avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 12:15
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko'ra:

Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida Oʻzbekiston sunʼiy intellektga tayyorlik boʻyicha xalqaro reytingda 25 pogʻona yuqorilab, 62-oʻringa koʻtarildi. 2030-yilga qadar yurtimizni mazkur reytingda dunyodagi eng ilgʻor 50 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilingan.

Shuningdek, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish, infratuzilmani kengaytirish hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

IT-Park rezidentlari, startaplar va 20 dan ortiq sunʼiy intellekt laboratoriyalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi. Joriy yilda ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan rezidentlar sonini 300 taga, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 2 trillion soʻmga, eksportni esa 160 million dollarga yetkazish kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
3
👍 2
4 16.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

47.1K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram