Bill Gates - Microsoft asoschisi. Harvard universitetini tashlab ketgan.
Mark Zuckerberg - Meta (Facebook*) asoschisi. U ham Harvarddan ketgan.
Steve Jobs - Apple ta’sischisi. Reed Collegeni (Oregon) tark etgan.
Evan Williams - Twitter asoschisi. University of Nebraska–Lincolndagi o'qishidan voz kechgan.
Xo’sh, milliarder bo’lish uchun tashlab ketish kerakmi o’qishni yoki umuman OTMga kirmaslik zarurmi?
Bizda so’nggi yillarda universitetni tark etishni ramantiklashtirib yuboradiganlar ortgan. Sezildimi sizga ham? Kimdir “eng to’g’ri qarorim OTMdan ketganim” deb aytayotgan bo’lsa, boshqa tarafda ayrimlar yuqoridagi milliarderlar bilan fikrini asoslaydi. Ammo shu o’rinda tug’iladigan savol bor? Sen tashlab ketgan yoki kerak emas deb aytadigan universitetlar qaysilar? Ularni dunyo reytingini qo’yib turingda, O’zbekistondagi ro’yxatlardagi o’rni qayerda?
O’zi past dorga osilib turib, uni tark etishni yoki umuman o’qimaslikni targ’ib qilish nimaga olib kelishini hech o’ylab ko’rdingizmi? Bir narsani aytaman. O’shalar balandroq dorga osilishga potensiallari yetmasligini bilishadi. O’zbekistondagi top universitetlarga ham kirisholmaydi surishtirib kelsangiz, agar mobodo kirolgan taqdirda tark etishmaydi u manzillarni.
Men OTMlardagi ta’lim tizimini oqlaydiganlardan emasman. Katta xatolarimdan biri sifatida ko’raman, universitetga sarflab kelayotgan sal kam 4 yilimni. Ammo abituriyentlik davrimda pastroq dorga osilishga majbur edim. Balandiga ko’zim ham ilmim ham yetmasdi. Farqli jihat shundaki, men hech kimga diplom kerakmas deb jar solmayman hozir, garchi universitetdagi tizim kaminani umuman qoniqtirmasada.
Agar o’zim darajasi yuqori bo’lmagan joyda o’qib turib, potensialim ortig’iga yetmagan holda “diplom kerak emas” chaqirig’i bilan chiqsam-u, kimlardir menga ishonib ta’lim olishdan voz kechsa, vijdonim bilan jiddiy bahsga kirib qolishim aniq.
Bu bilan hamma OTMda o'qisin deymanmi? Yo'q tabiiyki, yo'l sizniki. Biznesmen bo'lishingiz, start up qilishingiz yoki shu kabilar bilan shug'illanishingiz mumkin... Demoqchi bo'lganim, hamma ham biznes boshlolmaydi... Hamma ham start up qilolmaydi... Hamma ham milliarder bo'lolmaydi... Birodar "diplom kerak emas" chaqirig'i bilan kimningdir to'g'ri ketayotgan yo'lidan chalg'itib qo'ymang demoqchiman.
Ukalarim, singillarim, do’stlarim o’qing! O’qishingiz kerak! Biroq asosiy motivni ta’lim, ilmga qarating diplomga emas. Yo’lingiz hayrli bo’lsin!
#menuygʻoqman
#menuygoqman
Shahzod Abdullayev
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram