Tadbirkordan noqonuniy pul talab qilgan mansabdor jinoyat ustida qo‘lga olindi
2026-yil 20-iyul kuni Biznes-ombudsman devonining Ishonch telefoniga tadbirkorlik subyektidan korrupsiya holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat shu kunning o‘zida tegishli idoraga chora ko‘rish uchun yuborildi.
Murojaat doirasida 21-iyul kuni Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Ishsizlar bilan faol ishlash va kompetensiyalarni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i R.A. «M.K.» MChJ tomonidan tikuvchilik va dizaynerlik o‘quv kurslarini tashkil etish uchun ruxsatnoma olib berish hamda uni maxsus dasturga biriktirish evaziga noqonuniy pul talab qilgan.
Mas’ul xodim ilgari plastik karta orqali olingan pullardan tashqari yana qo‘shimcha mablag‘ talab qilib, jami 2 mln 130 ming so‘m pullarni qo‘lga kiritgan. Viloyat IIB TKX UJKKB KJKKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar!
Agar faoliyatingizda asossiz tekshiruvlar, byurokratik to‘siqlar yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy talablariga duch kelsangiz, darhol Biznes-ombudsmanga murojaat qiling. Qonuniy manfaatlaringiz doimiy himoyada!
Website|
Telegram|
Instagram*|
Facebook*|
X|
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram