avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
11.08.2026 11:42
Qaysi hududlarda yangi tadbirkorlik sub’yektlari ko‘proq tashkil etilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 44 226 ta yangi tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilgan.


Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 810 taga yoki 9,4 foizga oshgan. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari soni quyidagicha:

Toshkent shahri — 9 626 ta;
Toshkent viloyati — 4 593 ta;
Xorazm viloyati — 3 963 ta;
Samarqand viloyati — 3 581 ta;
Farg‘ona viloyati — 3 208 ta;
Qashqadaryo viloyati — 2 783 ta;
Jizzax viloyati — 2 458 ta;
Surxondaryo viloyati — 2 442 ta;
Andijon viloyati — 2 413 ta;
Buxoro viloyati — 2 305 ta;
Namangan viloyati — 2 276 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 964 ta;
Navoiy viloyati — 1 462 ta;
Sirdaryo viloyati — 1 152 ta.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 3
1 13.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
Переслано от O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
11.08.2026 07:47
#Yoʻlovchi #FoydaliMaʼlumot

Haydovchi va piyoda o’rtasida sodir bo’lgan YTH da faqat HAYDOVCHI aybdor bo’lmaydi!

Yurtimizda sodir etilayotgan yo‘l transport hodisalarini barvaqt oldini olish hamda aholi orasida yangi yo‘l madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Yo‘lovchi loyihasida shu haqida fikr yuritildi!


Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
👍 3
🔥 1
1 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
11.08.2026 05:17
TADBIRKORLAR DIQQATIGA: “OCHIQ MULOQOT 2026” DOIRASIDA MUROJAAT VA TAKLIFLAR QABUL QILINMOQDA!

Bugun biznesni qo‘llab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shu maqsadda “Ochiq muloqot 2026” Respublika shtabi tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari va muammolari bilan faol ishlamoqda.

Sizni qiynayotgan masala bormi?
Taklif yoki tashabbusingizni bildirmoqchimisiz?
Faoliyatingizdagi to‘siqlar bo‘yicha amaliy yordam kerakmi?
Unda Respublika shtabiga murojaat qiling!


O‘z murojaat va takliflaringizni quyidagi kanallar orqali yo'llashingiz mumkin:

📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari;
@ochiqmuloqot2026_bot
@biznesombudsmanrasmiy_bot
my.chamber.uz/ochiq_muloqot/oz
business.gov.uz


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 4
9 22.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
10.08.2026 12:43
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda turizm bo‘yicha yetakchi deb topildi

Xitoyning Outlook New Era Magazine media portalida Jahon sayohat va turizm kengashining (WTTC) “2026-yil uchun sayohat va turizmning iqtisodiy ta’sirini o‘rganish” hisoboti asosida Markaziy Osiyo turizm sohasidagi o‘sish sur’atlariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.


Maqolada O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or turistik yo‘nalish sifatida alohida qayd etilgan. WTTC ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat mintaqadagi asosiy baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 3
5 15.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
10.08.2026 10:24
👩‍👩‍👦‍👦 O‘zbekistonda yosh oilalarga ipoteka foizlari bo‘yicha subsidiya berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi ishlab chiqilmoqda. Markaziy bank bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.


emojiUnga ko‘ra, 2027−2030-yillarda har yili 10 mingtadan, jami 40 ming nafar yosh oilaga Davlat uy-joy dasturi doirasida birlamchi bozordan kvartira xarid qilish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.

emoji Loyihada “yosh oila” tushunchasiga ham aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra, ariza topshirilgan paytda er-xotin 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) va nikohi qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalar 22-avgustgacha qabul qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 3
5 10.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
10.08.2026 08:15
🧑‍🎓O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.


Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan. Mazkur davrda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Turkmaniston — 9 207 nafar;
Hindiston — 3 723 nafar;
Tojikiston — 1 915 nafar;
Xitoy — 951 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 834 nafar;
Pokiston — 689 nafar;
Misr — 603 nafar;
Koreya Respublikasi — 526 nafar;
Filippin — 367 nafar;
AQSH — 302 nafar;
Boshqa davlatlar — 1 925 nafar.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 3
2
5 15.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
08.08.2026 17:29
⚡️Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrigi e’lon qilindi

Men butun O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: xalqimizning sizlarga bo‘lgan yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlaning, yangi bilim hamda texnologiyalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing va kasbingiz bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassis bo‘lib yetishing! - deyiladi Prezident tabrigida.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 1
5 23.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 12:15
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko'ra:

Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida Oʻzbekiston sunʼiy intellektga tayyorlik boʻyicha xalqaro reytingda 25 pogʻona yuqorilab, 62-oʻringa koʻtarildi. 2030-yilga qadar yurtimizni mazkur reytingda dunyodagi eng ilgʻor 50 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilingan.

Shuningdek, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish, infratuzilmani kengaytirish hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

IT-Park rezidentlari, startaplar va 20 dan ortiq sunʼiy intellekt laboratoriyalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi. Joriy yilda ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan rezidentlar sonini 300 taga, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 2 trillion soʻmga, eksportni esa 160 million dollarga yetkazish kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
3
👍 2
4 16.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 10:31
5
👍 3
5 10.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 07:55
TOP-10: O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkor davlatlari

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston jahonning 195 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar quyidagilar:

Xitoy — 9,5 mlrd AQSH dollari;
Rossiya Federatsiyasi — 7,0 mlrd AQSH dollari;
Qozog‘iston — 2,8 mlrd AQSH dollari;
Turkiya — 1,4 mlrd AQSH dollari;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd AQSH dollari;
Koreya Respublikasi — 940,0 mln AQSH dollari;
Fransiya — 890,9 mln AQSH dollari;
BAA — 807,7 mln AQSH dollari;
Qirg‘iz Respublikasi — 624,6 mln AQSH dollari;
Germaniya — 623,2 mln AQSH dollari.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 4
1
5 14.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 05:27
#Bilasizmi #Chorvachilik #Subsidiya

Chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–293-son, 05.08.2026 y.) qabul qilindi.

 
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030 yil 1 yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan naslchilik xo‘jaliklariga o‘stirishga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplashga har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
 
emojibirinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 1,5 mln so‘m;
emoji ikkinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 2 mln so‘m;
emoji olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m;
emoji olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m.

 
🏛 Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi muassisligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradigan servis korxonasi tashkil etiladi:

🔹 xorijiy davlatlarda chorvachilik tarmog‘i loyihalarini amalga oshirish;
🔹 xorijiy davlatlardan yirik va mayda shoxli qoramollarni chorvachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berish hamda ushbu maqsadlar uchun mamlakat hududida import karantini punktlari (zonalari)ni tashkil etish;
🔹 chorva mollari yetkazib berilgandan keyin kamida 12 oy oziqlantirish, veterinariya, sun’iy urug‘lantirish, naslchilik va zootexnik xizmatlar ko‘rsatishdan iborat servis paketini taqdim etish.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 5
1
9 21.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
Переслано от O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
06.08.2026 13:53
#PayshanbaYoshlarKuni #OchiqMuloqot

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot, yangi g‘oya va tashabbuslar

“Sanoat Qurilish Bank”da yosh kadrlar ishtirokida “Millatlararo muloqot va intellektual salohiyat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi muloqotlarning ahamiyati, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli sohalarda TOP–100 yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, salohiyatli yoshlarni aniqlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “Kitob olami” festivali, IELTS marafon, “Suvni birgalikda asraymiz”, Milliy Fashion Show, “Milliy dialog”, “Yo‘lovchi”, “Ajdodlar izidan”, “Munozara” va “Yoshlar Quiz” loyihalarining mazmun-mohiyati hamda yoshlar hayotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.


Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yangi taklif, g‘oya va tashabbuslarini bildirdilar.

Fotosuratlar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
👍 11
🔥 3
🫡 1
😎 1
3 13.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
06.08.2026 09:52
#Fermerlik #Imkoniyat #Bilasizmi

O‘zbekistonda sun‘iy intellektga asoslangan “Smart Fermer” raqamli platformasi ishga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda fermerlar va aholi uchun ishlab chiqilgan “Smart Fermer” yagona raqamli yordamchisi ham taqdim etildi.

Taqdimotda qayd etilishicha, mobil ilova orqali chorva mollarini identifikatsiya qilish, veterinar chaqirish, sun’iy urug‘lantirish xizmatlariga buyurtma berish, oziqlantirish va yaylovlarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar olish, subsidiyalarga murojaat qilish hamda sun’iy intellekt asosida maslahat olish imkoniyati yaratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 6
2 10.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
06.08.2026 06:45
Diqqat! Oʻzbekistonda ilk bor “Yosh fermerlar chempionati”ga start berildi!

Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo‘lib o‘tadi.

Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo‘yicha bellashadi:
Yilning yosh agro innovatori
Yilning agro startap loyihasi
Yilning agro brendi
Yilning yosh eksport chempioni
Yilning yosh kooperatsiya ustasi
Yilning yosh dehqoni
Yilning yosh bogʻboni
Yilning yosh chorvadori
Yilning yosh issiqxonachisi
Yilning yosh ayol fermeri
Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi
Yilning yosh agro blogeri


Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar:
1-oʻrin — 50 million soʻm
2-oʻrin — 30 million soʻm
3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang! Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Balki oʻzbekistonning ilk “Yosh fermer chempioni” aynan siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha!

Murojaat uchun telefon: +998957540277

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 5
2
🔥 2
🤝 1
10 17.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
06.08.2026 05:04
O‘zbekiston qator xalqaro reytinglarda yuqoriladi

O‘zbekistonning qator xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari yaxshilanmoqda. Xususan:


Xalqaro reyting agentliklari — Fitch Ratings va S&P mamlakatning suveren kredit reytingi kutilmasini «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirdi. Moody’s esa O‘zbekistonning kredit reytingini «Va3» darajasidan «Va2» darajasiga ko‘tardi.

Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqorilab, 184 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakat 60,3 ball bilan ilk bor «o‘rtacha erkin» davlatlar qatoriga kirdi. Avvalgi yillarda O‘zbekiston «asosan erkin bo‘lmagan» davlatlar guruhida qayd etilgan.

«Ayollar, biznes va qonun» indeksida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. O‘zbekiston 43 pog‘ona ko‘tarilib, 190 mamlakat orasida 48-o‘rinni egalladi.

Oxford Insighs tashkilotining Hukumatning sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida O‘zbekiston 2020-yildagi 95-o‘rindan 2025-yilda 62-o‘ringa ko‘tarilgan va MDH hududida eng yuqori natijani qayd etgan davlatga aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 5
2
1 21.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
05.08.2026 12:42
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Jarayon davomida:

Mo‘g‘ulistondan 150 ming bosh qo‘y, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming bosh naslli qoramol, Belarusdan 2 ming bosh qoramol olib kelish;

aholi xonadonlarida 11 mingta yengil konstruksiyali molxona qurish va ularda 421 ming bosh qoramol parvarishlash;

13 ta tumanda har biri 200 bosh qoramolga moʻljallangan xoʻjaliklar tashkil etish;

802 ta yangi loyiha doirasida 68 ming bosh qoramol hamda 186 ming bosh qo‘y va echki parvarishlash;

fermerlar uchun “Smart Fermer” raqamli yordamchisini joriy etish kabi taklif va rejalar ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, Oʻzbekiston chorvadorlar uyushmasini tashkil etish taklifi ham koʻrib chiqildi. Yangi tuzilma chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, kooperatsiyani rivojlantirish, naslchilik ishlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy koʻmak koʻrsatish hamda tashqi bozorlarga chiqishga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 7
1
3 16.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Xayrulla Sattarov

47.1K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram