Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:

Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda;

Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi;

O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor;

Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish;

Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi;

Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi;

So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda;

Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi;

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz;

Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi;

Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi;

2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram