Tasavvur qiling…
2 ta odam. Ularning jinsi, yoshi, vazni, boʻyining balandligi bir xil.
Ular har kuni bir vaqtda uxlashga yotadi, bir vaqtda turadi, bir vaqtda va bir xil intensivlikda ishlaydi. Hullas hayoti bir xil.
Ovqatlanishiga kelsak u ham deyarli bir xil.
Shu qismiga diqqat qiling!
X-odam Y-odam bilan kechki ovqatga doim bir xil buyurtma qiladi. X-odam 4 six kabob, Y-odam esa 2 six.
Bir qarashda Y-odam 2 barobar kam yeyapti va X-odamga aytyaptiki: “Har kuni nonushta va tushlikni bir xil qilamiz. Bir xil ishlaymiz, hammasi bir xil. Lekin men doim kechki ovqatga senga nisbatan 2 hissa kam yeyman. Lekin nega ozmayapman?”
Qiziq holat. Nega Y-odamda kaloriya defitsiti ishlamayapti?
Sababi juda oddiy edi. Y-odam 2 six kabobni doim 1 litr Kola bilan iste’mol qilardi. Lekin oʻsha ichimlikni ovqat oʻrnida koʻrmagani uchun, X-odamga nisbatan kam yesa ham ozmayotgandi.
1 litr Kola qariyb 2 six kabob deganini hali koʻpchilik tushungani yoʻq.
Shundan boʻlsa kerak, yashirin kaloriyalik mahsulotlarni (ayniqsa ichimliklarni) ovqat oʻrnida koʻrmay qabul qilaveradi, keyin “Nega ozmayapman?” deb yuradi.
Xulosa: Muammo Kolada emas, energiya balansida. Ovqatni kamaytirishdan esa foyda yoʻq. Yashirin kaloriyalarga e’tibor qaratish kerak.
@doctorferuz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram