#faoliyat
Nazorat qiluvchi organlar xodimlarining tadbirkorlik sohasidagi huquqiy bilimlari oshirildi
Buxoro viloyatida Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qiluvchi organlarning 200 dan ortiq mansabdor shaxslari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 20 dan ortiq nazorat qiluvchi organ vakillari tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi, shuningdek, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari yuzasidan o‘z malakalarini oshirdilar.
Jumladan, nazorat qiluvchi organlar xodimlariga Prezidentning “
Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli va “
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 63-sonli Farmonlari talablari yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini asossiz tekshiruvlardan himoyalash va davlat nazoratini samarali tashkil etishda zarur bo‘lgan talablar ko‘rgazmali tarzda tushuntirib o‘tildi.
Website|
Telegram|
Instagram*|
Facebook*|
X|
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram