Bugun pedagog kadrlar attestatsiyasiga arizalar qabuli boshlandi!
👩🏫 Hurmatli o‘qituvchilar va pedagoglar!
Bugun,
1-avgustdan navbatdagi va navbatdan tashqari malaka toifalarini berish (tasdiqlash) bo‘yicha attestatsiyada ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Endi navbat kutish va ortiqcha ovoragarchiliklarga hojat yo‘q — arizani
my.gov.uz portali yoki
MyGov mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda, bir necha daqiqada yuborishingiz mumkin.
To‘lov shartlari:
Navbatdagi (majburiy) attestatsiya — BEPUL. Reja bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglardan hech qanday to‘lov undirilmaydi.
💳
Navbatdan tashqari attestatsiya — TO‘LOVLI. O‘z malaka toifasini muddatidan oldin oshirmoqchi bo‘lgan pedagoglar uchun to‘lov miqdori BHMning 50 foizini tashkil etadi.
Muhim: Ariza my.gov.uz orqali yuborilganda 10% chegirma qo‘llaniladi!
Ariza topshirish tartibi juda oddiy:
my.gov.uz portali yoki
MyGov ilovasiga kiring.
“
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish” xizmatini tanlang.
Tizim tomonidan avtomatik shakllangan ma’lumotlarni tekshiring va kerakli bo‘limlarni to‘ldiring.
Attestatsiya turini tanlang (
navbatdagi yoki
navbatdan tashqari). Navbatdan tashqari bo‘lsa, to‘lovni 10% chegirma bilan amalga oshiring.
🔍 Arizangizning ko‘rib chiqilish holati, imtihonlarga ruxsatnoma va yakuniy natijalar shaxsiy kabinetingizda real vaqt rejimida aks etadi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan so‘ng, elektron malaka toifasi sertifikati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy kabinetingizga yuboriladi va u to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
my.gov.uz — oson, tez va qulay!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook* instagram* YouTube
LinkedIn Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram