M
Magistr Science🎓
@magistrscience
26.04.2026 21:02
❗️Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar qaytishi mumkin

Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga berilmoqda.

Bu nima degani?

Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.

Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga mutaxassislik fanidan imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi. Imtihon shaklini ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
👍 3
1
🤣 1
5 365
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
26.04.2026 20:01
📢 MAQOLA, TEZIS VA ILMIY ISHLARNI ISHONCHLI NASHR QILING!

Sizning ilmiy izlanishlaringizni professional darajada nashr ettirishni xohlaysizmi? Unda biz siz uchun eng to‘g‘ri tanlovmiz!

🔹 OAK ro‘yxatidagi nufuzli jurnallar
🔹 Xalqaro AMERIKA,GERMANIYA, HINDISTON jurnallari
🔹 Mahalliy jurnal va konferensiyalar
🔹Angilya,Fransiya,Ispaniya,Italiya,Portugaliya konfrensiyalarida
🔹 Tezkor va ishonchli nashr xizmati

📈 Biz bilan ilmiy ishingiz tez va sifatli tarzda dunyoga chiqadi!

📩 Murojaat uchun:
@magistr_001

Telegram guruh
@publication_group_01

Telegram kanal
🌐 @maqola_publication

📞 +998 93 737 37 96

✨ ILMINGIZNI DUNYOGA TANITING!
1
9 802
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
26.04.2026 09:25
#ustama
#надбавка

2026—2027 o‘quv yili uchun taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi


Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

https://idum.uz/uz/archives/19218

——————————

Утверждён список школ с низким уровнем образования на 2026–2027 учебный год

Работающие в этой школе учителя будут получать заработную плату в размере 100 процентов (в пределах одной административной единицы — 50 процентов) от базовых тарифных ставок.

https://idum.uz/ru/archives/19218


emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
1
🔥 1
🥰 1
👏 1
25 2K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
25.04.2026 15:02


Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:

➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.

➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.

❗️Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
4
🔥 1
🥰 1
👏 1
51 3.6K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
25.04.2026 14:01
“Yoshlar va ta'lim: Innovatsion yondoshuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani

Qabul yo’nalishlari:
Barcha sohada

Maqola yuborish talabi:
-14 shrift 1.5 interval;
-Abzast 1.0
-MAVZU BOSH HARFLAR BILAN YOZILADI
Ism familya ajratib ko’rsatiladi
-❗️Har bitta maqolada
2 ta tilda
anotatsiya va kalit so’zlar
bo’lishi shart❗️
Eng kamida 3 bet bo’lishi lozim

-dunyoning barcha tillarida maqolalar qabul qilinadi
Mualliflar soni 3 tadan oshmasligi lozim

📈Konferensiya kuni:
2026-yil 5-may soat 9.30 da boshlanadi (Navoiy shahrida)

Online va offline shaklda ishtirok etish mumkin.
📌Offline ishtirokchilarga:
🧑🏻‍💼👩‍💻👨‍🏫👨🏻‍🎓-Siz kutgan mehmonlar tashrifi
☕️-kofe brek
🎁-homiylar tomonidan sovg’alar
🚌-Navoiy shahri bo’ylab sayohat kutilmoqda
-Sertifikat

Konferensiya
Google scholar, Zenodo doi tizimlarida indekslanadi

Qabul: 29-aprel 17:00 gacha

Narx: 20 ming sumdan (bir beti uchun)
(Oflayn ishtirok narxi alohida 50 ming so’m har bitta ishtirokchi uchun)

Murojaat va maqola yuborish: @Kuvatovagulbonu
1
👏 1
15 2.4K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
25.04.2026 09:54
Навбатдан ташқари аттестация ва касбий сертификат учун тўлов миқдори 50 фоизга туширилди.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 16 апрелдаги 175-сон Қарори:

1. Вазирлар Маҳкамасининг айрим қарорларига иловага мувофиқ қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартириш ва қўшимчалар киритилсин
;

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал вамактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомнинг 21-банди биринчи хатбошисидаги “бир баравари” сўзлари “эллик фоизи” сўзлари билан алмаштирилсин.

Ҳозирги 412 минг сўм ўрнига - 206 минг сўм (370 минг 800 сўм ўрнига - 185 минг 400 сўм)

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
👍 13
🔥 4
2
🥰 2
😁 1
47 3.2K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
24.04.2026 20:02
#Савол_беринг_жавоб_берамиз

МАКТАБДА 100 ФОИЗЛИК УСТАМАНИ ҚАНДАЙ САҚЛАБ ҚОЛСАМ БЎЛАДИ?
Men 2024-yil sentabr oyida Navoiy viloyatidan Samarqand viloyati olis va qizil maktabiga ishga kirdim. Shartnoma 3 yil. Bu maktab 2024-2025 o'quv yilida qizil edi. 2025-2026 o'quv yilida qizildan chiqdi. Men ishga kirgan kunimdan hozirgacha 100% ustama olyapman. Maktabimiz 2026-2027 o'quv yili uchun ta'lim sifati past (qizil maktablar) ro'yxatiga tushib qoldi. Menga keyingi o'quv yili uchun ham 100% ustama to'lanadimi? Agar to'lanmasa Samarqand viloyatining shu tumanidagi boshqa olis va qizil maktabiga ishga kirsam 100% ustama beriladimi yoki Samarqandning boshqa tumaniga o'zgartirishim kerakmi?


Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 15 октябрдаги қарори билан тасдиқланган Низомга мувофиқ, таълим сифати паст (“қизил”) мактабларда фаолият юритиш учун бошқа маъмурий-ҳудудий бирликлардан жалб этилган педагог ходимларга базавий тариф ставкаларига нисбатан махсус устама тўланади. Жумладан, Низомнинг 6-боб 23-бандига кўра, бошқа вилоятдан келиб ишлаётган педагогларга 100 фоиз миқдорида устама белгилаш назарда тутилган.

Сизнинг ҳолатингизда, Навоий вилоятидан Самарқанд вилоятига бориб иш бошлаганингиз ушбу норма талабларига тўлиқ мос келади. Шу сабабли, сиз дастлабки тартибда 100 фоиз устама олиш ҳуқуқига эга бўлгансиз.

Низомнинг 24-бандида эса қўшимча ҳуқуқий кафолат мустаҳкамланган бўлиб, унга кўра, агар мактаб “таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар” рўйхатидан чиқарилса ҳам, ушбу мактабга бошқа ҳудуддан жалб қилинган педагогларга устама кейинги ўқув йили учун ҳам сақлаб қолинади. Бу қоида сизга 2025–2026 ўқув йилида устама олишни қонуний равишда таъминлайди.

Муҳим жиҳат шундаки, 2026–2027 ўқув йили учун мактаб яна қайтадан “қизил” рўйхатга киритилган. Бу эса Низомнинг 23-бандида назарда тутилган асосий шарт — таълим сифати паст мактабда фаолият юритиш мезони қайтадан тўлиқ тикланганини англатади. Шунингдек, сиз билан тузилган меҳнат шартномаси 3 йиллик бўлиб, сиз ҳали ҳам бошқа вилоятдан жалб қилинган мутахассис мақомини сақлаб қолмоқдасиз. Бунда сизга 2026–2027 ўқув йили учун ҳам сизга 100 фоиз устама тўланиши лозим.

Иккинчи масала — бошқа мактабга ўтишда устаманинг сақланиши. Низомнинг 23-бандида устама миқдори ҳудудий мезонларга қараб дифференциация қилинган: бошқа вилоятдан келганларга 100 фоиз, бир вилоят доирасида бошқа туман (шаҳар)дан келганларга эса 50 фоиз устама белгиланади.

Агар сиз ҳозирги мактабингиздан чиқиб, шу туман доирасидаги бошқа мактабга ишга ўтсангиз, ҳуқуқий мақомингиз ўзгариши хавфи мавжуд. Чунки бундай ҳолатда сиз “бошқа ҳудуддан жалб қилинган” эмас, балки шу ҳудуд доирасида ишга қабул қилинган ходим сифатида баҳоланишингиз мумкин. Бу эса устаманинг умуман бекор қилинишига олиб келиши эҳтимолини юзага келтиради.

Агар сиз Самарқанд вилоятининг бошқа туманидаги мактабга ўтсангиз, камида “бир вилоят ичида бошқа тумандан келган педагог” сифатида 50 фоиз устама олиш ҳуқуқи сақланади. Бироқ 100 фоиз устамани сақлаб қолиш масаласи амалда янги меҳнат шартномасида сизга қай тарзда ҳуқуқий мақом берилишига боғлиқ бўлади. Амалдаги нормаларда ушбу ўтиш механизми аниқ тартибга солинмагани сабабли, бу ерда ҳуқуқий ноаниқлик мавжуд.

Хулоса қилиб айтганда, сиз учун энг барқарор ва ҳуқуқий жиҳатдан кафолатланган вариант — амалдаги мактабда меҳнат шартномасини тўлиқ муддатгача давом эттиришдир. Мактабнинг қайтадан “қизил” рўйхатга киритилгани ва сизда бошқа вилоятдан жалб қилинган мақом сақланаётгани сабабли, 2026–2027 ўқув йилида ҳам 100 фоиз устама олиш ҳуқуқингиз мавжуд.

Манба

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
5
🔥 2
👏 2
🥰 1
6 2.9K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
24.04.2026 09:51
#Obunachilarimizdan
#Savol

Siz filologiya(misol uchun, ingliz tili, nemis tili va h.z) mutaxassisligi ni bitirayotgan bo'lsangiz. Sizdan chet tili sertifikati so'raladi C1 talab o'zgarmagan. Ta'lim tili chet tilida degani bu, misol uchun: Iqtisodiyotni ingliz tili guruhida o'qigan bo'lsangiz sertifikat so'ralmaydi degani. Ya'ni qonun faqat ta'lim tili chet tili bo'lsagina amal qiladi

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
11
😁 6
🔥 5
👎 4
🥰 1
42 3.2K
M
Magistr Science🎓
Переслано от Magistr Science🎓
23.04.2026 17:11
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati


Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

@magistrscience
@magistrscience_group
Magistratura_turdosh_2025.pdf
423.99 КБ
🔥 3
👍 2
🥰 2
👏 2
1
64 2.5K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
23.04.2026 13:36
❗️B2 va C1 darajali yoshlar uchun boj va to‘lovlar 50 foizgacha qisqartiriladi

⚡️Strategiyada 2030-yilga qadar o‘quv markazlari soni 90 mingtaga yetkazish, 450 ming nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish va 900 ming yoshni volontyorlik harakatiga jalb etish maqsad qilingan.

Bunda olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini ochish uchun 300 million so‘mgacha ssuda, ijtimoiy faol yoshlarga esa volontyorlik jamg‘armasidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

B2 darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun xorijga chiqish pasporti boji, C1 darajasi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun esa ayrim davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizgacha kamaytiriladi.

Hududlarda kitob do‘konlari va “Book-kafe”larni o‘zida jamlagan maxsus “Yoshlar ko‘chalari” barpo etiladi. Shuningdek, yoshlar infratuzilmasining minimal standartlari belgilanib, har bir hududdan namuna sifatida “Yoshlar tuman-shaharlari” tanlab olinadi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
15
🔥 7
🥰 3
👍 1
36 3.5K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
23.04.2026 08:49
Ўқувчиларга дарс вақтида қуйидагилар қатъиян тақиқланади
телефон орқали сўзлашиш ҳамда SMS (ММS) ва бошқа турдаги хабарларни жўнатиш;
телефонни стол устига қўйиш;
мусиқа, шу жумладан наушниклар орқали тинглаш;
сурат ва видео тасвирларни кўрсатишда телефондан фойдаланиш (ўйинлар билан шуғулланиш), тасвир (матн, расм, видеоёзув ва фотосуратлар) кўриш, диктофон, калькулятор, календарь, блокнот, ён дафтарча кабилар сифатида фойдаланиш;
суратга олиш ва видео тасвирга тушириш;
телефон (GPRS, Bluetooth, Интернет ва шу кабилар) орқали бошқа хизматлардан фойдаланиш.

Ўқувчиларга машғулотлар ва тадбирлар оралиғида фақат асосли ва кечиктириб бўлмайдиган зарур ҳолатларда ота-онаси, яқин қариндошлари, мактаб раҳбарлари ёки ходимлари билан зудлик билан боғланиш мақсадида телефонлардан фойдаланишга (қўнғироқ қилишга, SМS, ММS, GPRS жўнатишга, Bluetooth, Интернет ва шу кабилар хизматидан фойдаланишга) рухсат этилади.

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
2
🔥 2
🥰 2
👏 2
😱 2
66 4.6K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
22.04.2026 20:21
⚡️Maktab maslahatchisi lavozimi uchun navbatdagi tanlov boshlanmoqda

❗️Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovga start berilmoqda. Arizalar 22-aprel kunidan boshlab tanlov.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab O’zbekiston hududlaridagi bir necha maktablarida ‘‘maktab maslahatchilari’’ faoliyati yo’lga qo’yildi.

Maktab maslahatchisi:
7-9-sinf o’quvchilarini kasbga yo‘naltiradi;
Xalqaro oliygohlarga tayyorlashda ko’maklashadi;
Loyihalar, treninglar va tarmoq to‘garaklarini tashkil etadi.


👉Tanlov shartlari va o‘tkazilish tartibi haqida batafsi bu yerda: https://talimxabarlari.uz/70162/

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
👍 7
6
🔥 2
🥰 1
184 4.3K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
22.04.2026 12:16
Imtihonga sarflagan pulingizni uydan chiqmasdan qaytaring!

IELTS, CEFR yoki boshqa xalqaro imtihondan yuqori ball oldingizmi? Tabriklaymiz! Ana endi imtihonga sarflagan xarajatingizni qaytarib olish vaqti kelibdi. Buning uchun uydan chiqishingiz ham shart emas!

Agar yoshingiz 31 gacha bo'lsa — o'zingiz, 16 ga to'lmagan bo'lsangiz — ota-onangiz orqali arizani onlayn topshirishingiz mumkin.

Hoziroq my.gov.uzga kiring va qidiruvga "Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash" deb yozing. So'ralgan ma'lumotlarni kiriting. Sertifikat, shartnoma va to‘lov kvitansiyasini yuklang. "Tamom! Yuborgan arizangiz 15 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Tasdiq kelsa, 'Xazna' ilovasiga kirib, 'Ijtimoiy xizmatlar' bo'limidan pulni o'z kartangizga bir zumda o'tkazib olasiz.

Bilim — bu eng foydali sarmoya, davlat esa bu sarmoyangizni qo'llab-quvvatlaydi. Imkoniyatni boy bermang!

https://youtube.com/shorts/llJZHjyfHuM?feature=share

🌐 my.gov.uz | egov.uz

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
YouTube
YIDXP / ЕПИГУ
Imtihonga sarflagan pulingizni uydan chiqmasdan qaytaring!
8
🔥 4
😁 4
1
254 14.7K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
22.04.2026 09:16
Grantda taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi joriy etiladi


Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

milliy reyting talabalar soni ustuvor boʻlgan yoʻnalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda yuritiladi;
akademik, ilmiy va xalqaro faoliyati, raqamlashtirish darajasi va bitiruvchilar bandligi koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi;
milliy reyting natijalariga koʻra, har bir toifa guruhiga mansub oliy taʼlim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi;
milliy reytingni yuritish tartibi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan belgilanadi.

Davlat granti asosida taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:

bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha talabalar soni nisbati;
taʼlim yoʻnalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;
kadrlar tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;
xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
oliygohning maqomi va (yoki) toifasiga koʻra ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirilganligi;
milliy reyting natijalariga koʻra oliygohning darajasi;
oliygohning hududiy mansubligi;
oliygohni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar.

Davlat ilmiy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi.

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlarni ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlarsiz moliyalashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatdan tashqari boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltirish taqiqlanadi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
4
🥰 2
🔥 1
👏 1
5 4K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
21.04.2026 12:00
B2 darajasiga ega yoshlarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishda 50 foizlik chegirma beriladi

O‘zbekistonda yoshlar siyosati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim, tadbirkorlik, uy-joy, xalqaro imkoniyatlar va ijtimoiy faollikni qamrab oluvchi keng ko‘lamli chora-tadbirlar paketini tasdiqladi.

📌 Asosiy imkoniyatlar:
20 ming nafar yosh tadbirkor Harvard University, Stanford University va London Business School dasturlari asosida tahsil oladi;
C1 darajasidagi sertifikat egalari o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 50 foiz chegirmaga ega bo‘ladilar;
B2 darajasiga ega yoshlarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish xarajatlari uchun 50 foiz chegirma taqdim etiladi;
100 ming nafar yosh zamonaviy va istiqbolli kasblarga o‘qitiladi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
🔥 22
17
👍 5
🥰 5
😁 3
169 6.5K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
21.04.2026 10:26
Навбатдан ташқари аттестациядан ўта олмаса, амалдаги 1 тоифа сақланиб қолинадими?

@Yurist_Xizmati 5555-савол:

Ассалому алайкум саволим бор эди  авол йулласак буладими? Мени иш стажим 34 йил мен тоифам 1 тоифали укитувчиман  хозир навбатдан ташкари атестатцияга борсам мабодо  етарли бал ололмасам амалдаги  1 тоифам  сакланиб коладими?  Жавобингиз учун  авалдан  рахмат  ёки 1 тоифани саклаб колишим мумкинми атестацияга кирмасдан

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

“Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги Низом 44-бандига кўра навбатдан ташқари аттестацияга жалб этилган педагог кадрлар аттестациядан ўта олмаган тақдирда, уларнинг малака тоифаси (лавозими) туширилмайди ҳамда улар лавозимига мувофиқ эмас деб ҳисобланмайди.

Демак, сиздаги вазиятда агар навбатдан ташқари аттестацияда қатнашиб, ўта олмасангиз, 1-тоифангиз туширилмайди.

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
🔥 4
🥰 2
😁 2
1
7 4.3K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
20.04.2026 12:59
❗️ Тажрибали педагоглар 25 фоизлик субсидияни қандай олиш мумкин?

Ўзбекистонда олий тоифали устозларни қўллаб-қувватлаш мақсадида янги тизим жорий этилди. Эндиликда камида 15 йиллик иш стажига эга бўлган, олий малака тоифасидаги педагоглар ипотека кредитининг бошланғич бадалини тўлашда давлат ёрдамидан фойдаланишлари мумкин.

Асосий талаблар ва шартлар
Субсидияга даъвогарлик қилиш учун ўқитувчи қуйидаги мезонларга мос келиши керак:

Ёш чегараси: 60 ёшдан ошмаган бўлиши.
Стаж: Умумий педагогик иш стажи 15 йилдан кам бўлмаслиги (узлуксиз бўлиши шарт эмас).
Иш жойи: Ариза топшириш вақтида таълим муассасасида фаолият юритаётган бўлиши лозим.
➖ Ўзи ва турмуш ўртоғи номида 2 та ва ундан ортиқ уй-жой бўлмаслиги шарт. Агар мулк умуман бўлмаса, субсидия беришда устуворлик берилади.
➖ Банк олдидаги қарздорлик тарихи ижобий бўлиши зарур.


Давлат ипотека учун талаб этиладиган бошланғич бадалнинг 25 фоизини қоплаб беради. Аризалар Давлат хизматлари марказлари ёки my.gov.uz портали орқали бепул қабул қилинади. Жараён инсон омилисиз, махсус электрон платформалар орқали автоматик тарзда амалга оширилади.

Бу имтиёз оилада фақат бир марта (ёки эр, ёки хотин учун) берилади ва доимий рўйхатдан ўтган ҳудуддаги уйлар учун амал қилади.


Қачор рад қилинади?

Маълумотлар сохта бўлса, кредит тарихи ёмон бўлса ёки аввал бошқа субсидия дастурларидан фойдаланилган бўлса, ариза рад этилиши мумкин. Йиллик ажратиладиган маблағ миқдори чегараланган (200 млрд сўмгача), шу боис аризани вақтида топшириш тавсия этилади.

Масалан, айтайлик, олий тоифали ўқитувчи 400 млн сўмлик уй сотиб олмоқчи. Банк қоидасига кўра, бошланғич бадал 15% ни ташкил этади, яъни 60 млн сўм. Давлат мана шу 60 млн сўмнинг 25 фоизини тўлаб беради: Натижада, ўқитувчи ўз чўнтагидан 60 млн эмас, 45 млн сўм тўлайди. Қолган 15 млн сўм бюджетдан қопланади.

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
9
🤣 6
🔥 1
🥰 1
😁 1
351 19.2K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
20.04.2026 11:06
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Тошкент давлат аграр университети фаолияти такомиллаштирилади


“Тошкент давлат аграр университети фаолиятини такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–135-сон, 11.04.2026 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра, 2030 йилга қадар Тошкент давлат аграр университетини (Университет) ривожлантиришнинг асосий мақсадли кўрсаткичлари этиб қуйидагилар белгиланди, жумладан:

🔹 Университетнинг халқаро нуфузини ошириш ҳамда халқаро рейтинг ташкилотларининг топ-500 талик олий таълим ташкилотлари рўйхатига киритишга эришиш;

🔹 илмий ишланмаларни тижоратлаштиришдан олинадиган маблағлар ҳажмини 3 бараварга ошириш;

🔹 халқаро аккредитациядан ўтган таълим дастурлари сонини 4 бараварга ошириш.

🏛 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб:

🔸 аграр олий таълим муассасаларида белгиланган рўйхатда келтирилган таълим йўналишлари бўйича кадрлар тайёрлаш тизими 3 йиллик таълим дастурлари асосида йўлга қўйилади. Бунда ўқув жараёнларида назарий ва амалий машғулотлар улуши:

▫️ 1-курсда – 60 фоиз назарий ва 40 фоиз амалий;
▫️ 2-курсда – 50 фоиз назарий ва 50 фоиз амалий;
▫️ 3-курсда – 30 фоиз назарий ва 70 фоиз амалий бўлиши назарда тутилади;

🔸 талабаларнинг амалий кўникмаларини мустаҳкамлаш мақсадида кадрлар тайёрлаш йўналишлари ва соҳаларнинг хусусиятидан келиб чиқиб, Университетнинг юқори курсларида ўқиш назарий таълимдан ажралган ҳолда 4 ой муддатга узлуксиз дуал таълим (талабалар амалиёти) асосида ташкил этилади.

emojiФойдали ботимиз ҳаволаси

@magistrscience
@magistrscience_group
8
🔥 1
🥰 1
😁 1
7 4.1K
M
Magistr Science🎓
@magistrscience
19.04.2026 20:38


Taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, bakalavriatni ingliz tili filologiyasi yo‘nalishida tugatgan talabalar magistraturaga kirishda til sertifikati topshirishi shart bo‘lmaydi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
👍 23
8
👎 6
62 4.5K
M

Magistr Science🎓

8.6K
🎓Ilm-fan, magistratura bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlar, tavsiyalar va yangiliklar.

✅Savol va reklama murojaatlari uchun:
@Sherali_Toshniyozov
Открыть в Telegram