avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
07.08.2026 05:27
#Bilasizmi #Chorvachilik #Subsidiya

Chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–293-son, 05.08.2026 y.) qabul qilindi.

 
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030 yil 1 yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat byudjeti hisobidan naslchilik xo‘jaliklariga o‘stirishga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urg‘ochi nasldor qoramollarni saqlash xarajatlarining bir qismini qoplashga har bir davr uchun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
 
emojibirinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 1,5 mln so‘m;
emoji ikkinchi nasldor urg‘ochi buzoq olinganda – 2 mln so‘m;
emoji olingan buzoq 12 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m;
emoji olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkacha saqlanganda – 1 mln so‘m.

 
🏛 Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi muassisligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradigan servis korxonasi tashkil etiladi:

🔹 xorijiy davlatlarda chorvachilik tarmog‘i loyihalarini amalga oshirish;
🔹 xorijiy davlatlardan yirik va mayda shoxli qoramollarni chorvachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib berish hamda ushbu maqsadlar uchun mamlakat hududida import karantini punktlari (zonalari)ni tashkil etish;
🔹 chorva mollari yetkazib berilgandan keyin kamida 12 oy oziqlantirish, veterinariya, sun’iy urug‘lantirish, naslchilik va zootexnik xizmatlar ko‘rsatishdan iborat servis paketini taqdim etish.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook* emojiInstagram*
👍 5
1
9 21.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

47.1K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram