avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 16:28
Tadbirkordan noqonuniy pul talab qilgan mansabdor jinoyat ustida qo‘lga olindi
 
2026-yil 20-iyul kuni Biznes-ombudsman devonining Ishonch telefoniga tadbirkorlik subyektidan korrupsiya holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat shu kunning o‘zida tegishli idoraga chora ko‘rish uchun yuborildi.
 
Murojaat doirasida 21-iyul kuni Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
 
Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Ishsizlar bilan faol ishlash va kompetensiyalarni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i R.A. «M.K.» MChJ tomonidan tikuvchilik va dizaynerlik o‘quv kurslarini tashkil etish uchun ruxsatnoma olib berish hamda uni maxsus dasturga biriktirish evaziga noqonuniy pul talab qilgan.

 
Mas’ul xodim ilgari plastik karta orqali olingan pullardan tashqari yana qo‘shimcha mablag‘ talab qilib, jami 2 mln 130 ming so‘m pullarni qo‘lga kiritgan. Viloyat IIB TKX UJKKB KJKKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Hurmatli tadbirkorlar!
Agar faoliyatingizda asossiz tekshiruvlar, byurokratik to‘siqlar yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy talablariga duch kelsangiz, darhol Biznes-ombudsmanga murojaat qiling. Qonuniy manfaatlaringiz doimiy himoyada!

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
8 485
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 14:01
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.


Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
625
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 13:05
#Shaxsiy_qabul

Tadbirkorlar huquqlari - qonun himoyasida
 
Bugun, 31-iyul kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev tomonidan tadbirkorlik subyektlari vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
 
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan mulk huquqlarini sud orqali himoya qilish, yer ijarasi shartnomasini bekor qilish haqidagi sud qarorlarini bekor qilish, utilizatsiya yig‘imlarini bekor qilish, kredit muddatini prolongatsiya qilish hamda tergov organlari tomonidan yopilayotgan ishlarni nazoratga olish kabi huquqiy va moliyaviy masalalar hamda shu kabi boshqa murojaatlar ko‘tarildi.
 
Uchrashuv yakunida har bir masalani qonuniy va atroflicha o‘rganib chiqish hamda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

——

#Личный_прием

Права предпринимателей - под защитой закона

Сегодня, 31 июля, Бизнес-омбудсман Абдуманноп Буриев провёл очередной личный приём с целью защиты прав и законных интересов представителей бизнеса.

В ходе диалога предприниматели подняли такие правовые и финансовые вопросы, как судебная защита прав собственности, отмена судебных решений о расторжении договоров аренды земли, отмена утилизационных сборов, пролонгация сроков кредитования, взятие под контроль прекращаемых следственными органами дел, а также другие аналогичные обращения.

По итогам встречи ответственным лицам поручено детально и в строгом соответствии с законодательством изучить каждый вопрос, а также принять необходимые меры для их решения. Исполнение поручений взято под личный контроль.


Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
3 593
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 12:18
Asossiz QQS to‘lovchisiga aylantirilgan tadbirkorning huquqlari tiklandi
 
Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor S.U. qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi tartibiga o‘tkazilganligi va asossiz QQS solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
 
Aniqlanishicha, tadbirkor 2025-yilning avgust–dekabr oylarida 524,7 million so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich amaldagi qonunchilikda belgilangan 1 milliard so‘mlik chegaradan oshmagan bo‘lsa-da, viloyat soliq boshqarmasi tadbirkorni 2026-yil 1-yanvardan avtomatik ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olgan va 29 million so‘mdan ortiq QQS to‘lashni talab qilgan.
 
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat yuklaydigan yoki ularning holatini og‘irlashtiradigan hujjatlarga orqaga qaytish kuchi berilmaydi.

 
Tadbirkorning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Biznes-ombudsman tomonidan Guliston tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritildi. Sud qarori bilan Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasining YTTga nisbatan qabul qilgan qarori haqiqiy emas deb topildi.

——

Восстановлены права предпринимателя, необоснованно зарегистрированного в качестве плательщика НДС

Индивидуальный предприниматель С.У., осуществляющий деятельность в Сырдарьинской области, обратился к Бизнес-омбудсману с жалобой на необоснованный перевод на уплату налога на добавленную стоимость и незаконное начисление НДС.

В ходе проверки установлено, что в августе–декабре 2025 года товарооборот предпринимателя составил 524,7 миллиона сумов. Несмотря на то, что совокупный доход не превысил установленный законодательством предел в 1 миллиард сумов, налоговое управление области с 1 января 2026 года автоматически поставило ИП на регистрационный учёт в качестве плательщика НДС и произвело доначисление налога на сумму более 29 миллионов сумов.

Согласно Закону «О нормативно-правовых актах», акты законодательства, устанавливающие новые обязанности или ухудшающие положение субъектов предпринимательской деятельности, обратной силы не имеют.

В целях защиты прав и законных интересов предпринимателя Бизнес-омбудсман обратился с заявлением в Гулистанский межрайонный административный суд. Решением суда решение налогового управления Сырдарьинской области в отношении ИП признано недействительным.


Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
3 631
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
Переслано от канала
31.07.2026 10:29
#Ochiq_muloqot_2026

Zebo Mo'minova: "Prezidentimiz tomonidan ayol-tadbirkorlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, eʼtirof bizni katta marralar sari ilhomlantirmoqda. Keling tadbirkorlar sifatida birgalikda imkoniyatlarimizdan foydalanaylik va o‘z kelajagimizga befarq bo‘lmaylik".


📲
@ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 | 1094


Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
1 641
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
Переслано от канала
31.07.2026 08:19
“Ochiq muloqot — muammoni aytish va yechim topish imkoniyati”
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor Muhabbat Pardayeva suv ta’minoti bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Ochiq muloqot shtabiga murojaat qilgan edi.
Murojaat tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, hisob-kitoblarga aniqlik kiritildi va qarzdorlik bilan bog‘liq masala hal etildi.

Muhabbat Pardayeva ushbu jarayon haqida fikr bildirib, Ochiq muloqot tadbirkorlarning muammolarini ochiq aytishi va ularga amaliy yechim topilishi uchun muhim imkoniyat ekanini ta’kidladi.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot
☎️ 1100 |1094
#OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati
707
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 06:37
#Attestatsiya

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, nazorat qiluvchi organ xodimlari maxsus attestatsiyadan o‘tishlari shart.

Kimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak?

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar;

Maxsus guvohnomasining muddati tugayotgan shaxslar;

Tekshirish huquqini olishga ilk bor tavsiya etilgan, kamida 2 yillik stajga ega xodimlar.


Attestatsiya jarayonlarini ushbu havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
——
#Аттестация

В настоящее время ответственные сотрудники Инспекции по транспортному контролю при Министерстве транспорта Республики Узбекистан проходят аттестацию для получения права на проверку деятельности субъектов предпринимательства.

Напоминаем, что согласно Положению, утвержденному постановлением Кабинета Министров, сотрудники контролирующих органов обязаны проходить специальную аттестацию.

Кто должен проходить аттестацию?

Сотрудники, имеющие право на проверку деятельности предпринимателей;

Лица, у которых истекает срок действия специального удостоверения;

Сотрудники со стажем работы не менее 2 лет, впервые рекомендуемые к получению права на проведение проверок.


Вы можете следить за процессом аттестации в режиме онлайн по этой ссылке.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
5 755
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
Переслано от канала
31.07.2026 06:34
Tadbirkor! Sudda yutdingiz, lekin pulni kutaverib charchadingizmi?

Ilgari sud qarori bo‘lsa ham, davlat organlaridan zararni undirishda «budjetda pul yo‘q» degan bahona bilan to‘lovlar oylab kechikardi.

Yangi qabul qilingan "Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida"gi Qonuni ushbu tizimli muammoga uzil-kesil chek qo‘ymoqda!

Asosiy o‘zgarishlar:

- Hokimliklar huzurida zararlarni qoplash bo‘yicha alohida Maxsus Jamg‘arma tuziladi;
- Jamg‘armaga mahalliy budjet zaxirasi (kamida 15%) va yer savdosi tushumlaridan muntazam pul ajratiladi;
- Zarar qaysi tashkilot tomonidan yetkazilganidan qat’i nazar, mablag‘ ushbu Jamg‘armadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkorlik bilan o‘tkazib beriladi.


Batafsil ma’lumotni Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turkum lavhalarning 1-qismida tomosha qiling!
3 556
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
31.07.2026 05:09
Fermerlarga dizel uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi
 
Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni (ro‘yxat raqami 3912, 2026-yil 29-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
 
Endilikda paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilgan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan qimmat bo‘lsa, oshgan summaning 2 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini davlat subsidiya sifatida qoplaydi. Buning uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi – subsidiya proaktiv, ya’ni avtomatik tartibda ajratiladi.
 
Subsidiya olish uchun:
 
dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali xarid qilingan bo‘lishi;
 
fermerning ekin maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bo‘lishi;
 
xarid qilingan dizel yoqilg‘isi agrotexnologik xaritada belgilangan aprel–iyun oylaridagi agrotexnik ishlar uchun ishlatilgan bo‘lishi kerak.

 
Subsidiya miqdori Agroportal ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblanadi. Hisoblangan mablag‘lar Agentlik tomonidan fermerning tijorat bankidagi maxsus hisobvarag‘iga 3 ish kuni ichida o‘tkaziladi.
 
Agar texnik nosozlik yoki ma’lumotlar almashinuvidagi uzilish sababli fermer haqidagi ma’lumotlar Agentlikka yetib bormasa, u Agentlikka yozma ravishda yoki Agroportal orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
6 723
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
30.07.2026 12:26
Tadbirkorga qo‘llanilgan 61,8 mln so‘mlik jarima bekor qilinib, tekshiruv o‘tkazgan mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi
 
Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Q.Yo.S.L.” MChJ rahbari mas’ul organlarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
 
Aniqlanishicha, Xonobod shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mansabdor shaxsi tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etmagan holda qonunga xilof harakatlar sodir etilgan. Oqibatda tadbirkorga nisbatan MJtKning 99-moddasi 8-qismi bilan 61,8 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
 
Vakil devoni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mansabdor shaxs tomonidan tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish tartibi va qonunchilik talablari buzilgani tasdiqlandi.
 
Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan Xonobod shahar Qurilish bo‘limi mansabdor shaxsiga nisbatan MJtKning 241-2-moddasi (Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va sud qaroriga ko‘ra unga ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.
 

Shu bilan birga, jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Davlat arxitektura nazorati departamentining tadbirkorga nisbatan chiqargan qarori hamda 61,8 million so‘mlik ma’muriy jarima bekor qilindi.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
4 819
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
30.07.2026 11:06
#faoliyat

Nazorat qiluvchi organlar xodimlarining tadbirkorlik sohasidagi huquqiy bilimlari oshirildi

Buxoro viloyatida Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qiluvchi organlarning 200 dan ortiq mansabdor shaxslari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda 20 dan ortiq nazorat qiluvchi organ vakillari tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi, shuningdek, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari yuzasidan o‘z malakalarini oshirdilar.

Jumladan, nazorat qiluvchi organlar xodimlariga Prezidentning “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli va “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 63-sonli Farmonlari talablari yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini asossiz tekshiruvlardan himoyalash va davlat nazoratini samarali tashkil etishda zarur bo‘lgan talablar ko‘rgazmali tarzda tushuntirib o‘tildi.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
4 841
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
30.07.2026 10:13
#2026_yil_1_avgustdan

Baliq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, naslli baliq yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy imkoniyatlar kengaytiriladi

 
2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 31-avgustga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan baliqchilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi toifasidan qatʼiy nazar:
 
Markaziy bank asosiy stavkasining (keyingi oʻrinlarda — asosiy stavka) ikki barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
 
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 8 foiz banddan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
 
milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarning 50 foizigacha, biroq 10 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismiga kafillik taqdim etish.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
6 806
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
30.07.2026 09:08
O‘zbekistonda 1,2 mlndan ortiq kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda
 
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 236 126 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Ularning tarkibi quyidagicha:
 
526 659 ta kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘shgan holda);
 
709 467 ta YaTT, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilar.

 
2026-yil yanvar-iyun oylarida 44 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
5 904
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Biznes-ombudsman

6.2K
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil

Murojaat va shikoyatlar uchun: @biznesombudsmanrasmiy_bot
Открыть в Telegram