avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
20.05.2026 06:19
MEN UCHUN JAVOBINGIZ MUHIM!

Bilasiz, bu yil universitetni tamomlayman va diplom himoyasini qilishim zarur. Shu sababli o’tkazayotgan tadqiqotim doirasida menda bir qancha savollar paydo bo’lgan. Ularga javob bera olsangiz, men uchun muhim ishni bajargan bo’lardingiz. 🙏

Oldindan vaqt ajratganingiz va e’tiboringiz uchun rahmat!

Link uchun bosing
Google Docs
INFORMATSION DASTURLARDA REPORTAJ: TAJRIBA VA TAHLIL mavzusidagi bitiruv malakviy ishi uchun so'rovnoma
Ushbu so'rovnomada qatnashayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Sizning har bir javobingiz ilmiy ishimiz doirasida ahamiyatlidir! *O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Shahzod Abdullayev tomonidan tayyorlandi.
3
1
18 97
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
31.03.2026 15:49
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
31.03.2026 15:49
Ertaga, 1-apreldan boshlab radar va kameralar ham jarima ballari yozadi

Shu vaqtgacha jarima ballari faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar asosida qo‘llanilar edi.

Endilikda esa foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari hisoblanadi.

E’tibor bering:
Bir yil davomida to‘plangan jarima ballari 12 taga yetgan taqdirda, haydovchilik huquqidan 6 oyga mahrum etilasiz.

📱 Shahzod Abdullayev
4
🤨 3
🔥 1
😱 1
😭 1
1 329
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
28.03.2026 06:53
1-apreldan muhim o‘zgarishlar: ayrim to‘lovlar endi faqat naqdsiz amalga oshiriladi

Quyidagi holatlarda naqd pul qabul qilinmaydi:

— davlat xizmatlari uchun to‘lovlar
— elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi to‘lovlari
— alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish
— yoqilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlari va elektromobil zaryadlash xizmatlari
— qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar
— ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar
— ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan transport vositalari (M, N, O, G toifalari) va maxsus texnikalar oldi-sotdisi

To‘lovlarni oldindan karta yoki boshqa elektron vositalar orqali rejalashtirishingizni tavsiya qilamiz!

Shahzod Abdullayev
4
4
👏 2
👍 1
🤯 1
2 1 343
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
26.12.2025 07:26
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz,

- dedi O'zbekiston yetakchisi

#murojaatnoma
Shahzod Abdullayev
12
🔥 7
👍 1
🆒 1
98 1 1.1K
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
26.12.2025 07:23
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.

#murojaatnoma
Shahzod Abdullayev
🔥 8
6
4
👍 1
👏 1
🤝 1
🆒 1
7 7 1.2K
avatar
Shahzod Abdullayev
Переслано от канала
19.12.2025 07:55
Natsistik qarashlar qurboni, marhum, 10 yoshli, tojik bolakay - Qobiljonning xotirasiga bag’ishlanadi

Ayt qandayin sabab beray ochmoq uchun ko’zingni?!
Hali senga hurmat bilmas, yurtingda yeb tuzingni…
Ravo ko’rma ostonasin supurmoqlik o’zingga,
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Marding qolgan bo’lsa, yurtga kori bilan yashasin.
Ilm yo’lin tutsa mayli, oshin har kun oshasin.
O’zbek, qirg’iz, qozoq, tojik, - turkiy butun yashasin.
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Jo’mardlik qil, bo’lma g’ofil, haqqing so’rab olishda
Tengsiz chiqdi ular tunov chirkin, pastkash bo’lishda
Ko’milmasin mozoringga tagʻin murgʻak farishta
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Millatdoshim, ko’rma ravo o’zing uchun xorlikni,
Ming yil o’tsa, eplolmaydi ular do’st-u yorlikni,
Qilsang, qardoshingga qilgin vafodorlikni,
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

✍🏻 Shahzod Abdullayev
@odamcha_s
13
😢 6
😭 5
💔 3
👍 2
🔥 2
2
1
❤‍🔥 1
🙏 1
🌚 1
6 4 706
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
15.12.2025 09:17
Dunyoda turmoq uchun diniy va dunyoviy ilmni bilish lozimdur,
zamon ilmidan bebahra millat
boshqalarga poymol bo‘lur.

©️Mahmudxo‘ja Behbudiy


2025-yil yakunlariga ko’ra, O’zbekistonlik o’quvchilar 29 ta xalqaro olimpiadada ishtirok etib, umumiy hisobda 210 ta medal (
40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo’lga kiritdi.

15-dekabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-2025-o’quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar hamda ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Ilm olib boradigan manzilning kichik, tahminiy ko’rinishi shunday bo’ladi, masalan. Farzandingizning ta’limi uchun sarmoyani ayamang!

Shahzod Abdullayev
8
🍓 5
5
👍 3
🤓 2
🆒 1
1
651
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
09.12.2025 08:45
Bu yilning eng katta moliyaviy firibgarliklaridan biri bo’lishi mumkin!

8-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab O’zbekistonliklarning bank kartalaridagi mablag’lar ommaviy ravishda, bosiqchma-bosqich yechib olingani haqidagi postlar paydo bo’la boshladi.

Murojaatchilar, tranzaksiyalarida «PL Humans P2P H2H» shaklidagi bir xil izohlarga duch kelganini, pullar bir necha qismlarga bo’lingan holda turli vaqt oralig’ida yechib olinganini aytishgan.

Odatiy firibgarlik ishlaridan farqli ravishda, pullaridan ayrilganlar hech qanday shubhali havolaga kirishmagan, fishing dasturlarini o’rnatmagan va sms xabarnomalarni ham begonalarga oshkor qilmagan. Shunga qaramay, turli xizmatlar nomidan avtomatik tranzaksiyalar amalga oshirilmoqda, odamlar esa faqat bildirishnomalar orqali xabar topayapti xolos.

Voqealar markazida turgan Humans kompaniyasi hozircha murojaatlar o’rganilayotganidan boshqa izoh bergani yo’q foydalanuvchilarga. Izoh o’rnida, jabrlanuvholarini o’zaro bog’lab turuvchi jihat shuki, ularning barchasi Humans mobil ilovasidan foydalanadi.

Shahzod Abdullayev
🤯 6
5
3
2
2
👍 1
🆒 1
10 1 635
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
21.11.2025 06:00
Bill Gates - Microsoft asoschisi. Harvard universitetini tashlab ketgan.

Mark Zuckerberg - Meta (Facebook*) asoschisi. U ham Harvarddan ketgan.

Steve Jobs - Apple ta’sischisi. Reed Collegeni (Oregon) tark etgan.

Evan Williams - Twitter asoschisi. University of Nebraska–Lincolndagi o'qishidan voz kechgan.


Xo’sh, milliarder bo’lish uchun tashlab ketish kerakmi o’qishni yoki umuman OTMga kirmaslik zarurmi?

Bizda so’nggi yillarda universitetni tark etishni ramantiklashtirib yuboradiganlar ortgan. Sezildimi sizga ham? Kimdir “eng to’g’ri qarorim OTMdan ketganim” deb aytayotgan bo’lsa, boshqa tarafda ayrimlar yuqoridagi milliarderlar bilan fikrini asoslaydi. Ammo shu o’rinda tug’iladigan savol bor? Sen tashlab ketgan yoki kerak emas deb aytadigan universitetlar qaysilar? Ularni dunyo reytingini qo’yib turingda, O’zbekistondagi ro’yxatlardagi o’rni qayerda?

O’zi past dorga osilib turib, uni tark etishni yoki umuman o’qimaslikni targ’ib qilish nimaga olib kelishini hech o’ylab ko’rdingizmi? Bir narsani aytaman. O’shalar balandroq dorga osilishga potensiallari yetmasligini bilishadi. O’zbekistondagi top universitetlarga ham kirisholmaydi surishtirib kelsangiz, agar mobodo kirolgan taqdirda tark etishmaydi u manzillarni.

Men OTMlardagi ta’lim tizimini oqlaydiganlardan emasman. Katta xatolarimdan biri sifatida ko’raman, universitetga sarflab kelayotgan sal kam 4 yilimni. Ammo abituriyentlik davrimda pastroq dorga osilishga majbur edim. Balandiga ko’zim ham ilmim ham yetmasdi. Farqli jihat shundaki, men hech kimga diplom kerakmas deb jar solmayman hozir, garchi universitetdagi tizim kaminani umuman qoniqtirmasada.

Agar o’zim darajasi yuqori bo’lmagan joyda o’qib turib, potensialim ortig’iga yetmagan holda “diplom kerak emas” chaqirig’i bilan chiqsam-u, kimlardir menga ishonib ta’lim olishdan voz kechsa, vijdonim bilan jiddiy bahsga kirib qolishim aniq.

Bu bilan hamma OTMda o'qisin deymanmi? Yo'q tabiiyki, yo'l sizniki. Biznesmen bo'lishingiz, start up qilishingiz yoki shu kabilar bilan shug'illanishingiz mumkin... Demoqchi bo'lganim, hamma ham biznes boshlolmaydi... Hamma ham start up qilolmaydi... Hamma ham milliarder bo'lolmaydi... Birodar "diplom kerak emas" chaqirig'i bilan kimningdir to'g'ri ketayotgan yo'lidan chalg'itib qo'ymang demoqchiman.

Ukalarim, singillarim, do’stlarim o’qing! O’qishingiz kerak! Biroq asosiy motivni ta’lim, ilmga qarating diplomga emas. Yo’lingiz hayrli bo’lsin!


#menuygʻoqman
#menuygoqman

Shahzod Abdullayev
7
🔥 6
3
💯 2
2
👍 1
👌 1
🕊 1
🍓 1
🆒 1
3 2 513
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
08.11.2025 10:44
Mamlakatning rivojlanishi xususida so’z yuritar ekanmiz endi tug’ilgan chaqaloqdan tortib nuroniy maqomiga chiqqan odamlargacha - 38 millionlik aholimizning barchasining oyoqlari ramziy ma’noda bir-birlariga bog’langan. Buni “Kalmar o’yini” serialining 2-mavsumidagi o’yin sahnasi orqali tushintirish qulayroq bo’ladi. Shart oddiy, guruh a’zolaringiz bilan oyoqlaringiz bog’langan holda harakat qilishingiz kerak. Hatto bitta “tirraqi buzoq” yurishni xohlamasa va baravar qadam tashlanmasa jamoadoshlar birdaniga yiqiladi…

Endi 2-videoga kelsak, ta’lim maskanida yo o’qituvchi yoki kattaroq lavozimda (menga shunday ko’rindi. Hali aniq ma’lumotlar yo’q) bo’lgan ayol va bir qancha tomoshabinlar… Masalan, juda urushishni, (ta’gin aynan maktab hududida) baqir-chaqir qilishni xohlab qolishgan bo’lsa aniqki manzilda eshiklari yopiladigan xonalar ham bor edi, ammo ular o’quvchilar ko’rishi mumkin bo’lgan ta’lim dargohi, qayta yozaman, TA’LIM DARGOHIning hovlisini tanlashgan. To’g’risi, videotasvir “qahramon”larining dunyoqarashlarini o’zgartirish, ularga yaxshigina dars berib qo’yish to’g’risida o’ylab ko’rishniyam istamadim. Chunki mashhur jumlada aytilganidek: “Ahmoqlar ham ulg’ayadi”. Shunchaki bundaylarni tizimdan qo’porib tashlash eng yaxshi yechim, nazdimda. Yo’qsa, ularning qo’l ostidagi maktab o’quvchilarining kelajagi oxiri berk ko’chaga kirib qolishi ehtimoldan yiroqda bo’lmagan ish.

Bog’liqlik. Yanayam kattaroq qo’rquvim shundaki, baravar qadam tashlashni istamaydigan, aksincha orqaga tortaveradigan “tirraqi buzoq”lar butun millatni yiqitib qo’ymasa bo’lgani. Ularga nisbatan nimadir qo'llash kerak… Qattiqroq nimadir…

#menuygʻoqman
#menuygoqman

Shahzod Abdullayev
8
💯 6
👍 1
🔥 1
🤬 1
🤣 1
🆒 1
1
1
2 746
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
02.11.2025 13:02
Uzoq vatqdan beri og’riqli deb hisoblaydigan mavzuyimda yozmoqchiman. Aniqrog’i, endi vaqt topa oldim. Tengdoshim, akam, opam, singlim, iltimos, diqqatliroq o’qing!

Odatda, Facebookning* ashaddiy foydalanuvchisi emasman, ammo nimadir bo’lib ilovaga kirdim va bir post qiziqish uyg’otdi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga oz qolgandi o’shanda. Yaponiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisixonasi tarkibida o’zgarish bo’lgani sababli, yangi tayinlangan elchi o’zini tanishitirish uchun post qoldirgan. E’tiborimni tortgan jihat esa u yozgan matn o’zbek tilida boshlangandi. “Ajoyib”, - dedim va to’liq o’qib chiqdim. Janob elchi Hirata shu yilning 17-oktyabr kuni diyorimizga kelgan va bu uning birinchi tashrifi tuproqlarimizga.

Assalomu alaykum! O'zimni tanishtirishga ruxsat eting. Mening ismim Hirata va shu yilning 17-oktyabr kuni Yaponiyaning yangi tayinlangan Elchi sifatida O'zbekistonga keldim. Hayotimda birinchi marta ushbu mamlakatga tashrif buyurdim. O'zbekistonda boshlanadigan yangi mehnat faoliyatim va hayotimni katta qiziqish va intiqlik bilan kutmoqdaman”


Men yozmoqchi bo’lgan masalaning asosiy qismi shundan keyin boshlanadi. Bizda bir necha 100 yillardan beri mavjud mehmondo’stlik maqomimizga ko’ra muhtaram elchiga o’zbek milliy taomini tavsiya qilishgan. Bu haqida U shunday yozadi:

Shu yilning 18-oktyabr kuni men ilk bor o'zbek milliy taomi - lag'monni tatib ko'rdim. Chuzma lag'mon ko'rinishdan yapon udoniga o'xshaydi. Ilgari bu kabi taomni hech gachon tatib ko'rmagan edim, ta'mi men uchun yangicha tuyuldi, lekin darhol yoqib goldi. Boy tarixiy meros va madaniy an'analar bilan faxrlanadigan O'zbekistonning mazali va xilma-xil milliy taomlarga boy ekani bejiz emas”


Endi buni o’qib muammoni qidiryapsizmi? Shoshmang, tushintiraman. O’zbekistonga ilk marta kelgan 10lab xorijliklar bilan gaplashib, ulardan: “Vatanimiz qalay? Yoqdimi?” , - deb so’ragan bo’lsam, suhbatdoshlarim yo tarixiy joylarni gapiradi yoki milliy taomlarimizni…

Endi savol, borishni orzu qilgan yoki borib ko’rgan davlatingizni nimasi o’ziga tortgan sizni? Ovqatlarimi yoki tariximi? Yo’q! Ta’lim tizimi, rivojlanganlik darajasi va boshqa qator faktorlar aqlingizga birinchi bo’lib keladi javob sifatida.

Oxirgi ikkita xatboshini solishtirsangiz nima demoqchi ekanligimni anglolsangiz kerak.

Tengdoshim, akam, opam, singlim, bizni ilm qutqaradi. Faqat taom va tarix emas bugunimiz bilan ham maqtanish uchun ilm yo’lida kurashishimiz kerak, toki, keyin keladigan xorijliklar vatanlariga qaytib, do’stlariga aytib beradigan mavzulari biz erishgan yangi yutuqlar, ixtirolar, rivojlanganlik darajamiz bo’lsin!

#menuygʻoqman
#menuygoqman

Shahzod Abdullayev
11
🔥 6
5
5
🗿 2
2
🆒 1
6 1 702
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
01.11.2025 06:53
Noyabr

Bugun yangi oyning ilk kuni. Xo'sh, Noyabrlik insonlar kimlar? Bir oz izlanamiz...

Agar siz 21-noyabrgacha (23-oktyabr - 21- noyabr aniqrog'i) tug'ilgan bo'lsangiz Chayonsiz (Scorpio) ♏️

Stixiyasi: Suv
Boshqaruvchisi: Pluton (avvallari Mars)
Mos burjlar: Saraton, Baliq, O‘g‘iz
Rangi: Qora, to‘q qizil

Xarakteri:
• Juda chuqur fikrlovchi va sezgir inson.
• Ular ichki dunyosini yashirishga moyil, lekin his-tuyg‘ulari kuchli.
• Har qanday ishga jiddiy yondashadi, yengil qaror qabul qilmaydi.
Sadoqatli, lekin qasoskor bo‘lishi ham mumkin — kim uni xafa qilsa, buni oson kechirmaydi.
• Sir saqlashda usta, boshqalarni esa “ichidan o‘qiy” oladi.
• Ishda qat’iyatli, maqsad sari oxirigacha boradi.

Ijobiy tomonlari:
– Jasoratli
– Intuitsiyasi kuchli
– Ishonchli va sadoqatli
– Ruhiy kuchi katta

Salbiy tomonlari:
– Ba’zan hasadgo‘y
– O‘zini ortiqcha himoya qiladi
– Boshqalarni boshqarishga moyil


Agar siz 22-noyabrdan uyog'iga (22-noyabr - 21 dekabr aniqrog'i) O'qotarsiz (Sagittarius) ♐️

Stixiyasi: Olov
Boshqaruvchisi: Yupiter
Mos burjlar: Qo‘y, Arslon, Tarozilar
Rangi: Ko‘k, binafsha

Xarakteri:
• O‘qotarlar erkinlikni sevuvchi, keng fikrlovchi va sarguzashtni yoqtiruvchi insonlar.
• Ular ochiqko‘ngil, hazilkash va har doim yangi g‘oyalar bilan yashaydi.
• Hayotga ijobiy qaraydi, lekin ba’zan haddan ortiq ishonuvchan bo‘lishi mumkin.
• To‘g‘riso‘zligi ba’zan boshqalarga yoqmasligi ham mumkin.
• Maqsad sari dadil yuradi, lekin barqarorlikni saqlashda qiynaladi.

Ijobiy tomonlari:
– Ruhlantiruvchi va optimistik
– Sadoqatli do‘st
– Intellektual va ijodiy fikrlovchi
– Sayohatni va o‘rganishni yaxshi ko‘radi

Salbiy tomonlari:
– Ba’zan beparvo
– Haddan ortiq to‘g‘riso‘z
– Diqqatni uzoq saqlay olmaydi


Shahzod Abdullayev
👌 3
3
2
🍓 2
🕊 1
🆒 1
2 4 564
avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
31.10.2025 11:14
40 yillik tarixning burilish nuqtasi - Samarqand!

Xabaringiz bor, kecha, 30-oktyabr kuni Yunesko Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o'z ishini boshladi. Ya'ni 13 noyabrgacha dunyo nigohi yana O'zbekistonga qadaladi degani bu.

Sammitning yurtimizda o'tkazilayotganini Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov faxr deb atadi. Shuningdek:

"Shunday nufuzli forumning qadimiy Samarqand shahrida - ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat beshigida - o‘tkazilishi konferensiyaga alohida ramziy ma’no bag‘ishlaydi. Bu O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik, o‘zaro tushunish va yaratuvchanlik g‘oyalarining markazi sifatidagi rolini yana bir bor ta’kidlaydi" - dedi Japarov


🫱🏻‍🫲🏼 Bu so'zlar - ikki xalq o‘rtasidagi nafaqat qardoshlik aloqalari, balki umumiy taraqqiyot yo‘lidagi birdamlikning ham ifodasi bo'la oladi.

Shahzod Abdullayev
7
2
🔥 2
🕊 2
🆒 1
1
2 412

Shahzod Abdullayev

136
Jurnalist🗞
- Shaxsiy fikr
- Tahlil
________________________________

#menuygʻoqman
#menuygoqman
Открыть в Telegram