Joylarda ishni qanday tashkil etish
Yangiyo‘l tumani misolida ko‘rsatib berildi. Tumanda
1 ming 400 kilometr elektr tarmog‘i va 422 ta transformator mavjud.
So‘nggi besh yilda aholining elektr iste’moli
68 milliondan 102 million kilovatt-soatga, ya’ni 1,5 karra oshgan. Lekin bu davrda
bor-yo‘g‘i 60 ta transformator va 240 kilometr tarmoq yangilangan. Yil boshidan
elektr yo‘qotishlari 30 million kilovatt-soatga yetgan, tarmoqlarda
37 ta avariya sodir bo‘lgan.
To‘lov intizomi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani sababli
debitor qarzdorlik 43 milliard so‘mga chiqib ketgan. Shuning
9,4 milliard so‘mi noreal qarzdorlik hisoblanadi.
Tumanda 829 ta iste’molchining hisoblagichi ASKUE tizimiga mos kelmaydi, yana 2 mingta hisoblagich ma’lumot yubormaydi. Soliqqa “nol” hisobot topshirgan
48 ta korxona esa olti oyda
871 ming kilovatt-soat elektr ishlatgan.
Gaz ta’minotida ham xuddi shunday ahvol kuzatilmoqda.
5 mingdan ortiq gaz hisoblagich ma’lumot uzatmayotgani oqibatida qarzdorlik
188 milliard so‘mga yetgan.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram