O‘zbekiston qator xalqaro reytinglarda yuqoriladi
O‘zbekistonning qator xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari yaxshilanmoqda. Xususan:
Xalqaro reyting agentliklari —
Fitch Ratings va
S&P mamlakatning suveren kredit reytingi kutilmasini «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirdi.
Moody’s esa
O‘zbekistonning kredit reytingini «Va3» darajasidan «Va2» darajasiga ko‘tardi.
Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqorilab,
184 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakat 60,3 ball bilan
ilk bor «o‘rtacha erkin» davlatlar qatoriga kirdi. Avvalgi yillarda
O‘zbekiston «asosan erkin bo‘lmagan» davlatlar guruhida qayd etilgan.
«Ayollar, biznes va qonun» indeksida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. O‘zbekiston
43 pog‘ona ko‘tarilib, 190 mamlakat orasida 48-o‘rinni egalladi.
Oxford Insighs tashkilotining Hukumatning sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida O‘zbekiston 2020-yildagi 95-o‘rindan
2025-yilda 62-o‘ringa ko‘tarilgan va
MDH hududida eng yuqori natijani qayd etgan davlatga aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook*
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram