avatar
Doctor Feruz
Переслано от канала
19.05.2026 20:39
@taomlanish_ilmi qaytmoqda. Bu safar ancha jiddiyroq.

Men bu kanalni oddiy “foydali maslahatlar” joylanadigan sahifa emas, taomlanish orqali salomatlik muammolariga yechim izlaydigan o‘zbek tilidagi eng ishonchli, eng amaliy va eng tushunarli manbalardan biriga aylantirish niyatida edim.

Endi shu ishni boshlaymiz...

Bu yerda semizlik yoki ozish haqida gapirmaymiz. Buning uchun alohida kanal (@doctorferuz) bor.

@taomlanish_ilmi esa boshqa yo‘nalishda ishlaydi: konkret salomatlik muammosi bor — biz unga ovqatlanish tomondan qanday yondashish mumkinligini tushuntiramiz.

Masalan: qorin dam bo‘lishi, qabziyat, jig‘ildon qaynashi, oshqozon bezovtaligi, insulin rezistentligi, jigar yog‘lanishi, xolesterin, kamqonlik, bolalar ovqatlanishi, ichak mikrobiotasi, vitamin-mineral yetishmovchiligi, energiya yetishmasligi, uyqu, ishtaha, ovqat hazm bo‘lishi va boshqa real hayotdagi muammolar.

Har bir mavzuda bitta savolga javob izlaymiz:

Bu holatda odam nimani yeyishi kerak? Nimani kamaytirgani yaxshi? Qaysi mahsulot foydali? Qaysisi vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin? Qanday menyu tuzsa bo‘ladi? Qanday retseptlar mos keladi?

Eng muhimi — gaplar internetdagi “falon mahsulot mo‘jiza”, “pismadon narsa zahar” degan yuzaki tavsiyalar emas. Ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlar, dalillarga asoslangan tibbiyot va real hayotga mos ovqatlanish tamoyillari asosida beriladi.

Maqsadim oddiy: biror muammoga duch kelgan odam “endi nima yeyman?” deb sarson bo‘lmasin. @taomlanish_ilmi kanalidan tushunarli, amaliy va ishonchli javob topsin.

Har kuni kamida bitta sifatli post chiqarish tizimi ustida ishlayapman. Tizim deyarli tayyor. Endi bu kanal asta-sekin taomlanish bo‘yicha katta ilmiy-amaliy kutubxonaga aylanadi.

Agar sizga yoki yaqinlaringizga salomatlik, ovqatlanish, menyu, retsept va konkret muammolarda nima yeyish-yemaslik haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘lsa — ularni hoziroq kanalga taklif qiling.

Ishqilib, haliyam shu yerdamisizlar? Belgi beringlar.

@taomlanish_ilmi
🔥 526
👍 261
149
39
😁 16
41 31.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Doctor Feruz

45.4K
🎓 Oliy Ma’lumotli, Ozish va Ovqatlanish xulq-atvori shifokori
🧠 Ongli Ozish Loyihasi Asoschisi
🌶️ TG: @Taomlanish_ilmi kanali muallifi
🍿 YT: https://youtube.com/@doctorferuz
🍇 IG: https://instagram*.com/doctorferuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram