avatar
Diplomat (Sobirov)
@pan_diplomat
24.04.2026 10:07
Amerikalik antropolog olim, Garvard professori Ernest Huton inson tanasi va uning ijtimoiy darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha qiziq xulosa bergan.

“Oxirgi ellik yil ichida amerikaliklarning tana tuzilishida kuzatilgan o‘zgarishlarni universitet va kollejlarning sport zallari protokollari, ikki urush davridagi askarlar, immigrantlar, jinoyatchilar va aholining boshqa guruhlari bilan o‘tkazilgan tadqiqot hujjatlaridagi ma’lumotlar orqali aniqlash mumkin.

Eng ishonchli ma’lumotlar qatoriga Garvard bitiruvchilari (oliygohda o‘qigan otalar va ularning o‘g‘illar haqidagi ma’lumotlar), shuningdek, Sharqiy qirg‘oqdagi to‘rtta ayollar kollejidan olingan tegishli ma’lumotlar kiradi.

Garvard o‘qigan o‘g‘illar shu oliygohda ta’lim olgan o‘z otalaridan (ular ham Garvard bitiruvchilari bo‘lgan) yirikroqdir. Xususan, ular otalaridan 2,5 sm balandroq, 4,5 kg og‘irroq, tana uzunligiga nisbatan oyoqlari uzunroq, tana aylanasi kengroq, shuningdek, bilak va boldir suyaklari ham uzunroq.

Qizlar ham o‘z onalaridan farq qiladi — ularning beli ancha torroq. Tadqiqotlarga ko‘ra, past bo‘yli, keng yelkali, mushakdor odamlar soni kamaymoqda, xuddi shuningdek, pishiq, kuchli, ammo to‘laroq odamlar ham kamayib borgan.

Aksincha, ozg‘in, oyog‘i nisbat uzun odamlar va eng asosiysi, baland bo‘yli, ozg‘in, tik qomatlilar ko‘paymoqda. Bo‘y o‘sishi bilan bosh chanog‘i torayib, yuzlar uzunroq va ingichka, tanglay uchliroq, tishlar notekisroq, burunlar esa uzunroq bo‘lib bormoqda”
.

Huton o‘z davri uchun mos, biroq bahsli bir xulosaga keladi: elita vakillarining (bu paytda Garvardda asosan boylar tahsil olgan) uzoq vaqt davomida faqat o‘z doirasida oila qurishi va oddiy xalqdan farqli bo‘lgan alohida turmush tarzida yashashi, oxir-oqibat Britaniya yoki Shimoliy Germaniya aristokratiyasiga juda o‘xshash bo‘lgan o‘ziga xos "zot" (poroda)ni yaratadi. Ya’ni, ular baland bo‘yli, ozg‘in, uzun oyoqli va uzun burunli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

@pan_diplomat
👍 25
6
🔥 4
😁 1
🤯 1
14 18 3.3K

Обсуждение 14

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Diplomat (Sobirov)

4.7K
Tarix, siyosat va ideologiya.

Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat

Instagram*: www.instagram*.com/pan_diplomat

Muallifga yozish: @PanDiplomat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram