avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
05.08.2026 12:42
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Jarayon davomida:

Mo‘g‘ulistondan 150 ming bosh qo‘y, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming bosh naslli qoramol, Belarusdan 2 ming bosh qoramol olib kelish;

aholi xonadonlarida 11 mingta yengil konstruksiyali molxona qurish va ularda 421 ming bosh qoramol parvarishlash;

13 ta tumanda har biri 200 bosh qoramolga moʻljallangan xoʻjaliklar tashkil etish;

802 ta yangi loyiha doirasida 68 ming bosh qoramol hamda 186 ming bosh qo‘y va echki parvarishlash;

fermerlar uchun “Smart Fermer” raqamli yordamchisini joriy etish kabi taklif va rejalar ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, Oʻzbekiston chorvadorlar uyushmasini tashkil etish taklifi ham koʻrib chiqildi. Yangi tuzilma chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, kooperatsiyani rivojlantirish, naslchilik ishlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy koʻmak koʻrsatish hamda tashqi bozorlarga chiqishga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 7
1
3 16.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

47.1K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram