Tadbirkorga qo‘llanilgan 61,8 mln so‘mlik jarima bekor qilinib, tekshiruv o‘tkazgan mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi
Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Q.Yo.S.L.” MChJ rahbari mas’ul organlarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Xonobod shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi mansabdor shaxsi tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etmagan holda qonunga xilof harakatlar sodir etilgan. Oqibatda tadbirkorga nisbatan MJtKning 99-moddasi 8-qismi bilan
61,8 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Vakil devoni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mansabdor shaxs tomonidan tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish tartibi va qonunchilik talablari buzilgani tasdiqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan Xonobod shahar Qurilish bo‘limi mansabdor shaxsiga nisbatan MJtKning 241-2-moddasi (Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va sud qaroriga ko‘ra unga ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Davlat arxitektura nazorati departamentining tadbirkorga nisbatan chiqargan qarori hamda
61,8 million so‘mlik ma’muriy jarima bekor qilindi.
Website|
Telegram|
Instagram*|
Facebook*|
X|
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram