Bugungi kunda
ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas.
Tarmoqdagi
yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda
4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.
Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar
25 foizdan yuqori.
ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan
300 mingta gaz va
234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda
debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda.
Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda
faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani,
uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram