#2026_yil_1_avgustdan
Baliq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, naslli baliq yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy imkoniyatlar kengaytiriladi
2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 31-avgustga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan baliqchilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi toifasidan qatʼiy nazar:
Markaziy bank asosiy stavkasining (keyingi oʻrinlarda — asosiy stavka) ikki barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan
4 foiz banddan yuqori, biroq
10 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning
8 foiz banddan yuqori, biroq
4 foiz bandgacha boʻlgan qismini qoplab berish;
milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarning
50 foizigacha, biroq
10 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismiga kafillik
taqdim etish.
Website|
Telegram|
Instagram*|
Facebook*|
X|
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram