1996-yilda Afg‘onistonda
Tolibon Kobulni egallashi qiziq kechgan. 14 yil kommunistik Afg‘oniston hukumatiga qarshi birga kurashgan mujohid generallar 1992-yilda Najibullo hokimiyatdan ketgach, koalitsion hukumat tuzish o‘rniga, bir-biri bilan kurashni boshlab yuborgan.
Ular hatto barchasi uchun xavfli bo‘lgan Tolibon tahdidini ham boshida yetarli baholamay, bir-birini zaiflashtirish bilan ovora bo‘lgan. Oxir-oqibat Tolibon Afg‘oniston janubini to‘liq egallab, pushtunlar yetakchisi
Gulbiddin Hikmatyorning bosh qal’asi — Chahorasiyobni ham zabt etib, Kobulga yaqinlashgach, mujohidlar yana birlashish kerakligini anglagan.
Tolibon’ning Kobulga birinchi hujumini
Ahmad Shoh Mas’udning tojik diviziyasi qaytargan. Shundan so‘ng, Tolibon g‘arbda Hirotni egallab, keyin yana Kobul qamaliga qaytgan. Bu paytda Gulbiddin Hikmatyor chetdan qaytib kelib, Shoh Mas’ud bilan ittifoq tuzgan. Ularning ittifoqiga
hazoralar ham qo‘shilgan. Tez orada o‘zbeklar lideri
Do‘stum ham bu alyansga birlashgan.
1996-yil toliblar yana Kobulga yaqinlashadi. Ular va ittifoqchilar o‘rtasidagi kuchlar nisbatda ittifoqchilar ustunroq edi. Chunki Shoh Mas’udning diviziyasi ancha tajribali va jangovar, sheriklari yordamida yana Tolibonni ortga irg‘itib tashlashga qodir edi.
Biroq shu payt eski ginalar yana qo‘zg‘aladi. Ittifoqchilar bir-birini sotqinlikda, Tolibon bilan hamkorlikda ayblay boshlaydi. Sababi, masalan, Do‘stum bundan oldinroq haqiqatdan ham Tolibon bilan hamkorlik qilgandi. Oxir-oqibat
SSSR’dek kuchli davlatga qat’iyat bilan qarshilik ko‘rsatgan dala qo‘mondonlari Kobul mudofaasida eng sharmandali usulni tanlaydi — ular bir-biridan arazlab poytaxtni tashlab
ketadi.
Tolibon esa hech qanday jangsiz Afg‘onistonning bosh shahrini egallaydi. Bu amalda ularning mamlakatda hokimiyatni egallashi ramzi edi. Shunday qilib, mujohidlar Tolibon xavfini batamom yo‘q qilish imkoniyatini mag‘lubiyatga almashtiradi.
@pan_diplomat
Обсуждение 10
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram