Tadbirkor! Sudda yutdingiz, lekin pulni kutaverib charchadingizmi?
Ilgari sud qarori bo‘lsa ham, davlat organlaridan zararni undirishda «budjetda pul yo‘q» degan bahona bilan to‘lovlar oylab kechikardi.
Yangi qabul qilingan
"Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida"gi Qonuni ushbu tizimli muammoga uzil-kesil chek qo‘ymoqda!
Asosiy o‘zgarishlar:
- Hokimliklar huzurida zararlarni qoplash bo‘yicha alohida Maxsus Jamg‘arma tuziladi;
- Jamg‘armaga mahalliy budjet zaxirasi (kamida 15%) va yer savdosi tushumlaridan muntazam pul ajratiladi;
- Zarar qaysi tashkilot tomonidan yetkazilganidan qat’i nazar, mablag‘ ushbu Jamg‘armadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkorlik bilan o‘tkazib beriladi.
Batafsil ma’lumotni Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turkum lavhalarning 1-qismida tomosha qiling!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram