Tong ajoyib xabarlar bilan boshlandi.
Vengriya aholisi diktaturani qonun bilan tugatish mumkinligini isbotladi! Orban diktaturasi 16 yil deganda
quladi.
Vengriyadagi
“Tisa” partiyasi va Pyotr Madyarning g‘alabasi butun Yevropaning g‘alabasi. Orban va uning bandasi oxirgi paytlar qo‘lidan kelgancha Yevropa ittifoqini darz kettirish uchun harakat qilayotgandi.
“Vengriya Yevropani tanladi, Yevropa har doim Vengriyani tanlagan” deb yozibdi Ursula xonim g‘alabdan keyin.
Biroq Putin va Tramp uchun bu yoqimsiz. Ularning Yevropadagi hamtovog‘i hokimiyatdan ketdi. Vengriya urush boshlangandan beri Ukrainaga yordamni bloklab, xalaqit berib kelayotgandi. Saylov kampaniyasida ham Orban bor kuchi bilan Ukrainani yomonladi. Yaqinda Orban bandasi Moskvaga sanksiyadagi insonlardan ro‘yxatdan chiqarishga yordam bergani, Yevroittifoq xabarlarini Kremlga yetkazib turgani ma’lum bo‘ldi.
Trampning qo‘llovi ham doimgidek hech nimani hal qilmadi. Vens xuddi uning qo‘llovi nimanidir hal qiladigandek, shaxsan kelib dastaklashi amalda hech nimani o‘zgartirmadi. Hozir Tramp va uning jamoasining qo‘llovi faqatgina zararga ishlaydigan davr.
Nima bo‘lganda ham Yevroittifoq ichidagi eng katta chok yopiladi. Madyar asosiy e’tiborini aynan shu mavzuga qaratdi. Uning Budapeshtdagi g‘alaba nutqida ham aholi “Yevropa” deb hayqirib turgan. Yevropa yuragi yana ittifoqqa qaytdi. Biroq hali yo‘l qiyin, chunki Orban 16 yil ichida Vengriyani mutlaq Rossiya energoresurslariga qaram qilib qo‘ygan. Buni 1-2 yil ichida to‘g‘rilash ancha qiyin kechadi.
@pan_diplomat
Обсуждение 13
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram