Xitoyliklar texnologiya sohasidan tashqari tabiiy evolyutsiyada jiddiy oldinga siljigan.
Lancet jurnali 1985-yildan 2019-yilgacha har yili dunyoning 200 davlatidagi 19 yoshli yigitlarning bo‘yini o‘lchab borgan. Ushbu davr mobaynida Xitoy o‘smirlari bo‘yi 8 santimetrdan ko‘proqqa o‘sgan. Bu sayyoradagi eng katta sakrashdir. Shu paytda, Hindiston o‘smirlarida deyarli hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Buning sababi nimada?
Oxirgi 35 yil ichida xitoyliklar ovqatlanish ratsioniga go‘sht, tuxum va sut mahsulotlarini keng miqyosda qo‘sha boshladi. Aynan 1980-yilllardan Xitoy pragmatizm yo‘liga o‘tdi va iqtisodiy o‘sishni boshladi. YaIM o‘sishi bilan birga aholi jon boshiga hayvon go‘shti (oqsil) iste’moli ko‘paydi va bunga parallel ravishda bo‘y ko‘rsatkichlari ham keskin oshdi.
Insoniyat borgan sari yaxshiroq anglayotgan narsa shuki: gen insonning eng yuqori chegarasini (potentsialni) belgilaydi, ammo bolalikdagi ovqatlanish bola o‘sha potensialga ega chiqa olish-olmasligini hal qiladi. Bunda eng muhim omil — 18 yoshgacha ovqatlanish tarzi. Go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari — organizm o‘sishi uchun zarur bo‘lgan narsalardir.
Bu sabab nega hindistonliklar bo‘yi ko‘tarilmaganini ham tushuntiradi. Hindiston dunyodagi eng ko‘p vegetarian aholiga ega, davlat, qolaversa qashshoqlik sababli vegetarian bo‘lmagan oilalarda ham hayvon go‘shti iste’moli juda cheklangan.
Ota-onalar farzandlarini hayvon go‘shti (oqsil) bilan ta‘minlashi kerak. Agar o‘g‘lingizning bo‘yi 18 yoshdan keyin ham 165-170 sm yoki undan past bo‘lib qolsa — bu (agar og‘ir kasalliklar bo‘lmasa) sizning aybingiz bo‘ladi.
Hozir kimyoviy mahsulotlar, shirinliklar bolalar ratsionini tobora ko‘proq egallayotgan paytda, bolalarni oqsilli mahsulotlar yeyishga majburlash kerak.
@pan_diplomat
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram