❗️B2 va C1 darajali yoshlar uchun boj va to‘lovlar 50 foizgacha qisqartiriladi
⚡️Strategiyada 2030-yilga qadar o‘quv markazlari soni
90 mingtaga yetkazish,
450 ming nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish va 900 ming yoshni
volontyorlik harakatiga jalb etish maqsad qilingan.
Bunda olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini ochish uchun
300 million so‘mgacha ssuda, ijtimoiy faol yoshlarga esa volontyorlik jamg‘armasidan
100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.
B2 darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun
xorijga chiqish pasporti boji,
C1 darajasi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun esa ayrim davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizgacha kamaytiriladi.
Hududlarda kitob do‘konlari va “Book-kafe”larni o‘zida jamlagan maxsus
“Yoshlar ko‘chalari” barpo etiladi. Shuningdek,
yoshlar infratuzilmasining minimal standartlari belgilanib, har bir hududdan namuna sifatida
“Yoshlar tuman-shaharlari” tanlab olinadi.
Foydali botimiz havolasi
@magistrscience
@magistrscience_group
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram