avatar
Shahzod Abdullayev
@Shakhzod_Abdullayev
08.11.2025 10:44
Mamlakatning rivojlanishi xususida so’z yuritar ekanmiz endi tug’ilgan chaqaloqdan tortib nuroniy maqomiga chiqqan odamlargacha - 38 millionlik aholimizning barchasining oyoqlari ramziy ma’noda bir-birlariga bog’langan. Buni “Kalmar o’yini” serialining 2-mavsumidagi o’yin sahnasi orqali tushintirish qulayroq bo’ladi. Shart oddiy, guruh a’zolaringiz bilan oyoqlaringiz bog’langan holda harakat qilishingiz kerak. Hatto bitta “tirraqi buzoq” yurishni xohlamasa va baravar qadam tashlanmasa jamoadoshlar birdaniga yiqiladi…

Endi 2-videoga kelsak, ta’lim maskanida yo o’qituvchi yoki kattaroq lavozimda (menga shunday ko’rindi. Hali aniq ma’lumotlar yo’q) bo’lgan ayol va bir qancha tomoshabinlar… Masalan, juda urushishni, (ta’gin aynan maktab hududida) baqir-chaqir qilishni xohlab qolishgan bo’lsa aniqki manzilda eshiklari yopiladigan xonalar ham bor edi, ammo ular o’quvchilar ko’rishi mumkin bo’lgan ta’lim dargohi, qayta yozaman, TA’LIM DARGOHIning hovlisini tanlashgan. To’g’risi, videotasvir “qahramon”larining dunyoqarashlarini o’zgartirish, ularga yaxshigina dars berib qo’yish to’g’risida o’ylab ko’rishniyam istamadim. Chunki mashhur jumlada aytilganidek: “Ahmoqlar ham ulg’ayadi”. Shunchaki bundaylarni tizimdan qo’porib tashlash eng yaxshi yechim, nazdimda. Yo’qsa, ularning qo’l ostidagi maktab o’quvchilarining kelajagi oxiri berk ko’chaga kirib qolishi ehtimoldan yiroqda bo’lmagan ish.

Bog’liqlik. Yanayam kattaroq qo’rquvim shundaki, baravar qadam tashlashni istamaydigan, aksincha orqaga tortaveradigan “tirraqi buzoq”lar butun millatni yiqitib qo’ymasa bo’lgani. Ularga nisbatan nimadir qo'llash kerak… Qattiqroq nimadir…

#menuygʻoqman
#menuygoqman

Shahzod Abdullayev
8
💯 6
👍 1
🔥 1
🤬 1
🤣 1
🆒 1
1
1
2 746

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahzod Abdullayev

136
Jurnalist🗞
- Shaxsiy fikr
- Tahlil
________________________________

#menuygʻoqman
#menuygoqman
Открыть в Telegram