Eʼlon!
📱Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan
joriy yilning 17-avgustiga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
TelegramFacebook* instagram*YouTube
LinkedInBot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan sana e'lon qilindi
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 13-abgust kuni o‘tkaziladi.
🔖
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun @NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
13_08_2026_test_candidates.pdf
1.1 МБ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
E’lon!
Kadastr agentligining barcha axborot tizimlarida rejali texnik (profilaktika) ishlar o‘tkazilishi munosabat bilan joriy yil
8-avgust soat 12:00 dan 9-avgust soat 20:00 gacha my.gov.uz orqali ko’rsatiladigan kadastrga oid elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga tanlovning 2-bosqichi yakunlanadi!
Barcha abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashga ulgurishlari kerak.
Eslatib o'tamiz, buning uchun
my.gov.uz portalining
“Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish” xizmati tanlanib,
“Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va
“OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang.
Tanlov ustuvorligini belgilashning aniq
mexanizmi haqida
bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin.
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi tillardan test sinovlarini o‘tkazishi belgilandi:
🇬🇧 Ingliz tili; 🇩🇪 Nemis tili; 🇫🇷 Fransuz tili; 🇹🇷 Turk tili; 🇸🇦 Arab tili.
Ro‘yxatdan o‘tish:
🆔 Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi — 12-avgust.
Toʻlov qilishning oxirgi sanasi — 13-avgust.
Test sinovlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Eʼlon!
Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan
joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
E’lon!
O‘zbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimlarida modernizatsiya qilish hamda fuqarolarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida
2026-yil 10-avgustga qadar texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan
my.gov.uz orqali taqdim etiladigan "
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga (pasport stol) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish" xizmatidan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
OneID mobile ilovasi: xavfsiz, tezkor va ishonchli identifikatsiya!
Raqamli hukumat tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqarish yanada tezkor va xavfsiz.
Buning uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajaring:
1-qadam: Mobil qurilmangiz turiga qarab, ilovani yuklab oling:
GooglePlay (Android uchun)
AppStore (iOS uchun)
2-qadam: Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, albatta bir marta roʻyxatdan oʻtib qoʻying. Tizimga tezkor kirish uchun MyID yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan oʻting.
3-qadam: MyID orqali kirish uchun:
biometrik pasport/ID karta seriyasi, raqami va tugʻilgan sanani kiriting.
"Davom etish" tugmasini bosing.
Selfiga yuzingizni toʻgʻrilab, shaxsingizni tasdiqlang.
Xavfsizlik uchun 4 ta raqamli PIN-kod oʻrnating.
4-qadam: Tizimga kirgach, asosiy menyudagi "boshqarish" boʻlimiga oʻtib, ogohlantirish maʼlumotlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va xizmatni faollashtiring.
5-qadam: Roʻyxatdan kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini bosib, maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bering.
Xizmatdan foydalanib boʻlgach, xavfsizlik yuzasidan qulfni qayta yopib qoʻyishingiz mumkin!
https://www.youtube.com/watch?v=V1jWm9K-6EM
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
YouTube
OneID mobile ilovasi: xavfsiz, tezkor va ishonchli identifikatsiya!
Endi raqamli hukumat tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqarish yanada tezkor va xavfsiz boʻldi.
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Mahallaga chiqish shart emas: Haj ziyoratiga borish uchun my.gov.uz orqali navbatga yoziling!
🕋 Muqaddas Haj ziyoratiga borish niyatida bo‘lganlarning ushbu orzuga etishdagi ilk qadami — ro‘yxatdan o‘tish va navbatga yozilishdir.
Endi buning uchun Mahalla fuqarolar yig‘iniga borish, ortiqcha vaqt va kuch yo‘qotish shart emas!
my.gov.uz orqali:
Arizangiz elektron tarzda to‘ldiriladi, kerakli ma’lumotlar hamda mahram haqidagi axborotlar integratsiyalashgan tizim orqali avtomatik shakllanadi.
Inson omili cheklangan holda, navbatingiz elektron tarzda aniq yuritiladi.
Barcha jarayonni uyda o‘tirgan holda bajarish mumkin.
Xizmat narxi: Har bir navbatga qo‘yiluvchi uchun BHMning 25 foizini tashkil etadi.
Bu muhim yangilikni yaqinlaringizga ham ulashing!
https://youtube.com/shorts/n3eQh63qB7Y?feature=share
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
YouTube
Xaj uchun onlayn navbatga yozilish
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Bugun pedagog kadrlar attestatsiyasiga arizalar qabuli boshlandi!
👩🏫 Hurmatli o‘qituvchilar va pedagoglar!
Bugun,
1-avgustdan navbatdagi va navbatdan tashqari malaka toifalarini berish (tasdiqlash) bo‘yicha attestatsiyada ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Endi navbat kutish va ortiqcha ovoragarchiliklarga hojat yo‘q — arizani
my.gov.uz portali yoki
MyGov mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda, bir necha daqiqada yuborishingiz mumkin.
To‘lov shartlari:
Navbatdagi (majburiy) attestatsiya — BEPUL. Reja bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglardan hech qanday to‘lov undirilmaydi.
💳
Navbatdan tashqari attestatsiya — TO‘LOVLI. O‘z malaka toifasini muddatidan oldin oshirmoqchi bo‘lgan pedagoglar uchun to‘lov miqdori BHMning 50 foizini tashkil etadi.
Muhim: Ariza my.gov.uz orqali yuborilganda 10% chegirma qo‘llaniladi!
Ariza topshirish tartibi juda oddiy:
my.gov.uz portali yoki
MyGov ilovasiga kiring.
“
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish” xizmatini tanlang.
Tizim tomonidan avtomatik shakllangan ma’lumotlarni tekshiring va kerakli bo‘limlarni to‘ldiring.
Attestatsiya turini tanlang (
navbatdagi yoki
navbatdan tashqari). Navbatdan tashqari bo‘lsa, to‘lovni 10% chegirma bilan amalga oshiring.
🔍 Arizangizning ko‘rib chiqilish holati, imtihonlarga ruxsatnoma va yakuniy natijalar shaxsiy kabinetingizda real vaqt rejimida aks etadi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan so‘ng, elektron malaka toifasi sertifikati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy kabinetingizga yuboriladi va u to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
my.gov.uz — oson, tez va qulay!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Ariza topshirish boshlandi!
Hurmatli ota-onalar, avvalroq xabar berganimizdek,
mikrohududdan tashqari maktabga (
qo‘shimcha kvota bo‘yicha) farzandingizni joylashtirish uchun
onlayn ariza yuborish jarayoni boshlandi!
Arizani yuborish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
my.gov.uz portaliga kiring
va tegishli xizmatni tanlab, “Mikrohududdan tashqari qabul” bandini belgilang.
Kerakli maktab tumanini va maktabni tanlang (ekranda bo‘sh o‘rinlar va kvotalar ko‘rsatiladi).
Ma'lumotlarni to'ldirib, arizani yuboring.
⚠️ Eslatma: Tizimda vaqtinchalik yashayotgan manzilingiz ko‘rinmasa, id.egov.uz orqali ma'lumotlaringizni yangilab, arizani qaytadan yuborishingiz mumkin.
Tasdiqlangach, belgilangan vaqtda hujjatlar bilan maktabga borishni unutmang!
Ariza topshirish havolasi: 👉
my.gov.uz/oz/service/797
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Diqqat! Bugundan mikrohududdan tashqari maktabga ariza topshirish boshlanadi
Farzandingizni
o‘z mikrohududingizdan tashqari maktabga (
qo‘shimcha kvota bo‘yicha) joylashtirish uchun
doimiy yoki
vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilingiz bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin. Xizmat bugun soat
10:00 dan boshlab ishga tushadi.
Onlayn arizani to‘g‘ri topshirish tartibi:
1️⃣
-qadam. my.gov.uz ga kiring va “
Bolani maktabning birinchi sinfiga joylashtirishga ariza yuborish” xizmatini tanlang. Ariza topshirish darajasida albatta
“Mikrohududdan tashqari qabul”ni belgilang.
2️⃣
-qadam. “Maktab tumani” maydoni ochiladi va kerakli maktabni tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
💬 Eslatma: Agar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, “Maktab hududi” maydonida vaqtinchalik yashayotgan manzilingizni tanlashingiz mumkin.
Maktab tanlanganda ekranda avtomatik ravishda ushbu maktabning
kvotasi, bo‘sh o‘rinlar soni va ko‘rib chiqilayotgan arizalar soni ko‘rsatiladi.
Agar tizimda vaqtinchalik yashayotgan hududingiz ko‘rinmasa, quyidagi bosqichlarni bajaring:
my.gov.uz’dagi
qoralama (черновик) arizangizni o‘chiring.
id.egov.uz tizimiga kirib,
“Ro‘yxatdan o‘tish manzili to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limidagi
“Ma’lumotlarni yangilash” tugmasini bosing.
So'ngra
my.gov.uz portaliga qaytib,
“Mening uyim” bo‘limida
“Batafsil” tugmasi yonidagi
yangilash belgisini (🔄
) bosing.
3️⃣
-qadam. Endi arizani qaytadan to‘ldirib, yuboring.
Ariza mas’ul tashkilot tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda
maktabga borish vaqtini belgilaydi.
Belgilangan vaqtda hujjatlar to‘plami bilan maktabga borishni unutmang!
Ariza topshirish havolasi: 👉
https://my.gov.uz/oz/service/797
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ