Prezident Shavkat Mirziyoyevning energetika bo‘yicha videoselektordagi asosiy fikrlari:

O‘n yillik islohotlar natijasida ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan generatsiya quvvatlari yaratildi;

Energetikadagi asosiy muammo mablag‘da emas, tizim boshqaruvida;

Bir xil tarmoqlarda natija turlicha. Bunga talab, nazorat va intizomning har xilligi sabab;

Aholi va tadbirkorlar energetika tizimiga mas’ul rahbarlar ishidan mutlaqo norozi;

Podstansiya va transformatorlardagi avariyalar aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotga katta zarar keltirmoqda;

Energiya iste’moli balansi aniq hisoblanmagani uchun milliardlab mablag‘ samarasiz sarflanmoqda;

Energiya samaradorligi faqat quyosh paneli emas. Avvalo uylarning samaradorligini oshirish zarur;

Xodimlar ishini boshqarish raqamlashtirilmagani sababli tizimda kundalik nazorat sust;

3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi, ammo uni o‘z vaqtida yetkazish muammosi saqlanib qolmoqda;

Xususiy tadbirkorlar suyultirilgan gaz yetkazib beradi, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga subsidiya ajratiladi;

Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi;

Yangi energetika loyihalari minglab zamonaviy mutaxassislarga ehtiyojni oshiradi;

Ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga moslashishiga 2–3 yil ketmoqda.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram