Uzoq vatqdan beri
og’riqli deb hisoblaydigan mavzuyimda yozmoqchiman. Aniqrog’i, endi vaqt topa oldim. Tengdoshim, akam, opam, singlim, iltimos, diqqatliroq o’qing!
Odatda, Facebookning* ashaddiy foydalanuvchisi emasman, ammo nimadir bo’lib ilovaga kirdim va bir post qiziqish uyg’otdi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga oz qolgandi o’shanda. Yaponiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisixonasi tarkibida o’zgarish bo’lgani sababli, yangi tayinlangan elchi o’zini tanishitirish uchun post qoldirgan. E’tiborimni tortgan jihat esa u yozgan matn o’zbek tilida boshlangandi. “Ajoyib”, - dedim va to’liq o’qib chiqdim. Janob elchi Hirata shu yilning 17-oktyabr kuni diyorimizga kelgan va bu uning birinchi tashrifi tuproqlarimizga.
Assalomu alaykum! O'zimni tanishtirishga ruxsat eting. Mening ismim Hirata va shu yilning 17-oktyabr kuni Yaponiyaning yangi tayinlangan Elchi sifatida O'zbekistonga keldim. Hayotimda birinchi marta ushbu mamlakatga tashrif buyurdim. O'zbekistonda boshlanadigan yangi mehnat faoliyatim va hayotimni katta qiziqish va intiqlik bilan kutmoqdaman”
Men yozmoqchi bo’lgan masalaning asosiy qismi shundan keyin boshlanadi. Bizda bir necha 100 yillardan beri mavjud mehmondo’stlik maqomimizga ko’ra muhtaram elchiga o’zbek milliy taomini tavsiya qilishgan. Bu haqida U shunday yozadi:
Shu yilning 18-oktyabr kuni men ilk bor o'zbek milliy taomi - lag'monni tatib ko'rdim. Chuzma lag'mon ko'rinishdan yapon udoniga o'xshaydi. Ilgari bu kabi taomni hech gachon tatib ko'rmagan edim, ta'mi men uchun yangicha tuyuldi, lekin darhol yoqib goldi. Boy tarixiy meros va madaniy an'analar bilan faxrlanadigan O'zbekistonning mazali va xilma-xil milliy taomlarga boy ekani bejiz emas”
Endi buni o’qib muammoni qidiryapsizmi? Shoshmang, tushintiraman. O’zbekistonga ilk marta kelgan 10lab xorijliklar bilan gaplashib, ulardan: “Vatanimiz qalay? Yoqdimi?” , - deb so’ragan bo’lsam, suhbatdoshlarim yo tarixiy joylarni gapiradi yoki milliy taomlarimizni…
Endi savol, borishni orzu qilgan yoki borib ko’rgan davlatingizni nimasi o’ziga tortgan sizni? Ovqatlarimi yoki tariximi? Yo’q! Ta’lim tizimi, rivojlanganlik darajasi va boshqa qator faktorlar aqlingizga birinchi bo’lib keladi javob sifatida.
Oxirgi ikkita xatboshini solishtirsangiz nima demoqchi ekanligimni anglolsangiz kerak.
Tengdoshim, akam, opam, singlim, bizni ilm qutqaradi. Faqat taom va tarix emas bugunimiz bilan ham maqtanish uchun ilm yo’lida kurashishimiz kerak, toki, keyin keladigan xorijliklar vatanlariga qaytib, do’stlariga aytib beradigan mavzulari biz erishgan yangi yutuqlar, ixtirolar, rivojlanganlik darajamiz bo’lsin!
#menuygʻoqman
#menuygoqman
Shahzod Abdullayev
Обсуждение 6
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram