avatar
Shahzod Abdullayev
Переслано от канала
19.12.2025 07:55
Natsistik qarashlar qurboni, marhum, 10 yoshli, tojik bolakay - Qobiljonning xotirasiga bag’ishlanadi

Ayt qandayin sabab beray ochmoq uchun ko’zingni?!
Hali senga hurmat bilmas, yurtingda yeb tuzingni…
Ravo ko’rma ostonasin supurmoqlik o’zingga,
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Marding qolgan bo’lsa, yurtga kori bilan yashasin.
Ilm yo’lin tutsa mayli, oshin har kun oshasin.
O’zbek, qirg’iz, qozoq, tojik, - turkiy butun yashasin.
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Jo’mardlik qil, bo’lma g’ofil, haqqing so’rab olishda
Tengsiz chiqdi ular tunov chirkin, pastkash bo’lishda
Ko’milmasin mozoringga tagʻin murgʻak farishta
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

Millatdoshim, ko’rma ravo o’zing uchun xorlikni,
Ming yil o’tsa, eplolmaydi ular do’st-u yorlikni,
Qilsang, qardoshingga qilgin vafodorlikni,
Ulusingdan yana bitta Qobiljondan ayrilma!

✍🏻 Shahzod Abdullayev
@odamcha_s
13
😢 6
😭 5
💔 3
👍 2
🔥 2
2
1
❤‍🔥 1
🙏 1
🌚 1
6 4 706

Обсуждение 6

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Shahzod Abdullayev

136
Jurnalist🗞
- Shaxsiy fikr
- Tahlil
________________________________

#menuygʻoqman
#menuygoqman
Открыть в Telegram