40 yillik tarixning burilish nuqtasi - Samarqand!
Xabaringiz bor, kecha, 30-oktyabr kuni Yunesko Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o'z ishini boshladi. Ya'ni 13 noyabrgacha dunyo nigohi yana O'zbekistonga qadaladi degani bu.
Sammitning yurtimizda o'tkazilayotganini Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov faxr deb atadi. Shuningdek:
"Shunday nufuzli forumning qadimiy Samarqand shahrida - ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat beshigida - o‘tkazilishi konferensiyaga alohida ramziy ma’no bag‘ishlaydi. Bu O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik, o‘zaro tushunish va yaratuvchanlik g‘oyalarining markazi sifatidagi rolini yana bir bor ta’kidlaydi" - dedi Japarov
🫱🏻🫲🏼 Bu so'zlar - ikki xalq o‘rtasidagi nafaqat qardoshlik aloqalari, balki umumiy taraqqiyot yo‘lidagi birdamlikning ham ifodasi bo'la oladi.
Shahzod Abdullayev
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram