OneID mobile ilovasi: xavfsiz, tezkor va ishonchli identifikatsiya!
Raqamli hukumat tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlaringizni boshqarish yanada tezkor va xavfsiz.
Buning uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajaring:
1-qadam: Mobil qurilmangiz turiga qarab, ilovani yuklab oling:
GooglePlay (Android uchun)
AppStore (iOS uchun)
2-qadam: Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, albatta bir marta roʻyxatdan oʻtib qoʻying. Tizimga tezkor kirish uchun MyID yoki Mobile-ID orqali avtorizatsiyadan oʻting.
3-qadam: MyID orqali kirish uchun:
biometrik pasport/ID karta seriyasi, raqami va tugʻilgan sanani kiriting.
"Davom etish" tugmasini bosing.
Selfiga yuzingizni toʻgʻrilab, shaxsingizni tasdiqlang.
Xavfsizlik uchun 4 ta raqamli PIN-kod oʻrnating.
4-qadam: Tizimga kirgach, asosiy menyudagi "boshqarish" boʻlimiga oʻtib, ogohlantirish maʼlumotlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va xizmatni faollashtiring.
5-qadam: Roʻyxatdan kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini bosib, maʼlumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bering.
Xizmatdan foydalanib boʻlgach, xavfsizlik yuzasidan qulfni qayta yopib qoʻyishingiz mumkin!
https://www.youtube.com/watch?v=V1jWm9K-6EM
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram