M
Magistr Science🎓
@magistrscience
22.04.2026 09:16
Grantda taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi joriy etiladi


Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

milliy reyting talabalar soni ustuvor boʻlgan yoʻnalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda yuritiladi;
akademik, ilmiy va xalqaro faoliyati, raqamlashtirish darajasi va bitiruvchilar bandligi koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi;
milliy reyting natijalariga koʻra, har bir toifa guruhiga mansub oliy taʼlim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi;
milliy reytingni yuritish tartibi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan belgilanadi.

Davlat granti asosida taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:

bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha talabalar soni nisbati;
taʼlim yoʻnalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;
kadrlar tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;
xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
oliygohning maqomi va (yoki) toifasiga koʻra ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirilganligi;
milliy reyting natijalariga koʻra oliygohning darajasi;
oliygohning hududiy mansubligi;
oliygohni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar.

Davlat ilmiy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi.

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlarni ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlarsiz moliyalashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatdan tashqari boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltirish taqiqlanadi.

emojiFoydali botimiz havolasi

@magistrscience
@magistrscience_group
4
🥰 2
🔥 1
👏 1
5 4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
M

Magistr Science🎓

8.6K
🎓Ilm-fan, magistratura bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlar, tavsiyalar va yangiliklar.

✅Savol va reklama murojaatlari uchun:
@Sherali_Toshniyozov
Открыть в Telegram