Bugungi kunda
“Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim ishlaydi. Lekin
xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani sababli kun davomida
kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.
Shu bois,
mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.
Energetika vazirligi tarkibida
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.
Markaz
“ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi. Shu asosda
sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi ishlab chiqiladi.
Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari
sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun
10 ta asosiy KPI belgilanadi. Unda
avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi asosiy mezon bo‘ladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram