avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
вчера, 13:29
1,5 soat bo‘lmasidan 100 ta ariza qoldirildi

Menejerlar telefon qilishni boshlashdi, tanlagan vaqtingizga qarab.

Gazni bosish vaqti keldi


@doctorferuz
🔥 66
👍 15
9
10 3.2K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
вчера, 12:06
Bu yerda ko‘pchilik allaqachon ozishning hamma usulini qilib ko‘rgan.

Nonni cheklagan, kechki ovqatdan voz kechgan, shirinlikdan tiyilgan, och yurgan, "autofagiya" qilgan...

Natija bo‘lmagan emas, bo‘lgan. Lekin keyin yana semirgan.

Eng yomoni, keyin odam o‘zini ayblab yurishi: “Menda iroda yo‘q”, “Men eplolmayman”, “Men baribir qayta semiraman”.

Lekin ko‘p holatda muammo odamda emas, balki, tizimda yoki yo‘lda bo‘ladi.

Shuning uchun 4 yil oldin “Ongli Ozish” loyihasini boshlaganimizda, odamlarga yana bir navbatdagi diyetani berish bo‘lmagan.

Vaqtinchalik yo‘l vaqtinchalik natija beradi. Hayot esa ideal menyu bo‘lsa ham moslasholmaydi.

Chunki to‘y bo‘ladi, mehmondorchilik bo‘ladi, stress bo‘ladi, kechki ochlik bo‘ladi, dasturxon bo‘ladi...

Shuning uchun “Ongli Ozish” diyeta emas — tizim.

Bu kursda odam ovqatdan qochishni, u bilan urushishni emas, ovqatni tushunishni o‘rganadi. Me’yorni, kaloriyani, ochlik va ishtahani ajratishni, eng muhimi — ozgandan keyin qayta semirmaslikni o‘rganadi.

Mana shu sababli “Ongli Ozish” 4 yil yashadi. 99 ta potokda jami 12,800+ talaba o‘qidi. Shu munosabat bilan 100-potok oddiy qabul emas.

Diqqat! Narx va shartlarni kanalda uzun qilib yozmadim. Kimga qiziq bo‘lsa — ariza formasining ichida aniq ko‘rsatilgan (jinsingizga qarab Erkak yoki Ayol tanlasangiz ochiladi).

Pastdagi havolaga bosib ariza qoldiring. Menejerimiz bog‘lanib, batafsil tushuntiradi va savollaringizga javob beradi.

Bu safar shunchaki kuzatib qolmang.

FORMA: https://forms.gle/8hc1xzd9L16iCfnx6

@doctorferuz
👍 43
🔥 22
20
😁 5
49 4.6K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
05.06.2026 16:35
100.

Bu shunchaki raqam emas.

Men uchun bu 4 yil mehnat, 99 ta potok, minglab o‘quvchilar va “doktor, hayotim o‘zgardi” degan yuzlab xabarlar degani.

Endi esa Ongli Ozishning 100-potokini boshlash arafasidamiz.

100-potokni shunchaki ochib, indamay yopib yuborgim kelmayapti. Chunki bu men uchun ham, loyihamiz uchun ham alohida bosqich.

Shuning uchun bu safar Narx boshqacha bo‘ladi. Imkoniyatlar ham. Barakali Juma aksiyasidan ham ancha yaxshiroq.

Ertaga hammasini aytaman.

Faqat bitta narsani hozirdan aytib qo‘yay, bu "Yubiley Potok" uchun joylar cheklangan bo‘ladi va bu jarayonni cho‘zmayman. Ulgurgan ulgurdi...

100-potokka qulay shartlarda kirish haqida batafsil bilish uchun ertagalik xabarni o‘tkazib yubormang.

@doctorferuz
👍 447
80
🔥 62
20
😁 5
43 9.2K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
31.05.2026 15:46
Tasavvur qiling…

2 ta odam. Ularning jinsi, yoshi, vazni, boʻyining balandligi bir xil.

Ular har kuni bir vaqtda uxlashga yotadi, bir vaqtda turadi, bir vaqtda va bir xil intensivlikda ishlaydi. Hullas hayoti bir xil.

Ovqatlanishiga kelsak u ham deyarli bir xil.

Shu qismiga diqqat qiling!

X-odam Y-odam bilan kechki ovqatga doim bir xil buyurtma qiladi. X-odam 4 six kabob, Y-odam esa 2 six.

Bir qarashda Y-odam 2 barobar kam yeyapti va X-odamga aytyaptiki: “Har kuni nonushta va tushlikni bir xil qilamiz. Bir xil ishlaymiz, hammasi bir xil. Lekin men doim kechki ovqatga senga nisbatan 2 hissa kam yeyman. Lekin nega ozmayapman?”

Qiziq holat. Nega Y-odamda kaloriya defitsiti ishlamayapti?

Sababi juda oddiy edi. Y-odam 2 six kabobni doim 1 litr Kola bilan iste’mol qilardi. Lekin oʻsha ichimlikni ovqat oʻrnida koʻrmagani uchun, X-odamga nisbatan kam yesa ham ozmayotgandi.

1 litr Kola qariyb 2 six kabob deganini hali koʻpchilik tushungani yoʻq.

Shundan boʻlsa kerak, yashirin kaloriyalik mahsulotlarni (ayniqsa ichimliklarni) ovqat oʻrnida koʻrmay qabul qilaveradi, keyin “Nega ozmayapman?” deb yuradi.

Xulosa: Muammo Kolada emas, energiya balansida. Ovqatni kamaytirishdan esa foyda yoʻq. Yashirin kaloriyalarga e’tibor qaratish kerak.

@doctorferuz
👍 411
91
🔥 49
39
😁 5
78 17.9K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
27.05.2026 06:02
Har biringizni alohida-alohida bugungi ayyom — Qurbon hayiti bilan tabriklayman!

@doctorferuz
820
👍 291
🔥 128
😁 60
5 23.4K
avatar
Doctor Feruz
Переслано от канала
19.05.2026 20:39
@taomlanish_ilmi qaytmoqda. Bu safar ancha jiddiyroq.

Men bu kanalni oddiy “foydali maslahatlar” joylanadigan sahifa emas, taomlanish orqali salomatlik muammolariga yechim izlaydigan o‘zbek tilidagi eng ishonchli, eng amaliy va eng tushunarli manbalardan biriga aylantirish niyatida edim.

Endi shu ishni boshlaymiz...

Bu yerda semizlik yoki ozish haqida gapirmaymiz. Buning uchun alohida kanal (@doctorferuz) bor.

@taomlanish_ilmi esa boshqa yo‘nalishda ishlaydi: konkret salomatlik muammosi bor — biz unga ovqatlanish tomondan qanday yondashish mumkinligini tushuntiramiz.

Masalan: qorin dam bo‘lishi, qabziyat, jig‘ildon qaynashi, oshqozon bezovtaligi, insulin rezistentligi, jigar yog‘lanishi, xolesterin, kamqonlik, bolalar ovqatlanishi, ichak mikrobiotasi, vitamin-mineral yetishmovchiligi, energiya yetishmasligi, uyqu, ishtaha, ovqat hazm bo‘lishi va boshqa real hayotdagi muammolar.

Har bir mavzuda bitta savolga javob izlaymiz:

Bu holatda odam nimani yeyishi kerak? Nimani kamaytirgani yaxshi? Qaysi mahsulot foydali? Qaysisi vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin? Qanday menyu tuzsa bo‘ladi? Qanday retseptlar mos keladi?

Eng muhimi — gaplar internetdagi “falon mahsulot mo‘jiza”, “pismadon narsa zahar” degan yuzaki tavsiyalar emas. Ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlar, dalillarga asoslangan tibbiyot va real hayotga mos ovqatlanish tamoyillari asosida beriladi.

Maqsadim oddiy: biror muammoga duch kelgan odam “endi nima yeyman?” deb sarson bo‘lmasin. @taomlanish_ilmi kanalidan tushunarli, amaliy va ishonchli javob topsin.

Har kuni kamida bitta sifatli post chiqarish tizimi ustida ishlayapman. Tizim deyarli tayyor. Endi bu kanal asta-sekin taomlanish bo‘yicha katta ilmiy-amaliy kutubxonaga aylanadi.

Agar sizga yoki yaqinlaringizga salomatlik, ovqatlanish, menyu, retsept va konkret muammolarda nima yeyish-yemaslik haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘lsa — ularni hoziroq kanalga taklif qiling.

Ishqilib, haliyam shu yerdamisizlar? Belgi beringlar.

@taomlanish_ilmi
🔥 526
👍 261
149
39
😁 16
41 31.2K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
17.05.2026 07:46
Sport ozish uchun shartmas, degandim. Nega?

Videoni ko‘rsangiz tushunasiz:
https://youtu.be/blHJtMwQ6HI

Tepadagi (pdf) — videoda va’da qilingan qo‘llanma. Buning yordamida qaysi harakat qancha kaloriya sarflashini hisoblashingiz mumkin.

Uxlashdan tortib yugurishgacha (40+ harakat turi MET qiymati bilan). Idish-tovoq yuvish ham, zinadan chiqib-tushish ham bor.

O'zingiznikini hisoblab ko‘ring!

@doctorferuz
Maishiy Harakatlar Qo‘llanma .pdf
56.69 КБ
👍 160
52
🔥 20
12
258 27.7K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
16.05.2026 11:45
Doctor Feruz Медиафайл
Koʻpchilik bilarkaney, super 😎

Agar videoni bugun yuklashga ulgursak, zal va fitnes qilmasdan Ozish haqida oʻsha videoda batafsil tushuntiraman.

Hullas, Youtube uchun video tayyorlaganmiz. Bu videoni tarixi juda uzun.

Ssenariysini yozganimga bir yildan oshdi. Orada syomkasini boshladik, keyin toʻxtab qoldi.

Vanihoyat bir oy oldin videoni olib, tugatdik. Lekin mana qariyb bir oydirki montaj ishlari tugamayapti.

Negadir, hech chiqqisi kelmayapti. Oʻziyam chiqishi qiyin videoga qoʻl urgan ekanman 😬

Sizlarga juda qiymatli qoʻllanma ham tayyorlaganman. Uni ham beraman. Faqat hozircha tafsilotlariga toʻxtalmayman, sababi videoni koʻrmasangiz katta ehtimol bilan tushunmaysiz.

Oz qoldi. Video dunyo yuzini koʻrishiga bir necha soatlar…

@doctorferuz
👍 401
🔥 97
64
😁 27
18
5 25.2K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
16.05.2026 10:16
Kaloriya defitsiti deganda odamlar nimani tushunishini bilmoqchiman.

Ko‘pchilik buni “kamroq yeyish” deb tushunadi. Ayrimlar esa “ko‘proq harakat qilsa bo‘ldi-ku” deydi. Aslida odamlar bu masalada qanday fikrda ekanini bilish qiziq.

Pastdagi so‘rovnomada o‘zingiz haqiqatan qanday tushunsangiz, shuni belgilang. To‘g‘ri javob qidirish shart emas — men aynan real fikrni bilmoqchiman.

Keyin natijaga qarab shu mavzuni sodda qilib tushuntirib beraman.

@doctorferuz
👍 108
34
😁 33
18
🔥 2
6 21.2K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
16.05.2026 03:41
3 oydan beri zalga qatnayman, lekin deyarli ozganim yo‘q. Sababini tushunmayapman.

Ozishni boshlamoqchi bo‘lganlarning birinchi xulosasi shunaqa bo‘ladi: “Demak, zalga borishim kerak / Demak, fitnes qilishim kerak”

Keyin odam o‘zini majbur qiladi. Zalga boradi, terlaydi. Ichida umid bor: “Endi yog‘lar eriy boshlaydi.”

Lekin bir necha hafta o‘tsayam, tarozi deyarli o‘zgarmaydi. Bel ham kutilgandek kichraymaydi.

Shu payt turli hayollar keladi: “Menda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti” yoki “Genimda semizlik bor” yoki ...

Keyin odatda zalga borishni tashlab qo‘yadi va odatda avvalgidan battar semirishni boshlaydi.

Yana shunday kishilar borki ularni zalga borishga umuman vaqti yo‘q. Kun grafigi imkon bermaydi. Lekin qattiq ishonadi, ozish uchun zalga borish shart.

Lekin bu muammolarning yechimi zalda emas. Boshqa joyga yashiringan, lekin bu haqida sizga deyarli hech kim aytmaydi.

Lekin men aytishim mumkin 😎
Kimga qiziq?

Xohlovchilarga nima uchun sport foydali bo‘lsa ham, ozishning asosiy kaliti bo‘la olmasligini oddiy misollar bilan tushuntirib beraman.

@doctorferuz
👍 404
🔥 79
75
29
😁 4
30 21.4K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
12.05.2026 19:24
Qiziq gaplar ko‘p. Ertaga davom ettiramiz. Uxlanglar endi telefonni o‘chirib


"Lunatiklar" uchun "Uyqu vs Ozish" mavzusida Youtube’ga video oldik, yaqinda joylaymiz.

@doctorferuz
149
😁 62
👍 60
15
🔥 14
3 23.6K
avatar
Doctor Feruz
@doctorferuz
12.05.2026 19:19
Tepada yozganimda boshqa kishi bilan adashtirgan ekanman. Ming bor uzr!

"Omina" jurnalidan topdim. U yeda manba: “Tafsir ibn Kasiyr”, 1-jild, 459-bet deb ko‘rsatilgan ekan.

Boshqa ishonchli manbalar [1] [2].

@doctorferuz
🔥 70
46
👍 30
😁 2
15 22.4K

Doctor Feruz

45.4K
🎓 Oliy Ma’lumotli, Ozish va Ovqatlanish xulq-atvori shifokori
🧠 Ongli Ozish Loyihasi Asoschisi
🌶️ TG: @Taomlanish_ilmi kanali muallifi
🍿 YT: https://youtube.com/@doctorferuz
🍇 IG: https://instagram*.com/doctorferuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram