxirgi 90 yildagi Ichki ishlar nozir-vazirlari

@pan_diplomat
👍 25
3
🤯 2
🕊 2
👏 1
23 4K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
13.04.2026 09:15
Tong ajoyib xabarlar bilan boshlandi. Vengriya aholisi diktaturani qonun bilan tugatish mumkinligini isbotladi! Orban diktaturasi 16 yil deganda quladi.

Vengriyadagi “Tisa” partiyasi va Pyotr Madyarning g‘alabasi butun Yevropaning g‘alabasi. Orban va uning bandasi oxirgi paytlar qo‘lidan kelgancha Yevropa ittifoqini darz kettirish uchun harakat qilayotgandi. “Vengriya Yevropani tanladi, Yevropa har doim Vengriyani tanlagan” deb yozibdi Ursula xonim g‘alabdan keyin.

Biroq Putin va Tramp uchun bu yoqimsiz. Ularning Yevropadagi hamtovog‘i hokimiyatdan ketdi. Vengriya urush boshlangandan beri Ukrainaga yordamni bloklab, xalaqit berib kelayotgandi. Saylov kampaniyasida ham Orban bor kuchi bilan Ukrainani yomonladi. Yaqinda Orban bandasi Moskvaga sanksiyadagi insonlardan ro‘yxatdan chiqarishga yordam bergani, Yevroittifoq xabarlarini Kremlga yetkazib turgani ma’lum bo‘ldi.

Trampning qo‘llovi ham doimgidek hech nimani hal qilmadi. Vens xuddi uning qo‘llovi nimanidir hal qiladigandek, shaxsan kelib dastaklashi amalda hech nimani o‘zgartirmadi. Hozir Tramp va uning jamoasining qo‘llovi faqatgina zararga ishlaydigan davr.

Nima bo‘lganda ham Yevroittifoq ichidagi eng katta chok yopiladi. Madyar asosiy e’tiborini aynan shu mavzuga qaratdi. Uning Budapeshtdagi g‘alaba nutqida ham aholi “Yevropa” deb hayqirib turgan. Yevropa yuragi yana ittifoqqa qaytdi. Biroq hali yo‘l qiyin, chunki Orban 16 yil ichida Vengriyani mutlaq Rossiya energoresurslariga qaram qilib qo‘ygan. Buni 1-2 yil ichida to‘g‘rilash ancha qiyin kechadi.

@pan_diplomat
👏 49
11
🔥 9
👍 6
13 13 4.2K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
11.04.2026 23:40
Ajoyib surat.

Xorijiy mehmonlarni viloyatlarda kutib olish an’anasi yangi davrning eng yaxshi islohotlaridan bo‘ldi.

Mehmonlarni o‘zbek xalqining o‘tmishi, identikasi ramzi bo‘lgan shunday obidalarda kutib olish juda yaxshi ramziy ma’no beradi.

@pan_diplomat
👍 90
23
👏 11
🔥 3
😢 3
10 12 3.9K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
08.04.2026 12:31
Eronliklar ham Trampga o‘xshaydi, xohlagan vaziyatda “biz yutdik”, “biz aniq zarba berdik” deb e’lon qiladi. Ular 2 haftalik sulhni ham AQSH va Xitoy bosimi ostida qabul qildi. Pekin Tramp bergan muddat tugab, Eron jiddiy zarbalar ostida qolmasligi uchun Tehronni rozi bo‘lishga ko‘ndirdi.

Tramga nega 2 haftalik tanaffus kerak? Birinchisi, yuqoridagi sabab. Neft bozorini sal barqarorlashtirish kerak. Qolaversa, generallarga urush taktikasini o‘zgartirishga vaqt lozim.

Biroq, yana bir muhim jihat bor. AQSH Prezidenti Kongress ruxsatisiz 60 kun harbiy harakat olib bora oladi. Shundan keyin u qo‘shinlarni qaytarishi kerak. To‘g‘ri, Amerika prezidentlari “bu haqiqiy, keng ko‘lamdagi urush emas, biz faqat yordam beryapmiz” deb bu muddatni cheklab o‘tadi.

Ammo bu safar amerikaliklar ichki kuchlarga yordam bermayapti, to‘liq o‘zi urushyapti. Ikki haftalik tanaffus orqali Tramp tugashiga oz qolgan 60 kunlik muhlatini ham yangilab oladi.

@pan_diplomat
👍 32
😁 31
4
🕊 1
😈 1
16 12 5.2K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
08.04.2026 09:57
Trampning gapiga endi umuman ishonish mumkin emas. Hormuz ochilib, neft narxi biroz barqarorlashgandan keyin, u yana hujumga o‘tadi. Chunki u bu urushdan hali sharaf olmadi.

Qolaversa, vaqt AQSH foydasi ishlaydi. Amerikaliklar kuchlarini qayta guruhlab, joylashtirib oladi. Shuning uchun Tramp 2 hafta bo‘lmay zarba bersa kerak.

@pan_diplomat
🔥 39
👍 20
🕊 8
2
2 10 4.8K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
07.04.2026 10:44
San’atkorlarga soliq solinishi haqidagi gaplar menda ham norozilik uyg‘otdi. Nega davlat shu paytgacha ulardan soliq undirmagan? Soliq qo‘mitasi va kasaba uyushmalari maktabdagi farroshlardan boj undirgan, biroq eng soliqga mos qatlamga ko‘z yumib kelgan.

Puli ko‘plardan soliq olmay, kam pullidan soliq olish yanggi Konstitutsiyaga kiritilgan “ijtimoiy davlat” tushunchasiga mutlaqo ters ish.

@pan_diplomat
👍 105
🔥 45
👏 19
8
😢 1
18 12 5.1K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
05.04.2026 23:04
Rossiyaga qarshi kurashgan (kurashayotgan) yetakchilar Damashqda uchrashibdi. Zelenskiy Suriyaga tashrif buyurgan ilk Ukraina prezidenti bo‘libdi.

Juda qiziq va muhim uchrashuv.

@pan_diplomat
😁 29
👏 22
👍 5
4
😢 1
4 6 4.5K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
03.04.2026 16:54
Dahshat Amir Olimxon Qodiriy aytganidek, “sho‘x angliz baytallaridan tashqari, o‘zimizdan chiqqan ayg‘irlarga ham qiziqqan”midi? Batafsil videoda)

Havola — https://youtu.be/PJpZpSJuwLY
11
👍 10
8 35 4.9K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
03.04.2026 09:04
Insoniyat 54 yildan keyin yana Oy tomon uchyapti. “Artemida-2” Oyga qo‘nmaydi, uning orqa tomonini aylanib uchadi.

Lekin, “Artemida-2” fazogirlari bir yo‘nalishda yangi rekord qo‘yadi: kosmik kema Yerdan eng uzoq masofaga uchadi: odamzod o‘z uy sayyorasidan 406 ming kmga uzoqlashadi.

Yana bir-ikki yildan Oyga qayta qo‘nish parvozlari ham yuz bersa kerak. Albatta, bu juda katta xarajatlar degani. Hozir bor e’tibori va pulini urushga qaratayotgan Tramp ma’muriyati yana pul ajratishi qiyin masala.

Biroq Oyda uni o‘zlashtirishga arziydigan noyob minerallar bor. Nodir metallarga qiziqadigan Tramp hech qanday urush va bosimlarsiz ularga ega chiqishi mumkin. Ammo bu uning uchun zerikarli va populistik emas.

@pan_diplomat
👍 35
😁 11
8
👏 1
🕊 1
10 12 5.3K
avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
02.04.2026 12:19
Yaqinda Isroilda terrorizmda ayblanganlarga o‘lim jazosini berish haqidagi qonun qabul qilindi. Katta ehtimol bilan bu jazo asosan falastinlik mahkumlarga qo‘llaniladi.

Yahudiylarning o‘ta o‘ng partiyasi a’zolari ushbu qonun qabul qilinishiga erishish uchun parlament yig‘ilishiga sirtmoq shaklidagi belgini taqib kelgan.

@pan_diplomat
😢 33
🤯 12
😈 6
🔥 2
🕊 1
27 4 3.7K

Diplomat (Sobirov)

4.7K
Tarix, siyosat va ideologiya.

Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat

Instagram*: www.instagram*.com/pan_diplomat

Muallifga yozish: @PanDiplomat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram