avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
31.07.2026 11:25
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на неформальном саммите стран Центральной Азии и Азербайджана:
 
emoji Прежде разобщенная Центральная Азия сейчас консолидируется во имя общих целей развития;

emoji Сложная и непредсказуемая международная реальность требует от нас дальнейших решительных действий и более тесной координации;

emoji Присоединение Азербайджана к формату Консультативных встреч выводит наше взаимодействие на качественно новый – макрорегиональный уровень;
 
emoji Перед нами открывается историческая возможность сформировать единое пространство развития, объединяющее Центральную Азию, Южный Кавказ и Афганистан;

emoji Необходимо заложить прочную основу для устойчивого развития, взаимосвязанности и добрососедства в самом сердце Евразии;

emojiСледует усиливать координацию в рамках межгосударственных организаций и форматов «Центральная Азия плюс», укрепляя международную субъектность нашего региона;

emojiЦентральная Азия должна стать конкурентоспособным хабом образования, науки и инноваций в области больших данных;
 
emojiЗабота об окружающей среде всегда была и остается приоритетом региональной повестки;
 
emojiКачественное обновление содержания работы в гуманитарной сфере укрепит чувство единства, солидарности и взаимопонимания между нашими народами;

emojiНаша общая сила заключается в единстве, взаимном доверии и твердой приверженности совместному созиданию.

Facebook*|Instagram*|X
50 40.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
31.07.2026 11:20
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

emojiIlgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;

emojiMurakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda;

emojiOzarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;

emojiBiz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda;

emojiYevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;

emojiMintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim;

emojiMarkaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;

emojiAtrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;

emojiGumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi;

emojiBizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda.

Facebook*|Instagram*|X
109 53.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
30.07.2026 13:40
Главное из заявления Президента Шавката Мирзиёева для представителей СМИ по итогам государственного визита в Кыргызстан:

emoji В Кыргызстане обеспечивается устойчивый рост экономики и благосостояния народа;

emoji Избрание Кыргызстана непостоянным членом Совета безопасности ООН на 2027-2028 годы стало признанием растущего авторитета страны и голоса Центральной Азии;

emoji Узбекистан готов и впредь всесторонне поддерживать программу реформ в Кыргызстане;
 
emoji У нас единая благородная цель – ещё более сблизить наши братские народы;
 
emoji Важнейшим итогом визита стало подписание Договора о союзнических отношениях;
 
emoji Договорились создать Межгосударственный совет под руководством Президентов;
 
emoji За последние годы товарооборот увеличился почти в 10 раз, намерены довести его до 3 миллиардов долларов;
 
emoji Согласованы новые проекты в энергетике, электротехнике, фармацевтике, сельском хозяйстве, текстильной отрасли;
 
emoji Будем вместе развивать торгово-логистическую инфраструктуру вдоль железной дороги «Китай – Кыргызстан – Узбекистан»;
 
emoji Подписание Соглашения по Камбаратинской ГЭС будет ускорено;
 
emoji До конца года в Узбекистане пройдет первый Форум регионов в новом формате;
 
emoji В 2028 году будет широко отмечено 100-летие со дня рождения Чингиза Айтматова.

Facebook*|Instagram*|X
60 46.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
30.07.2026 13:35
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:

emoji Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda;

emoji Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi;

emoji O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor;

emoji Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish;

emoji Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi;

emoji Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi;

emoji So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda;

emoji Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi;

emoji “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz;

emoji Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi;

emoji Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi;

emoji 2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz.

Facebook*|Instagram*|X
171 97.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
28.07.2026 11:35
Главное из заявлений Президента Шавката Мирзиёева на видеоселекторном совещании по вопросам энергетики:

emoji В результате реформ последних десяти лет созданы генерирующие мощности, полностью покрывающие внутренние потребности страны;

emoji Главная проблема энергетики не в средствах, а в управлении системой;

emoji При одинаковой сетевой инфраструктуре результаты различаются. Причина – разный уровень требовательности, контроля и дисциплины;

emoji Население и предприниматели крайне недовольны работой руководителей, отвечающих за энергетическую систему;

emoji Аварии на подстанциях и трансформаторах наносят большой ущерб населению, предпринимателям и экономике;

emoji Из-за отсутствия точного баланса энергопотребления миллиарды средств расходуются неэффективно;

emoji Энергоэффективность – это не только солнечные панели. Прежде всего необходимо повышать энергоэффективность домов;

emoji Из-за отсутствия цифрового управления работой сотрудников в системе ослаблен повседневный контроль;

emoji Сжиженным газом пользуются 3,7 миллиона домохозяйств, однако проблема его своевременной доставки сохраняется;

emoji Частные предприниматели будут поставлять сжиженный газ, а семьям, включенным в Социальный реестр, предоставят субсидии;

emoji Система транспортировки, хранения и распределения сжиженного газа будет пересмотрена с учетом международных стандартов;

emoji Новые энергетические проекты повысят потребность в тысячах современных специалистов;

emoji Из-за оторванности образования от практики выпускнику требуется два-три года, чтобы полноценно включиться в работу.

Facebook*|Instagram*|X
124 70.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
28.07.2026 11:30
Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari:

emoji O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi;

emoji Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida;

emojiBir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab;

emoji Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi;

emoji Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda;

emoji Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda;

emoji Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur;

emoji Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust;

emoji 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda;

emoji Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi;

emoji Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi;

emoji Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi;

emoji Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda.

Facebook*|Instagram*|X
243 97.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:25
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi.

Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda.

“Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti,

– dedi Prezidentimiz.

Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi.

Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi.

Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Facebook*|Instagram*|X
445 157K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:20
Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada qolmoqda.

Endi tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.

Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi. Yil yakunigacha bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yil yakunigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Hozir aholiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda yetkaziladi. Vaholanki, ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur.

Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oyda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Facebook*|Instagram*|X
438 138.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:15
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla mavjud.

Mas’ullarga uch oyda ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirildi.

Birinchi navbatda moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi.

Bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va buni Andijon viloyatidan boshlash taklifi ma’qullandi.

Facebook*|Instagram*|X
410 124K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:10
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim ishlaydi. Lekin xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani sababli kun davomida kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.

Shu bois, mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.

Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.

Markaz “ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi. Shu asosda sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi ishlab chiqiladi.

Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi.

Tizimdagi 106 ming xodim uchun 10 ta asosiy KPI belgilanadi. Unda avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi asosiy mezon bo‘ladi.

Facebook*|Instagram*|X
487 115.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:06
Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi. Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.

Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi.

Aholi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib, mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi.

Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari joyida ko‘rsatib beriladi.

Davlatimiz rahbari viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Facebook*|Instagram*|X
390 112.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 11:00
Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.

Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi.

Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.

Elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.

Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.

Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi.

Facebook*|Instagram*|X
614 111.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:54
Joylarda ishni qanday tashkil etish Yangiyo‘l tumani misolida ko‘rsatib berildi. Tumanda 1 ming 400 kilometr elektr tarmog‘i va 422 ta transformator mavjud.

So‘nggi besh yilda aholining elektr iste’moli 68 milliondan 102 million kilovatt-soatga, ya’ni 1,5 karra oshgan. Lekin bu davrda bor-yo‘g‘i 60 ta transformator va 240 kilometr tarmoq yangilangan. Yil boshidan elektr yo‘qotishlari 30 million kilovatt-soatga yetgan, tarmoqlarda 37 ta avariya sodir bo‘lgan.

To‘lov intizomi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani sababli debitor qarzdorlik 43 milliard so‘mga chiqib ketgan. Shuning 9,4 milliard so‘mi noreal qarzdorlik hisoblanadi.

Tumanda 829 ta iste’molchining hisoblagichi ASKUE tizimiga mos kelmaydi, yana 2 mingta hisoblagich ma’lumot yubormaydi. Soliqqa “nol” hisobot topshirgan 48 ta korxona esa olti oyda 871 ming kilovatt-soat elektr ishlatgan.

Gaz ta’minotida ham xuddi shunday ahvol kuzatilmoqda. 5 mingdan ortiq gaz hisoblagich ma’lumot uzatmayotgani oqibatida qarzdorlik 188 milliard so‘mga yetgan.

Facebook*|Instagram*|X
415 116.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:48
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi haqida ogohlantirildi.

Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi.

“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook*|Instagram*|X
772 128.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:42
Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.

Tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.

Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori.

ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.

Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi.

Facebook*|Instagram*|X
469 122K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:36
Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak,

– dedi davlatimiz rahbari.

Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan.

So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezidentimiz har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Facebook*|Instagram*|X
414 133K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:30
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.

Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.

Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.

So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.

“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!

– dedi Prezidentimiz.

Facebook*|Instagram*|X
498 153.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 10:10
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в топливно-энергетической отрасли.

Facebook*|Instagram*|X
586 142.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.07.2026 09:20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:

Axadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Исокжонов Ахадхон Икромжонович назначен на должность начальника Инспекции по контролю за использованием электрической энергии, нефтепродуктов и газа при Кабинете Министров Республики Узбекистан;

Исакулов Дадажон Айнакулович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности начальника Инспекции по контролю за использованием электрической энергии, нефтепродуктов и газа при Кабинете Министров Республики Узбекистан.

Facebook*|Instagram*|X
723 93.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

150.9K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram