avatar
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
@yoshlarittifoqi_uz
06.08.2026 13:53
#PayshanbaYoshlarKuni #OchiqMuloqot

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot, yangi g‘oya va tashabbuslar

“Sanoat Qurilish Bank”da yosh kadrlar ishtirokida “Millatlararo muloqot va intellektual salohiyat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi muloqotlarning ahamiyati, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli sohalarda TOP–100 yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, salohiyatli yoshlarni aniqlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “Kitob olami” festivali, IELTS marafon, “Suvni birgalikda asraymiz”, Milliy Fashion Show, “Milliy dialog”, “Yo‘lovchi”, “Ajdodlar izidan”, “Munozara” va “Yoshlar Quiz” loyihalarining mazmun-mohiyati hamda yoshlar hayotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.


Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yangi taklif, g‘oya va tashabbuslarini bildirdilar.

Fotosuratlar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
9 37.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

34.7K
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasi!

🙋🏻‍♂️ Yoshlar hayotiga oid eng so‘nggi xabarlar!
https://myurls.co/yoshlarittifoqi.uz

📩 uzyoshlarittifoqi@gmail.com
Открыть в Telegram